O`lchash transformatorlari
O`zgaruvchan tokning yuqori kuchlanishli zanjirlariga ulanadigan o`lchovasboblarining o`lchash chegaralarini kengaytirish maqsadida kuchlanish va tokt ransformatorlaridan foydalaniladi. Chunki bunday zanjirlarda o`lchashchegaralarini qo`shimcha qarshilik shuntlar yordamida kengaytirish mumkin emas, negaki o`lchash asboblarining chulg`amlari yuqori kuchlanish ostida bo`lib, undanfoydalanishda xizmat ko`rsatuvchi shaxs hayoti uchun katta xavf tug`iladi.Yuqori kuchlanishli tarmoq va asbob-uskunalarni himoya qilish uchun turli himoya relelaridan foydalaniladi. Ular ham tarmoqqa o`lchash asboblari kabi tok va kuchlanish transformatorlari yordamida ulanadi.Kuchlanishni o`lchash transformatori. Kuchlanish transformatorining zanjirga ulanish sxemasi va uning belgilanishi 13-rasm, a va b da ko`rsatilgan.Yuqori kuchlanishli birlamchi chulg`amning o`ramlari soni O`1 nisbatan ko`p bo`lib, tarmoqqa parallel ulanadi, ya`ni o`lchanadigan kuchlanish bevosita ta`sir ettiriladi. Ikkilamchi chulg`amning o`ramlari soni O`2 nisbatan kam bo`lib, unga vol`tmetr, vattmetr, schyotchik va boshqa asboblarning kuchlanish g`altaklariulanadi. 34 Kuchlanish transformatorlaridagi birlamchi chulg`amning nominal kuchlanishi U1nom yuqori kuchlanishli tarmoqning yoki qurilmaning nominal kuchlanishiga, ikkilamchi chulg`amning nominal kuchlanishi U1nom esa 100 V ga teng qilib olinadi. Kuchlanish transformatorlari bir fazali va uch fazali qilib ishlab chiqariladi. O`lchanayotgan kuchlanishning haqiqiy qiymatini bilish uchun vol`tmetrning ko`rsatishini transformatsiya koeffitsienti kU ga ko`paytirish kerak. Kuchlanish transformatorining past kuchlanishli ikkilamchi zanjirida o`ta yuklanish yoki qisqa tutashiishdan saqlanish maqsadida himoya saqlagichlari o`rnatiladi. Ayrim sabablarga ko`ra yuqori kuchlanishli chulg`am izolyatsiyasi shikastlansa, uning transformatorga tegib qolish havfi tug`iladi. Bunday falokatning oldini olish uchun kuchlanish transformatorining past kuchlanishli chulg`ami va temir o`zagi erga ulangan bo`ladi.
Kuchlanish transformatori boshqa elektr o`lchov asboblari kabi 0,5; 1,0; 3,0 aniqlik sinfiga ega.Tokni o`lchash transformatori. Kuchli toklarni kuchsiz tokka aylantirishdatok transformatorlari ishlatiladi. Bunday transformator birlamchi chulg`aminingo`ramlari soni ko`p bo`lmay, asosiy elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi vao`lchanadigan tok u orqali o`tadi. nisbatan ko`p bo`lib, unga o`lchov asboblari (ampermetr, vattmetr, schyotchiklarning tokli g`altaklari) ketma-ket ulanadi.Tok transformatorining zanjirga ulanish sxemasi va belgilanishi.O`lchanayotgan tokning haqiqiy qiymatini bilish uchun ampermetrningko`rsatishini transformatsiya koeffitsienti kI ga ko`paytirish kerak. Ikkilamchi chulg`amning nominal toki (I2nom) 5 amperga mo`ljallangan bo`lib, unga ulanadigan elektr o`lchov asboblari birlamchi chulg`amdan o`tadigan tokka moslab darajalanadi. Ulanadigan o`lchash asboblarining elektr qarshiligi unchalik kata bo`lmaydi. Shuning uchun tok transformatori, ko`pincha, qisqa tutashuv rejimida ishlaydi. Demak, tok transformatorini ishlatishda ikkilamchi chulg`amga ulanadigan nagruzkaning qarshiligi nominaldan oshmasligi shart. Birlamchi zanjirdan tok o`tib turganida ikkilamchi zanjir aslo uzilmasligi va ochilib qolmasligi kerak. Mabodo ikkilamchi zanjir uzilsa, tok transformatoridagi magnit oqimi kuchayib ketib, ikkilamchi chulg`am uchlarida hayot uchun havfli kuchlanish yuzaga keladi. Shuning uchun tok transformatorning ikkilamchi chulg`ami elektr o`lchov asboblariga ulangan yoki qisqa tutashgan bo`lishi shart. Tok transformatorlari 0,2; 0,5; 1,0; 3,0; 10 aniqlik sinflariga ega. Payvandlash transformatori metalla buyumlarni, konstruktsiyalarni vahokazolarni eritib, o`zaro ulash uchun xizmat qiladi. Payvand sifatli bo`lishi uchun elektr yoy barqaror yonishi kerak. Buning uchun payvandlash jarayonida payvandlash toki qiymat jihatdano`zgarishsiz bo`lishi lozim. Payvandlash toki drossel` 2 bilan yakor` 3 orasidagitirqish 6 ni o`zgartirish orqali rostlanadi. Tirqish ortganda drossel` chulg`amininginduktiv qarshiligi kamayib, payvandlash toki ko`payadi va aksincha.Qisqa tutashuv bo`lganda drossel` elektr yoy va transformatorning tokinicheklaydi. Transformator salt ishlaganda 70 60 20 UV, nominal nagruzka bilan ishlaganda esa 30 V ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |