Transformatorlarni parallel ishlashi
Sanoat korxonalarining podstantsiyalarida bir nechta transformatorlar o`rnatilgan bo`lib, ular alohida yoki birgalikda (parallel) ishlashi mumkin. Transformatorlar alohida ishlanganda ularning ikkilamchi chulg`amlari o`zarobog`lanmagan, parallel ishlaganda esa umumiy nagruzkaga ulanadi. Transformatorlarni parallel ishlatish ulardan oqilona foydalanishga imkon beradi. Masalan, nagruzka kam bo`lgan soatlarda transformatorlarning bir qismini uzib qo`yish mumkinyu Shuningdek, kuchli nagruzka ulanganda har birtransformatorga to`g`ri keladigan nagruzka miqdorining kichikroq bo`lishi va har bir transformatorning bir tekis yuklanishi ta`minlanadi.Transformatorlarning parallel ishlashi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
1. Birlamchi va ikkilamchi chulg`amlarning nominal kuchlanishlari bir xil bo`lishi kerak; transformatsiya koeffitsientining farqi 0,5% dan ortib ketmasligi kerak
2. Qisqa tutashish kuchlanishlari bir xil bo`lishi kerak (±10% farq qilishiga yo`l qo`yiladi).
3. Uch fazali transformatorlar parallel ishlashi uchun ularning ulanish turkumlari bir xil bo`lishi kerak.
Transformator salt ishlaganda ikkilamchi chulg`am zanjirida tokning yo`qligi hamda nagruzkaning parallel ishlayotgan transformatorlarning nominal quvvatlariga proportsional ravishda to`g`ri taqsimlanishi transformatorlar normal holda parallel ishlashining asosiy belgilari hisoblanadi.
Avtotransformatorlar
Avtotransformatorda birlamchi va ikkilamchi chulg`amlar elektr jihatdano`zaro bog`langan bo`lib, ikkilamchi chulg`am birlamchi chulg`amning bir qisminitashkil etadi. Avtotransformatorlar bir fazali va uch fazali qilib ishlab chiqariladi. Bir fazalilari laboratoriya avtotransformatorlari (LATR) tarzida keng qo`llaniladi. Uch fazaavtransformatorlarning quvvati bir fazalilarga qaragandakatta bo`lib, chulg`amlari moyli bakka tushirilgan bo`ladi.Avtotransformatorlar kuchlanish keng doirada o`zgartiriladigan joylardaishlatiladi. Ular kuchlanishni orttirib yoki pasaytirib beradi. 12-rasm, a va b dakuchlanishni orttiruvchi va pasaytiruvchi avtotransformatorlarning sxemalariberilgan.Kuchlanishni orttirib beruvchi avtotransformatorning (12-rasm, a) sxemasidanko`rinadiki, birlamchi kuchlanish U1 avtotransformator chulg`amlarining bir qismiga berilib, ikkilamchi kuchlanish U2 uning ikkala chulg`amidan olinmoqda. Kuchlanishni pasaytirib beruvchi avtotranformatorda (12-rasm, a) birlamchi 33kuchlanish U1(ikkala) butun chulg`amiga berilib, ikkilamchi kuchlanish U2 butun chulg`amning bir qismidan olinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |