Shuni nazarda tutingki, ushbu bo’limda qayd etilgan tajribalar faqat liniyaning to’liq uzunligi bilan o’tkaziladi. Faqat shu holatda uzatish liniyasi modeli uning CE va CL qisman sig’imlari bilan birgalikda, shuningdek uning teskari liniya to’liq qarshiligi ZR – asimmetrik foydalanish sharoitlarini hisobga olish uchun kerakli to’g’ri miqdorlarni aks ettirish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, qayd etishni istardikki, 380 kV darajali elektruzatish liniyasi izolyasiyalangan neytral yoki yerga tutashuvlarni neytrallagichlar bilan amaliy ishga o’tkazilmagan. Shunga qaramay, bu yerda olingan natijalar boshqa kuchlanish darajasidagi elektruzatish liniyalariga cheklanishlarsiz qo’llanilishi mumkin.
2.4.1. Izolyasiyalangan neytral ulanganda yerga tutashuv
Tajribadan ko’zlangan maqsad:
Erga tutashuv holatida izolyasiyalangan neytralli uzatish liniyasining samaradorligini tadqiq qilish.
Erga tutashuv toki va ishga yaroqli fazalar kuchlanishi oshishi o’lchovlarini o’tkazish.
Erga tutashuv koeffisiyentini aniqlash.
Uskunalar ro’yxati va tajribani amalga oshirish
Miqdori
|
Toifa raqami
|
Nomi
|
1
|
74550
|
Uch fazali transformator TL380KV
|
1
|
74551
|
Elektruzatish liniyasi (EUL) modeli 380 kV
|
1
|
745561
|
Kuchli tok ulab-uzgich qurilmasi moduli
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |