Energetika fakulteti "elektr energetikasi" kafedrasi



Download 0,94 Mb.
bet30/32
Sana20.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#564935
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
STANSIYA va podst elektr qsmi

Ximoya zonalarini hisoblash. Yashindan ximoyalash qurilmalarini konstruktiv bajarish.
Elektr uzatish liniyalarida chaqmoq tushganda, xosil bo‘lgan o‘ta kuchlanishning to‘lqinlari elektr tarmoqlari bo‘ylab elektr stansiyalari va podstansiyalarining elektr qurilmalarining izolyatsiyasiga ham ta’sir qiladi.
Elektr tizilmalarini atmosfera o‘ta kuchlanishidan ximoyalash maqsadida razryadniklar qo‘llaniladi. Oddiy ti’dagi razryadnikda ikki elektroddan iborat yoyli oraliq bo‘lib, ulardan biri ximoyalanuvchi obyektga ikkinchisi esa yerlatkichga ulanadi. Impulsli razyad kuchlanishidan ortiq kuchlanish xosil bo‘lganda yoyli oraliq ta’sir ko‘rsatadi. Yoyli oraliq liniyada oqayotgan o‘ta kuchlanishning to‘lqinini kesadi, o‘z navbatida elektr qurilmalarining izolyatsiyasini chizilishdan va qo‘lanishidan ximoya qiladi. Biroq yoyli oraliqning razryadlanish tavsifi muqum bo‘lmay, u elektrodlarning holatiga, tashqi atmosfera o‘ta kuchlanishga bog‘liq. Bundan tashqari, yoyli oraliqda yoyning xosil bo‘lishi, tarmoqda xavfli qisqa tutashuv toklarini yuzaga keltirishi natijasida elektr tizilmalarini tegishli qismlarini o‘chirishga olib keladi, bu esa samarasiz hisoblanadi. Shu yoyli oraliq uchun cheklangan va izolyatsiyani o‘ta kuchlanishdan ximoyalash maqsadida qo‘shimcha anjomlar qo‘llaniladi. Tabiatdagi o‘ta kuchlanishdan ximoyalash maqsadida yashinqaytargichlardan foydalaniladi. Energetik tizimda trubkali va ventilli razryadniklar qo‘llanaladi. Konstruktiv jixatdan trubkali razryadniklar ancha sodda bo‘ladi. U liniyalarda, podstansiyaning kirish joylariga o‘rnatilib, elektr liniyalarining izolyatsiyasini, shuningdek qo‘shimcha ravishda podstansiyani ximoyalash uchun xizmat qiladi. Ventilli razryadniklar esa ancha mukammal, lekin qimmat hisoblanadi. Ular podstansiyaning izolyatsiyasini ximoyalash maqsadida: elektr tizilmalarini yig‘ma shinalariga,agar bu shinaga xavo liniyasi ulangan bo‘lsa; avtotransformatorning o‘rta va yuqori kuchlanishli tomonining chiqishiga; alohida liniya va kuch transformator zanjiriga, agar razryadniklar shinaga o‘rnatilgan bo‘lsa, elektr qurilmasining kerakli bo‘lgan ximoyasini ta’minlay olmaydi; neytrallari izolyatsiyalangan ishlashga ruxsat etuvchi 110-220 kV li kuch transformatorlarining neytrallariga o‘rnatiladi.
Esda tutish kerakki, xavo liniyasiga to‘g‘ridan–to‘g‘ri ulangan quvvati 15 MVA dan ortiq bo‘lgan generatorlar va quvvati 20 MVA dan ortiq bo‘lgan sinxron kompensatorlarning izolyatsiyasini ximoyalashda qo‘llash ta’qiqlanadi.
Trubkali razryadniklar fibrali (RT ti’li razryadniklarda) yoki vini’lastli (RTV ti’li razryadniklarda) gazni generatsiyalovchi trubkadan, ichki yoy so‘ndiruvchi oralig‘idan va tashqi yoy so‘ndiruvchi oralig‘idan iborat. Razryadnik ishlaganda faqatgina impuls kuchlanishdagi tokni emas, balki sanoat chastotasini kuzatib boruvchi tokni ham o‘tkazib yuboradi. Razryadnik ichki oraliqdan tok nolg‘dan farqli bo‘lgan qiymatlarda oqib o‘tganda hosil bo‘lgan yoyni so‘ndirishi kerak. Trubkali razryadniklarning kamchiligi shundaki, elektr yoyini ishonchli so‘ndirishda ruxsat etilgan oqayotgan tokning yuqori va quyi qiymatlarining aniq emasligi hisoblanadi.
Elektr tizilmalarining izolyatsiyasini o‘ta kuchlanishdan ishonchli ximoya qilish uchun, izolyatsiyaning volg‘t–sekund impulsli tavsifi izolyatsiyaning istalgan tegishli nuqtasidan razryadnikning tavsifi yuqorida joylashgan bo‘lishi kerak. Trubkali razryadniklar keskin volt–sekundli tavsifga (18.10–rasm) ega, shuning uchun transformator izolyatsiyasini ximoyasi uchun, elektr mashinalari va o‘chirgichlar uchun, izolyatsiyaning nisbatan yumshoq volg‘t–sekundli tavsiflari uchun yaroqsiz hisoblanadi. Bu holatlar uchun ventilli razryadniklar munosibdir. Bunday razryadniklar kop martali yoy oralig‘i va ularga ketma–ket ulangan nochiziqli ishchi tavsifli rezistorlardan chinni tsilindrga germetik joylashgan bo‘ladi.
Energetik tizimda RVS (stansiyali, ventilli razryadnik), RV (podstansiyali, ventilli razryadnik), RVM (magntili, ventilli razryadnik), RVMG (magnit so‘ndirgichli, ventilli razryadnik), RVMK (yoyni magnit so‘ndirgichli, kombinatsiyalashgan ventilli razryadnik) va RVVM (aylantiruvchi mashinalar uchun ventilli razryadnik) tipidagi razryadniklar qo‘llaniladi.
Davlat andozasiga ko‘ra razryadniklar to‘rt guruhga belgilanadi:
I. (og‘ir rejim)–yashindan va kommutatsiya o‘ta kuchlanishlaridan ximoya uchun;
II, III, IV (engil rejim)–asosan yashindagi o‘ta kuchlanishlaridan ximoya uchun.
Ventilli razryadniklarning asosiy parametrlari quyidagilar:
impulsli chizilish kuchlanishi uim’, razryadnikdan impul’s toki oqqandagi qoladigan kuchlanish uost, razryadnikning yoyning so‘nishiga mos keluvchi kuchlanish ugash, razryadnikning yoy so‘nuvchi kuchlanishi deganda sanoat chastotasi kuchlanishining katta qiymatlarida razryadnikning oquvchi tokning ishonchli uzish qiymati tushuniladi.
O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH SAVOLLARI:
1. Atmosfera va ichki O‘ta kuchlanishlar deganda nimani tushunasiz?
2. Yashinqaytargichlarning ximoya zonasini hisoblashni tushuntiring?
3. Yakka sterjenli yashinqaytargichning ximoyalash zonasi qanday?
4. Elektr tizilmalarini o‘ta kuchlanishdan qanday ximoyalanadiya
6. Ventilli razryadnikning ishlash yentilli razryadnikn.
7. Kommutatsion xarakterdagi o‘ta kuchlanishlar nima?
8. Tabiatan o‘ta kuchlanishlarni tushuntiring.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish