8-mavzu. “Energetik audit asoslari” faniga kirish
Reja:
Kirish
Energetik audit va tekshiruv tushunchalari
Energetik audit predmeti va vositasi
Energetik audit maqsadlari
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
«Energoaudit va energiya monitoring asoslari» fani energetik audit
o’tkazishning umumiy vazifalari va masalalarini, energetik auditning turlari, maqsadi, o’tkazish usullari asoslari va asbob va jihozlarini o’rganadi.
Energetik audit va energiya tejamkorligining asosiy prinsiplari beriladi. Energetik auditning me’yoriy-xuquqiy va me’yoriy – texnik bazasi, issiqlik energetika obyektlarini energetik auditi asoslari, sanoat korxonalari energetik auditi xususiyatlari, ekspress-audit, chuqurlashgan energetik tekshiriuvlar, energetik pasport, korxonalar energetik balanslari va shu kabilar bayon etilgan
O’zbekiston Respublikasida 1997 yilda “Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida” qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunning maqsadi milliy energetika resurslarining saqlanishini, energiya va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlovchi umumiy huquqiy asoslarni shakllantirish hisoblanadi. Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi huquqiy tartibga solish quyidagilarga yo’naltirilgan:
energiyani ishlab chiqarishda va ishlatishda undan samarali va ekologik xavfsiz foydalanishni ta’minlash;
energosamarali texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishni, yanada arzon neft mahsulotlari, tabiiy gaz, ko’mir va tabiiy yoqilg’ining (bundan keyin – yoqilg’i) boshqa turlarini qazib olishni va ishlab chiqarishni rag’batlantirish;
energiyani ishlab chiqarish va ishlatishning miqdori va sifatini o’lchashlar va hisobga olishning aniqligini, haqqoniyligini, birligini ta’minlash;
energiyaning oqilona ishlab chiqarilishi va ishlatilishi hamda uning sifati, energetika qurilmalarining, elektr ta’minot va energiyani ishlatish tizimlarining texnik xolati utidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish.
Hammaga yaxshi ma’lumki, har qanday davlat iqtisodiyotining asosi energetik resurslarning (energiyaning imkoniyatli manbalarining) mavjudligi, energetik xavfsizlik va energiya mustaqilligi hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda davlatning rivojlanish darajasi va iqtisodiy barqarorligini belgilab beruvchi bir qator mezonlar qabul qilingan. Ulardan asosiylari aholi jon boshiga elektr energiyasini ishlatish va yalpi milliy (ichki) mahsulotning energiya sig’imi (kg. u.t./so’m) hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |