Energetika fakulteti "elektr energetikasi" kafedrasi


STANSIYA VA PODSTANSIYALARINI OPERATIV TOKI



Download 0,94 Mb.
bet27/32
Sana20.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#564935
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
STANSIYA va podst elektr qsmi

STANSIYA VA PODSTANSIYALARINI OPERATIV TOKI


Reja:
15.1. Operativ tok manbalari. Energiya iste’molchilari va O‘zgarmas tok elektr qurilmasining ish holatlari.
15.2. Akkumulyatorlar xarakteristikalari. Akkumulyator batareyalarini tanlash. Zaryadlovchi va nimzaryadlovchi uskunalarni tanlash. Akkumulyator batareyasini hisoblash.
Tayanch so‘z va iboralar:
Operativ tok manbalari, O‘zgarmas tok tizilmalari, O‘zgarmas tok energiyasi iste’molchilari, kamchiliklari, avzaliklari, akkumulyator batareyalarini tanlash va hisoblash, O‘zgarmas tok tizilmalari, O‘zgarmas tok energiyasi iste’molchilari, kamchiliklari, afzaliklari, hisoblash
15.1. Operativ tok manbalari.
Elektr stansiya va yirik stansiyalarda boshqarish, signalizatsiya, avtomatik, avariyada yoritish zanjirlarini ta’minlash uchun, shuningdek, asbob–uskunalarni bajara oladigan holatda saqlaydigan (moylash nasoslari, val tig‘izlagichlari, turbogeneratorlarning boshqarish tizimlari) o‘z ehtiyojining eng muhim mexanizmlarini elektr bilan ta’minlash uchun akkumulyatorlar batareyasidan iborat o‘zgarmas tok tizilmasi zarurdir.
Akkumulyatorlar batareyasidan ta’minlanadigan hamma iste’molchilarni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin:
Doimiy ulangan yuklama. Bunga ulardan o‘zgarmas tok o‘tib turadigan boshqarish, blokirovka, signalizatsiya va releli ximoya qurilmalarining apparattlari, shuningdek avariyada yoritishning doimiy ulangan qismi kiradi;
vaqtinchalik yuklama avariya rejimida o‘zgaruvchan tok yo‘qolganda paydo bo‘ladi. Bu avariyadagi yoritish va o‘zgarmas tok elektr dvigatellarining yuklama toklari. Bu yuklamaning davomiyligi avariya davomiyligi bilan aniqlanadi (energetik tizim bilan bog‘liq bo‘lgan elektr stansiyalar uchun bu vaqt 0,5 soat, energetik tizim bilan bog‘liq bo‘lmagan elektrostansiyalar uchun 1 soat olinadi);
qisqa muddatli yuklama–davomiyligi 5 soatdan ortiq bo‘lmaydi. Bunday yuklamani o‘chirgich va avtomatlar yuritmasini ulash va uzish toklari hosil qiladi, shuningdek, elektr dvigatellarning ishga tushirish toklari hamda qisqa vaqt ichida tok o‘tuvchi boshqarish, blokirovka, signalizatsiya va releli ximoya apparattlari yuklamasining toklari tomonidan hosil bo‘ladi.
Akkumulyatorlar batareyasiga tushadigan o‘zgarmas yuklama signalizatsiyaning doimiy ulangan lampasi va avariyadagi yoritish quvvati, shuningdek, relelar tipiga bog‘liq bo‘ladi.
Hisoblashlarda doimiy ulangan yuklamalarning quyidagi kattaliklarini olish mumkin:
ko‘ndalang bog‘lanishli issiqlik stansiyalari uchun (bir batareyaga) –20 A;
150–200 MVt agregatli blokli issiqlik stansiyalari uchun (ikkita agregatga bitta batareya) –30 A;
300 MVt blokli issiqlik stansiyalari uchun (blokka bitta
batareya) –40 A;
110–500 kV li yirik podstansiyalar uchun–25 A;
60 MVt agregatli IEM o‘z ehtiyojining ta’minlanishi buzilganda akkumulyatorlar batareyasiga tushadigan yuklamaning o‘zgarishi qanday bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.
O‘zgaruvchan tok yo‘qolgandan so‘ng birinchi sekunddayoq o‘z ehtiyoji tizimining zahirasidagi transformator ulanadi, shuning uchun o‘chirgichning elektromagnitli yuritmasi iste’mol qiladigan tok I2 ning zarbi batareyaga tushadi. Shu paytdayoq ishga tushishda I3 tokini iste’mol qiluvchi, bog‘lanish qurilmasi uchun zahira o‘zgartirgichli agregat ulanadi va 4 s dan keyin avariyada yoritish I4 ulanadi (15.1– rasm). Agar o‘z ehtiyojining ta’minoti tiklanmasa, unda bir necha sekunddan so‘ng tig‘izlagichlarning moy nasoslari ulana boshlanadi, so‘ngra moylash nasoslari ishga tushib, ular qisqa muddatli tok zarbi I5, I6 larni hosil qiladi. Akkumulyatorlar batareyasidagi yuklamaning keskin o‘zgarish davri o‘tkinchi jarayon deb yuritiladi.

