Transformatorlar haqida umumiy tushinchalar.
Elektrotexnikaning asosiy vazifalaridan biri elektr energiyasini bir joydanikkinchi joyga uzatishdir. Chunki elektr energiyasining iste`molchilari aksariyathollarda yoqilg`i va gidroresurslar tabiiy joylashgan rayonlarga qurilgan elektrstantsiyalaridan bir necha o`nlab va yuzlab kilometr masofalarda joylashadi. Elektrenergiyasini uzatish liniyalarida esa quvvatning issiqlikka sarf bo`ladigan isrofi лR I2va kuchlanishning pasayuvi лR I Udoimo mavjuddir. Liniyaninguzunligi ortgan sari bu ko`rsatkichlar ham ortadi. Elektr tokining to`la quvvati(I U S)ni o`zgartirmagan holdi uni turli kuchlanish va tok bilan uzatish mumkin. Quvvat formulasidan ko`rinib turibdiki, uzatishda kuchlanish qanchalik yuqoribo`lsa (const S), tok kuchi shunchalik kichik bo`lib, u bilan bog`liq isroflar hamshunchalik kam bo`ladi. Tok kuchini kamaytirish uzatish simining ko`ndalangkesimini kichik olishga va rangli metallarni tejashga imkon beradi. Hozirgi vaqtda o`zgaruvchang tokning 35, 110, 220, 500, 750, va 1150kVkuchlanishli uzatish liniyalari mavjud. Ammo o`ta yuqori kuchlanishlarni bevositageneratorlardan olib bo`lmaydi. Odatda, elektr stantsiyalaridagi generatorlarningnominal kuchlanishi ko`pi bilan 21kVdan oshmaydi. Elektr energiyasiningiste`molchilari esa 380/220; 220/127 V nominal kuchlanishlarga mo`ljallangan. Shuning uchun generatorlar ishlab chiqaradigan elektr energiyasining nisbatan pastkuchlanishli, ammo katta tok kuchiga ega bo`lgan quvvatini (hozirgi vaqtda150,300, 500, 800 va 1200 ming kVli generatorlar ishlab chiqariladi) yuqorikuchlanishli va nisbatan kichik tok kuchiga ega bo`lgan quvvatga o`zgartirishkerak. Bu vazifa transformatorlar yordamida oddiygina hal etiladi. Transformatorning ixtirochisi P.N.Yablochkov hisoblanadi. U 1876 yildaelektr yoy lampasi uchun manba sifatida ilk bor transformatordan foydalangan.Transformatorlardan foydalanish 1891 yili uch fazali transformatorningkonstruktsiyasi ishlab chiqilib, elektr energiyasini uch fazali tok sistemasi 12yordamida uzatish amalga oshirilgandan so`ng yanada kengaydi. Buelektrlashtirishning jadal rivojlanishiga sabab bo`ldi. Elektrostantsiyada generator ishlabchiqarayotgan elektr energiyasi transformator Tr1 yordamida 6kv kuchlanishdan35 kVgacha orttirilib, elektr uzatish liniyasi orqali taqsimlovchi podstantsiyagaberilmoqda. U erda pasaytiruvchi transformator Tr2 yordamida kuchlanish 35 kVdan 6 kVgacha pasaytirilib, iste`molchining transformatori Tr3 ga uzatilmoqda. Bunday transformatorlardan bir nechta bo`lishi mumkin. Transformator Tr3 yordamida kuchlanish 6kVdan iste`molchi uchun zarur bo`lgan 380/220, 220/127 V kuchlanishlarga aylantiriladi. Ko`rinib turibdiki, elektr energiyasielektrstantsiyadan iste`molchiga etib kelguncha uch martatransformatsiyalanmoqda. Real hollarda transformatsiyalanish soni bundan hamko`p bo`lishi mumkin. Elektr energiyasini bir pog`onada bo`lgan 1 1, i ukuchlanish va tokini boshqa pog`onadagi,2 2, i ukuchlanish va tokka aylantirib beradigan statik (harakatlanuvchi qismlari bo`lmagan) elektromagnit apparati transformatordeyiladi. Transformatorlar energetik sistemalarda qo`llanishidan tashqari, kuchsiztoklarda ishlovchi hisoblash mashinalari, 13-avtomatika, telemexanika, aloqa, radiotexnika va televidenie qurilmalarizanjirlarida va umuman, elektr kuchlanishini o`zgartirib berish kerak bo`lganbarcha joylarda ishlatiladi.Transformatorlar bajaradigan vazifasiga ko`ra qo`yidagi turlarga bo`linadi:
elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo`ljallangan katta quvvatli(uch fazali) transformatorlar;
kerakli joylarda kuchlanishni keng doirada o`zgartirib berish va dvigatellarni ishga tushirish uchun mo`ljallangan avtotransformatorlar;
taqsimlash tarmoqlaridagi kuchlanishni rostlab turish uchun mo`ljallanganinduktsion rostlagichlar;
olchov transformatorlari
Do'stlaringiz bilan baham: |