Energetik audit



Download 1,57 Mb.
bet17/94
Sana11.04.2023
Hajmi1,57 Mb.
#927083
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94
Bog'liq
Energetik audit

13 -mavzu. Olingan va yig’ilgan ma’lumotlarni tahlili.
Reja:
Energiya ta’minoti tizimlarini tahlili.
Issiqlik energiyasi iste’molchilari va issiqlik ta’minoti tizimlarini tahlili. Issiqlik energiyasini tejash chora-tadbir turlari.

Energetik auditor energetik natijaviylikni yaxshilash imkoniyatlarini tahlil qilish va quyidagilar asosida aniqlashi kerak:


а) O’z bilimi va professional malakasi;
б) Tizimdagi ehtiyojlarga e’tibor qaratish uchun konstruksiya va konfigurasiya parametrlarini baholash;
Izoh 1: Bitta mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishi uchun ketadigan tizimdagi minimal energiya iste’moli.
в) Auditdan o’tkazilgan obyektlarning to’liq xizmat ko’rsatish davri, ahvoli, ish faoliyati va ularga xizmat ko’rsatish (remon) darajasi;
г) Amaldagi energiyadan foydalanish texnologiyasining bozorda mavjud eng samarali texnologiya bilan taqqoslanishi;
д) Eng yaxshi amaliyot, shuningdek ish faoliyatini nazorat qilish va xulq – atvor;
е) Kelajakdagi energiyadan foydalanish va ish faoliyatdagi o’zgarishlar.
Izoh 2: Energetik natijaviylikni yaxshilashgan qaratilgan imkoniyatlar bilan bir qatorda, ularga qo’shimcha ravishda alternativ eneregiya manbaalari, yoqilg’ini almashtirish, issiqlik va elektr energiyasini birgalikda ishlab chiqarish, qayta hosil bo’luvchi energiya manbaalari bo’yicha takliflar kiritish mumkin.
Issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik tarmoqlariga bevosita ulangan, u bilan issiqlik tarmoqlarining balans bo’yicha mansublik chegarasiga ega bo’lgan, issiqlik energiyasidan foydalanish huquqi va shartlari iste’molchi hamda issiqlik ta’minoti korxonasi yoki uning yuqori tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs – issiqlik energiyasi iste’molchisi deyiladi.
Yoqilg’i-energetika resursining barcha iste’molchilari uchun energetika tekshiruvlarini o’tkazishda:
yoqilg’i-energetika resursi iste’molchisining tuzilmasi va uning bo’linmalari energiya iste’moli tavsifi;
energiya resurslari turlari bo’yicha xususiy energiya balanslari;
texnologiya ishlab chiqarishlarida energiya iste’molining holati (ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun amalda iste’mol qilingan yoqilg’i- energetika resursi texnologiya obyektlari energiya iste’molining normativ tavsiflari);
energiya resurslari va energiya manbalarining alohida turlari bo’yicha barcha iste’mol qilinadigan energiyaning taqsimlanishi xususiyatlari (buning uchun energiya iste’moli bo’yicha ma’lumotlar o’lchovning yagona tizimiga keltiriladi);
energiya iste’moli rejimi (sutkalik, oylik, yillik);
har bir obyekt uchun energiya iste’moliga ta’sir ko’rsatadigan omillar (masalan, isitish tizimi uchun tashqi harorat, elektroprivodlar uchun quvvat koeffisiyenti (cosφ) va hokazolar);
ta’sir ko’rsatuvchi omilga (masalan, unumdorlikka, tashqi havo haroratiga va hokazolarga) energiya iste’moli nisbati hisoblanadigan resurslar va obyektlarning alohida turlari bo’yicha solishtirma energiya iste’moli;
energiya manbalari kamayishi, izolyasiyaning buzilishi, nooqilona loyiha yechimlari, noto’g’ri ulanish, qurilish va montaj ishlari sifatsiz bajarilishi hisobiga energiyaning to’g’ridan-to’g’ri nobud bo’lishi;
bevosita texnologiya jarayonida (agregat, sex) foydalaniladigan energiya manbalari (elektr energiyasi, texnik suv, qisilgan havo, bug’, texnik gazlar) sarfi to’g’risidagi ma’lumotlar va ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
texnologiya parametrlari va mavsumiy tavsiflar bir xil bo’lgan sharoitda solishtirma ko’rsatkichlar o’zgarishi dinamikasini taqqoslash yo’li bilan energiya resurslari iste’mol qilish samaradorligi;
mahsulot ishlab chiqarishning texnologiya sxemasi (asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xom ashyo, materiallar, energiya oqimlari);
energiya hisob-kitobi va uni texnik hisobga olish priborlarini, shuningdek chetga berishni hisobga oladigan hisoblagichlarni jiddiy ravishda joy-joyiga qo’ygan holda energiya ta’minoti sxemasi;
shartnoma hujjatlari;
oldingi yilning va joriy yilning o’tgan davri uchun amaldagi statistika hisobotlari (choraklik, yillik), shuningdek boshqa zarur hisobotlar;
energiyani tejash bo’yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejalari va ularning bajarilishi holati, energiya iste’molini kamaytirish yuzasidan topshiriqlar mavjudligi;
ishlab chiqariladigan mahsulotni hisobga olish usullari;
energiyaning amaldagi sarfi ustidan nazorat qilish va uning sarfi normalari bajarilishi;
energiya qurilmalarini ogohlantiruvchi ta’mirlashlarning reja-jadvallari to’g’risida hisobotlar;
ham butun yoqilg’i-energetika resursi iste’molchisi, ham yirik texnologiya agregatlari bo’yicha energiya iste’moli balansini tuzish;
hisoblab chiqarilgan va texnik hisobga olishning holati;
normalashtirilgan energiya iste’molining holati va amaldagi Nizom normalariga muvofiqligi. Energiyaning amaldagi solishtirma sarfini baholash davrida yoqilg’i-energetika resursi iste’molchisining energiya ta’minoti sxemasi aniqlashtiriladi. Normalashtirish, energiya manbalari sarfi normalari tuzilmasi, hisob-kitob qilish tartibi va normalarini tasdiqlash bo’yicha tarmoq yo’riqnomalari va metodik ko’rsatmalar mavjudligi ko’rib chiqiladi. Energiya resurslaridan foydalanish bo’yicha hisobot yuritilishining statistika hisoboti talablariga muvofiqligi, texnologiya asbob-uskunalarining texnik holati, ular ishining texnologiya reglamentlariga muvofiqligi, texnologiya va energetika asbob- uskunalarining ish bilan ta’minlanganligi, mahsulot sifatiga qo’yiladigan talablarga rioya qilish baholanadi.
Energiya iste’moli bo’yicha eksperimental va statistik olingan ma’lumotlar hamda mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha ma’lumotlar asosida ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga energiyaning normativ solishtirma sarfi belgilangan davrdagi amaldagi sarf bilan qiyosiy o’rganib chiqiladi.


  1. Download 1,57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish