mavzu. Energetik pasportlar.
Reja:
Energetik pasportini tuzish.
Iste’molchini energetik pasporti va uni tarkibi.
Korxona qurilmalarini energiya samaradorligini baholash.
Energiya tejamkorligi bo’yicha asosiy taklif va tadbirlarni tartibini shakllantirish.
Energoauditorlar energoaudit natijalarini yoqilg’i-energetika resursi iste’molchisining belgilangan namunadagi energetika pasportida qayd etishadi (Qoidalarga 2-ilova).
Yoqilg’i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o’tkazish qoidalariga 2-ilovada Energetik pasportning quyidagi nomli jadvallari mavjud:
№1 jadval. Energiya resurslarini hisobga olish jadvali. Bunda hisobga olish punktlari, elektr energiya quvvatini hisobga olish turi (aktiv, reaktiv), o’lchov transformatorlari o’rnatilgan joy, hisoblash koeffisiyentlari va Davlat tekshiruvining plombalash sanasi kabi ma’lumotlar bor.
№2 jadval. Asosiy energetik qurilmalari va energiya o’zgartirgichlari jadvali. Bunda asosiy energetik qurilmalari va energiya o’zgartirgichlarining nomi, o’rnatilgan joyi, turi, markasi, ishlab chiqarilgan yili, o’rnatilgan sanasi, oxirgi tekshirish sanasi va holati kabi ma’lumotlar keltiriladi.
№3 jadval. Belgilangan va iste’mol qilingan elektr energiyasi quvvati jadvali. Bunda belgilangan va iste’mol qilingan elektr quvvati haqida ma’lumotlar quyidagi ko’rinishda beriladi:
Texnolog — texnologik ehtiyojlar: ushbu mahsulot (ish) turini ishlab chiqarishning texnologik jarayonlariga yoqilg’i, issiqlik va elektr energiyasi sarfi.
O’E — O’z ehtiyoji: asosiy texnologik asbob-uskunalarning normal ish rejimini ushlab turadigan energiya iste’mol qiluvchi agregatlarning YoERi sarfi.
IChE — ishlab chiqarish (yordamchi) ehtiyojlari: mahsulot olishda texnologik jarayonni qo’llab-quvvatlaydigan ishlab chiqarish va yordamchi energiya iste’mol qiluvchi agregatlarning YoER iste’moli.
X.E. — xo’jalik (kommunal-maishiy) ehtiyojlari: ishlab chiqarishning xo’jalik-maishiy ehtiyojlariga YoER sarfi.
№4 jadval. Korxonaning energetika balansi jadvali. Bunda korxonada 1 chorakda iste’mol qilingan elektr energiyasi, issiqlik energiyasi, gaz, mazut, ko’mir, neft mahsulotlari, suv va energiyaning boshqa turlar haqida ma’lumotlar kiritiladi.
№5 jadval. Korxonaning energetika balansi jadvali. Bunda korxonada bir yilda iste’mol qilingan elektr energiyasi, issiqlik energiyasi, gaz, mazut, ko’mir, neft mahsulotlari, suv va energiyaning boshqa turlar haqida ma’lumotlar kiritiladi.
№6 jadval. Solishtirma ko’rsatkichlar o’zgarishi dinamikasi jadvali. Bunda korxonada bir yilda iste’mol qilingan elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va gaz haqida ma’lumotlar choraklik kesimida kiritiladi.
№7 jadval. Solishtirma ko’rsatkichlar o’zgarishi dinamikasi jadvali. Bunda korxonada bir yilda iste’mol qilingan mazut, neft maxsulotlari va ko’mir haqida ma’lumotlar choraklik kesimida kiritiladi.
№8 jadval. Yillar bo’yicha energetika ko’rsatkichlari o’zgarishi dinamikasi jadvali. Bunda so’nggi uch yildagi haqiqiy solishtirma sarfi bo’yicha ma’lumotlar choraklik kesimida beriladi.
№9 jadval. Energiya resurslari sarfini hisobga olish priborlari haqida jadval. Bunda korxonada elektr energiyasi, issiqlik energiyasi, gaz, mazut, ko’mir, neft mahsulotlari, suv va energiyaning boshqa turlarini sarfini hisobga olish priborlari haqida ma’lumotlar kiritiladi.
№10 jadval. Belgilangan elektr quvvati haqida ma’lumot. Bunda energiya tizimining maksimal soatlaridagi belgilangan elektr quvvati choraklar kesimida so’ngi 3 yillik ma’lumotlar kiritiladi.
Energoauditor yoqilg’i-energetika resursi iste’molchisiga o’tkazilgan energetika tekshiruvi to’g’risida to’liq hisobot beradi hamda o’tkazilgan tekshirish to’g’risidagi hisobot imzolangandan keyin 10 kun muddatda yoqilg’i-energetika iste’molchisining energetika pasportini davlat nazorati hududiy organlariga topshiradi.
Energetik auditor har bir imkoniyatning amaldagi energetik natijaviylikka ko’rsatgan ta’sirini quyidagilar asosida baholashi kerak:
Kelishilgan vaqt oralig’ida yoki kutilgan xizmat ko’rsatish davrida energiyadagi tejamkorlik;
Misol - Energiyadagi tejamkorlik, aniq bir energiya iste’moliniing yaxshilanishi va boshqalar.
Har bir yaxshilash imkoniyatidan kutilayotgan moliyaviy tejashlar; Zaruriy investisiyalar;
Energetik auditni rejalashtirish mobaynida aniqlangan o’zaro kelishilgan iqtisodiy va boshqa mezonlar;
Boshqa noenergetik foydalar (misol uchun ishlab chiqarish salohiyati yoki xizmat ko’rsatish);
Energetik natijaviylikni yaxshilash imkoniyatlarining reytingini tuzish; Turli imkoniyatlar o’rtasidagi potensial o’zaro bog’lanishlar.
Izohlar
1 Imkoniyatlar ko’rsatgan ta’sirni to’liq aniqlash va hisoblash uchun tashkilot qo’shimcha ishni o’z zimmasiga olishi zarur bo’lishi mumkin.
2: Imkon qadar, imkoniyatlar rejalashtirilgan yoki kutilayotgan ish faoliyat davri davomida tahlil qilinadi.
Agar kelishilgan energetik audit ko’lami, chegarasi va energetik auditning audit maqsadiga mos kelsa, energetik auditor, ushbu natijalar bilan birga qo’shimcha ma’lumotlarga bo’lgan talablarni taqdim qilishi va zaruriy qo’shimcha tahlilni belgilashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |