O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH SAVOLLARI:
Elektr stansiyasi tushunchasini ta’riflang.
Elektr stansiyasini joylashuvida xom ashyo omili.
Nominal kuchlanish nima?
GESning ishlash prinsipini tushuntiring?
TESning ishlash prinsipini tushuntiring?
IEMning ishlash prinsipini tushuntiring?
Elektr qurilmalarining toifasini izohlang?
Elektr energiyasini ishlab chiqarishdagi asosiy muammolarni ko‘rsating?
Normal rejim deganda nimani tushunasiz?
Rejim nima?
AVTOTRANSFORMATORLARNI KOMBINATSIYALANGAN (ARALASH) ISH HOLATLARI
Reja:
2.1. Avtortansformatorning uch ish holati.
2.2. AT quvvatini stansiya yoki podstansiyada ishlash paytida yuz beradigan real holatlarni hisobga olib tanlash.
tayanch so‘z va iboralar:
Kuch transformatori, avtotransformator, quvvati, soni, yuklanish darajasi, transformatsiya koeffitsienti, parallel ishlashi, iqtisodiy taqqoslash
2.1. Avtotransformatorlarning uch ish holati.
Keyingi o‘n yillar ichida bizning va chet davlatlarda katta quvvatli avtotransformatorlardan keng foydalanilmoqda. Bu ularning transformatorlarga qaraganda qator afzalliklarga ega bo‘lishi bilan tushuntiriladi.
Bir fazali avtotransformator ikkita elektr bog‘langan cho‘lg‘am OV va OS ga ega (2.1–rasm). Tutqichlar V va S orasida joylashgan cho‘lg‘amning qismi ketma–ket, S va O orasidagisi esa umumiy deb yuritiladi.
Avtotransformator kuchlanishni pasaytirish rejimida ishlaganda ketma–ket cho‘lg‘amdan tok Iv o‘tib magnit oqim hosil qiladi va bu oqim umumiy cho‘lg‘amda I0 tokni vujudga keltiradi. Ikkilamchi cho‘lg‘am yuklamasining toki Is, cho‘lg‘amning galvanik (elektr) bog‘lanishi sababli o‘tuvchi Iv tok bilan shu cho‘lg‘amlarning magnit bog‘lanishidan hosil bo‘lgan I0 toklar yig‘indisiga teng:
Is= Iv+ I0 bunda I0 = Is–Iv.
Avtotransformatorning birlamchi tarmog‘idan ikkilamchisiga uzatiladigan to‘la quvvat o‘tuvchi quvvat deb yuritiladi.
Agar avtotransformatorning cho‘lg‘amlari qarshiligidagi isrofni hisobga olmasak, u holda quyidagini yozish mumkin:
2.1–rasm. Bir fazali avtotransformator sxemasi
.
Ifodaning o‘ng tomonini o‘zgartirib
tenglikni hosil qilamiz. Bunda (UV–Uc)IV = ST –birlamchi cho‘lg‘amdan ikkilamchisiga magnit yo‘li bilan o‘tayotgan transformator quvvati ; UcIV = Se – transformatsiyasiz, galvanik bog‘lanish hisobiga birlamchi cho‘lg‘amdan ikkilamchi cho‘lg‘amga o‘tayotgan elektr quvvat.
Bu quvvat umumiy cho‘lg‘amni yuklamaydi, chunki IV tok OS cho‘lg‘amini chetlab ketma–ket cho‘lg‘amdan chiqish joyi S ga o‘tadi.
Nominal rejimdagi o‘tuvchi quvvat avtotransformatorning nominal quvvati S = Snom bo‘ladi, transformator quvvati esa –tipaviy quvvat deb yuritiladi:
Magnit o‘tkazgichning o‘lchamlari, demak, uning massasi nominal quvvatning bir qismini tashkil etuvchi transformator (tipaviy) quvvati orqali aniqlanadi:
bunda nvs = UV/Us – transformatsiya koeffitsienti; kfoy –foydalilik yoki tipaviy quvvat koeffitsienti.
ifodadan kO‘rinadiki, UV kattalik Us ga qancha yaqin bo‘lsa, kfoy shuncha kichik va tipaviy quvvat nominalning kam qismini tashkil etadi. Bundan, avtotransformatorning o‘lchamlari, massasi, aktiv materiallarni sarfi, nominal quvvati bir xil bo‘lgan transformatorga nisbatan kamayadi degan xulosa kelib chiqadi.
Masalan. UV = 330 kV, Us= 110 kV bo‘lsa, kfoy =0,667 bo‘ladi, agar UV = 550 kV, Us = 330 kV bo‘lsa, kfoy = 0,34 bo‘ladi.
Kuchlanishlar birgaligi 220/110, 330/150, 500/220, 750/330 kV bo‘lganda avtotransformatorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
2.1–rasmdagi sxemada ko‘rinadiki, ketma–ket cho‘lg‘am quvvati:
umumiy chO‘lg‘am quvvati:
Shunday qilib, yana shuni qayd qilish mumkinki, avtotransformatorning cho‘lg‘ami va magnit o‘tkazgichi, ayrim hollarda hisobiy quvvat deb yuritiluvchi tipaviy quvvatga hisoblanadi. V va S qisqichlarga qanday quvvat keltirilishiga qaramay, ketma–ket va umumiy cho‘lg‘amni STI’ dan ortiq yuklash mumkin emas. Bu xulosa, avtotransformatorning kombinatsiyalangan ish rejimlarini ko‘rishda ayniqsa muhimdir. Bunday rejimlar avtotransformatorning cho‘lg‘amlari bilan faqat magnit orqali bog‘langan uchinchi cho‘lg‘am mavjud bo‘lgandagina kelib chiqadi.
2.2–rasm. Avtotransformatorlar cho‘lg‘amlaridagi toklarning turli rejimlarda taqsimlanishi:a,b–avtotransformator rejimlar; v,g–transformator rejimlar; d,e–kombinatsiyalashgan rejimlar.
Avtotransformatorning uchinchi cho‘lg‘ami(NN cho‘lg‘ami) yuklamani ta’minlash, aktiv yoki reaktiv quvvat manbalari (generatorlar va sinxron kompensatorlar) ni ulash, ayrim hollarda esa faqat uchinchi garmonik toklarni kompensatsiyalash uchun qo‘llaniladi. NN cho‘lg‘amining nominal quvvati avtotransformatorning pasport ma’lumotlarida kO‘rsatiladi.
VN, SN va NN cho‘lg‘amlari bo‘lgan uch cho‘lg‘amli avtotransformatorlarning ish rejimini ko‘rib chiqamiz (2.2–rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |