Energetik sathlar orasidagi Еij farqning katta kichikligiga qarab quyidagi sohalarga bo‘linadi.
1-jadval
№
|
Bo‘limlar
|
, (m)
|
, (Gs)
|
1
|
- nurlari spektroskopiyasi
|
10-10 ÷ 10-11
|
31018 ÷ 31020
|
2
|
Rentgen nurlari spektroskopiyasi
|
10-8 ÷ 10-10
|
31016 ÷ 31018
|
3
|
Optik spektroskopiyasi
|
10-3 ÷ 10-8
|
31012 ÷ 31016
|
4
|
Radiospektroskopiya (bunga mikroto‘lqin spektroskopiyasi EPR va YAMR ham kiradi)
|
10-4 ÷ 10-2
|
3106 ÷ 31012
|
Har bir soha molekulalar harakatining ma’lum bir turi haqida ma’lumot beradi. Masalan, ko‘rish va ultrabinafsha sohasida elektron o‘tishlar haqida ma’lumot olinsa, infraqizil va ko‘rish sohada molekula atomlarining muvozanat vaziyati atrofida tebranishlari to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.
Yuqorida keltirilgan klassifikasiyalash bilan birgalikda molekuladagi harakat turlariga nisbatan ham bo‘linadi. Masalan, aylanma, tebranma va elektron spektrlari.
Aylanma polasalar uzoq infraqizil, tebranma spektrlar yaqin infraqizil va elektron spektrlar ko‘rish va ultrabinafsha sohada joylashadi. Optik spektrlarni grafik asosida tasvirlashda absissa o‘qida chastota , yoki to‘lqin uzunligi orqali belgilanadi. Spektroskopiyada oddiy gerslarda ulchanuvchi chastota emas. To‘lqin soni ishlatiladi. To‘lqin soni teskari santimetrda o‘lchanadi (sm-1), to‘lqin uzunligi esa (sm), nanometr (nm), mikrometr (mkm) va angestremlarda ( ) o‘lchanadi.
Spektroskopiyada to‘lqin uzunligini o‘lchash uchun turlicha birliklardan foydalaniladi. Masalan, mikroto‘lqin sohada λ [sm] yoki [mm] larda, IQ sohada mikronlarda o‘lchanadi ( 1 mkm=10-6 m=10-4 sm ). Ko‘rish va ultrabinafsha sohada Å ishlatiladi (1Å =10-10m =10-8 sm). Xalqaro birliklar sistemasi (XB) da nanometr qo‘llaniladi (1nm = 10-9 =10Å). Spektroskopiyada to‘lqin uzunligidan tashqari to‘lqin soni, yani to‘lqin uzunligiga teskari bo‘lgan kattalik ishlatiladi, o‘lchov birligi [sm-1]. = 1/λ (sm-1).
To‘lqin sonining fizik manosi ma’lum uzunlikdagi to‘lqindan bir santimetrda joylashgan to‘lqinlar sonini bildiradi. Amaliy spektroskopiyada to‘lqin soni ishlatilishining qulayligi u energiyaga proporsionaldir, yani bo‘ladi. Bundan tashqari, spektroskopik o‘lchov birligi sifatida erg va elektron voltlardan ham foydalaniladi. Chunki energiya , temperaturani o‘lchasak Kº larda, kuchlanishni elektron voltlar (eV) da o‘lchash mumkin. Shuningdek, ko‘pchilik hollarda kal/mol – o‘lchov birligidan ham foydalaniladi.
1eV ≈ 8000 sm-1 ≈ 23000 kal/mol ≈ 12000К ≈ 10-12 erg
Tegishli nurlanish va sochilish spektri intensivligini miqdoriy xarakteristikasini energiya birligida ordinata o‘qida aks ettirish mumkin. Biroq nisbiy kvant intensivlik ko‘rinishida baholash keng tarqalgan. Bu har xil chastotada bir xil vaqtda nurlangan, sochilgan kvantlar soni bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |