Agar BPP ni ko`p energiya ishlatuvchi tsexning ichida yoki yonida joylashtirilsa, u iste’molchiga yaqinlashtirilgan podstantsiya (IYaP) ga aylanadi. 35220 kVli podstantsiyani bevosita iste’molchilar yaqiniga joylashtirish natijasida 610 kV kuchlanishli tarqatish tarmoqlarining uzunligi qisqarib, kabel sarfi va elektr energiya isroflari kamayadi, ETS ning iqtisodiy ko`rsatkichlari yaxshilanadi. Muhit sharoiti ifloslanmagan korxo-nalarda IYaP ning 35220 kV li tarqatish qurilmasi ochiq konstruktsiyasi, transfor-matorlari barcha xollarda ochiq o`rnatiladi, ba’zan transformatorlar kuchaytirilgan izolyatsiyali bo`lishi mumkin.
IYaP transformatorlari yonidan o`tuvchi (tranzit) liniyalarga yoki radial liniyalarga ulanishi mumkin. YuK tomonida (35220 kV) tarqatish qurilmasisiz, qisqa tutashtirgich va ajratgich o`rnatiladi (radial liniyaga ulansa ajratgich bo`lmaydi).
35 kVli IYaP bo`lsa, 35 kV tomonida muhit sharoitidan qat’iy nazar yopiq tarqatish qurilmasi o`rnatish qulay.Bunda arzon narxli S-35 uzgichi qo`llaniladi.
Muhit sharoiti ifloslangan bo`lsa, ifloslanish zonasini shartli ravishda 2 qismga bo`linadi. 1-qismga yuqori darajada ifloslangan (III-darajali ifloslanish) xududlari kiradi. Bu yerda yopiq podstantsiya ishlatiladi. 2-qismga kamroq ifloslangan (II-darajali) xududda ochiq tarqatish qurilmasi ishlatilib, elektr jixozlari keyingi toifa(klass)dagi kuchla-nishga chiqarilgan kuchaytirilgan izolyatsiyali bo`lishi kerak.Agar bunday jixozlar yo`q bo`lsa, ikkinchi qismi-da xam yopiq tarqatish qurilmasi o`rnatiladi.
a) transformator reaktiv qarshiligi bilan; b) reaktor yordamida; v) ikkilangan reaktor bilan; g) parchalangan cho`lg`amlar bilan; d) parchalangan cho`lg`amlar va ikkilangan reaktor bilan.
Nazorat savollari BPP transformatorlarining o`rnatish joyini qanday tanlanadi ?
Elektr energiyasini ko`p ishlatuvchi tsex(lar) qanday xisobga olinadi ?
Iste’molchiga yaqinlashtirilgan podstantsiyalar qaysi xollarda ishlatiladi ?
6-35 kV li tarqatish qurilmalari uchun qanday yig`ma tarqatish qurilmalari bor ?
Ichki yig`ma shkaflarda ko`rinadigan uzilish qanday amalga oshiriladi ?
Tarqatish qurilmasidagi 2 ta sektsiya qaysi shkaflar bilan o`zaro ulanadi?
NTMI kuchlanish transformatori o`rnatiladigan yig`ma shkafni qanday ta’riflash mumkin?
6-10 kV li tarqatish qurilmasidagi sektsiyalar soni transformatorlar quvvatiga qanday bog`liq?
6-10 Kv li tarqatish qurilmasida 2 shoxli reaktor qachon o`rnatiladi?
BPP transformatorlarining yuklanish koeffitsiyentlari ishonchlilik bo`yicha toifaga bog`liqmi ?