Tezkor energetika tekshiruvini (energoaudit) o’tkazish uchun internetplatforma – Platforma ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek energetika ko’rsatkichlarini hisoblash vositalariga ega. Bu esa (mavjud ma’lumotlar bazasi asosida) avtomatik shaklda quyidagi vazifalarni bajaradi:
- tashkilotning energotexnologik xaritasini shakllantirish va energiya samaradorligini baholovchi asosiy ko’rsatkichlarini aniqlash;
- energetika tahlili o’tkazish uchun asosiy grafik va diagrammalarni chiqarish;
- tashkilot energetika balansini hisoblash;
- energiya iste’molining bazaviy chizig’ini tashkil etish va energiya tejash salohiyatini aniqlash imkonini beradi.
Energetik tekshiruvlarni moliyalashtirish.
Energetik tekshiruvlar va ekspertiza o’tkazish bo’yicha tomonlarning xuquqi va javobgarligi.
Yoqilg’i-energetika resursi iste’molchilarini energetika tekshiruvidan o’tkazish bo’yicha ishlarni moliyalashtirish quyidagi manbalardan:
yoqilg’i-energetika resursi iste’molchilarining o’z mablag’laridan; bank kreditidan;
investisiyalardan;
maxsus respublika tarmoqlararo energiya ta’minoti hisob raqamidan; boshqa tushumlardan amalga oshirilishi mumkin.
Yoqilg’i-energetika resursi iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o’tkazishni moliyalashtirish tekshirish tashabbusi bilan chiqqan tashkilotlar hisobiga amalga oshiriladi.
Energoauditorlar, texnik va moliyaviy imkoniyat mavjud bo’lgan taqdirda, shartnoma bo’yicha investisiya qo’yishlari yoki rejaga muvofiq fizik hajmni bajarishlari mumkin, bunda investisiyalarni qaytarish va bajarilgan ishlarga haq to’lash ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirishdan olingan foyda hisobiga amalga oshiriladi.
Energetika tekshiruvlarini o’z vaqtida o’tkazadigan yoqilg’i-energetika resursi iste’molchilari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda energiya ta’minoti bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun byudjetdan va byudjetdan tashqari manbalardan imtiyozli moliyalashtirish huquqiga ega bo’ladilar.
Energoauditorlar tomonidan o’tkazilgan energetika tekshiruvlari natijalari haqiqiy emasligi tasdiqlangan taqdirda energoauditorlar yoqilg’i-energetika resursi iste’molchilari tomonidan oldin ko’rilgan zararlarni yoqilg’i-energetika resursi
iste’molchilariga qoplashga yoki energetika tekshiruvlari o’tkazish xarajatlarini qoplashga majburdir.
Davlat nazorati organlari va energoauditorlar qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarni oshirib yubormaslikka, tekshirish davomida yoqilg’i- energetika iste’molchisining xo’jalik faoliyati bajarilishiga to’sqinlik qilmaslikka, davlat sirlari va tijorat sirlariga rioya qilinishini ta’minlashga majburdir.
Mazkur Qoidalarda belgilangan energetika tekshiruvini o’tkazish tartibi yoqilg’i-energetika iste’molchisi tomonidan buzilgan taqdirda davlat nazorati organlari energetika tekshiruvi yangidan o’tkazilishini tayinlash huquqiga egadirlar.
Yoqilg’i-energetika iste’molchilari davlat nazorati organlari xodimlarini xabardor qilgan holda energetika tekshiruvi o’tkazilishi vaqtini mustaqil belgilashga haqlidirlar.
Yoqilg’i-energetika iste’molchilari energetika tekshiruvlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o’z vaqtida o’tkazilishi uchun javob beradilar.
Energetika tekshiruvlari va ekspertizalari o’tkazilishi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Belgilangan energetik audit sohasi va chegaralari doirasida energetik auditni tugallash uchun quyidagilardan foydalanish/kirishga ruxsat berilishi talab qilinadi:
а) Tashkilot, obyekt/obyektlar, uskunalari, tizim(lar) va jarayon(lar);
б) Energetik audit va ma’lumotlarni tahlil qilishga tegishli va foydali ma’lumotlar yig’ish uchun personal (muhandislik, ishlab chiqarish, yordamchi va boshqalar) ularning uskuna yetkazib beruvchilari,shartnomachilari va boshqalar;
Boshqa ma’lumot manbaalari, misol uchun chizmalar, yo’riqnomalar, sinov bayonnomalari, kommunal to’lovlar tarixi, monitoring va nazorat bo’yicha olingan ma’lumotlar, elektr uskunalar paneli va qayd qilib borilgan kalibrlash natijalari