15.1–rasm. 3 X 60 MVt li IEM uchun akkumulyatorlar batareyasining yuklama grafigi.


15.2. Akkumulyatorlar xarakteristikalari. Akkumulyator batareyalarini tanlash. Zaryadlovchi va nimzaryadlovchi uskunalarni tanlash. Akkumulyator batareyasini hisoblash.
Akkumulyatorlar batareyasi kerakli sig‘im, avariya rejimidagi kuchlanish darajasi hamda shinalarga ulanish sxemalari bo‘yicha tanlanadi.
Issiqlik elektr stansiyalari uchun doimiy qisman zaryadlash rejimida ishlovchi elementli kommutatori bor akkumulyatorlar batareyasi sxemasi qabul qilingan.
Doimiy qisman zaryadlash rejimidagi shinalarga ulanadigan elementlar soni quyidagicha aniqlanadi:
(15-1)
bunda n0—batareyadagi asosiy elementlar soni; Ush – shinalardagi kuchlanish; U’z — qisman zaryadlangan rejimida elementlardagi kuchlanish (2,15V). Agar Ush=230 V deb qabul qilinsa, u holda

Agar Ush=253 V bo‘lsa, u holda

Zaryadlash rejimida har bir elementda maksimal kuchlanish 2,6 V ga teng bo‘lsa, shinalarga ta element ulanadi.
Avariya zaryadlanish rejimida har bir elementdagi kuchlanish 1,75 V bo‘lsa:

element bo‘ladi, bunda n–batareya elementlarining umumiy soni. Elementli kommutatorga n–nmin=130–88=42 ta element ulanadi.
Batareyaning tipaviy nomeri N quyidagi formuladan aniqlanadi:


15.2- rasm. Akkumulyator razryad tokining elektrolit haroratiga bog‘likligi.
1–0,5 soat razryadlash; 2–1 soat razryadlash
(15-2)
bunda Iav — yarim soatli (coatli) turg‘un avariya razryadlash yuklamasi A; 1,05– ehtiyotlik koeffitsient; j–avariyadagi razryadlashning ruxsat etilgan yuklamasi, A/N, elektrolitning haroratiga qarab akkumulyatorning birinchi nomeriga keltirilgan.
Olingan nomer tipaviy nomerning kattasiga yaqin qilib yaxlitlanadi.
Tanlangan akkumulyatorni eng katta zarbiy tokka tekshirish lozim.
(15-3)
bunda 46–ruxsat etilgan o‘ta yuklamani hisobga oluvchi koeffitsient;

I’r — avariyadagi rejim oxirida ulanadigan o‘chirgichlarning elektromagnit yuritmalari iste’mol qiladigan tok.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish