Energetik audit


ma’ruza.O’zbekistonda sanoat korxonalarning energetik auditi va tekshiruvlar



Download 1,57 Mb.
bet30/94
Sana11.04.2023
Hajmi1,57 Mb.
#927083
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94
Bog'liq
Energetik audit

ma’ruza.O’zbekistonda sanoat korxonalarning energetik auditi va tekshiruvlar


Reja:
O’zbekistonda yirik sanoat korxonalari.
Har hil soha korhonalarning energetik auditi, tekshiruvlarini va monitorng o’tkazish xususiyatlari va yoqilg’i-energiya tejash potensiallari.
Xulosalar.
Majburiy dastlabki energoaudit o’tishi kerak bo’lgan korxonalar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishuv bo’yicha davlat nazorati organlari tomonidan tuziladi va Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo’yicha
Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
2016-2020 yillarda majburiy energoaudit o’tkazilishi kerak bo’lgan tashkilotlar ro’yxat 2016 yil 29 mart kuni tasdiqlangan va unga 406 ta korxona kiritilgan.
Energoauditni o’tkazishni tashkil qilinishidan maqsad, energetik auditor tomonidan manfaatdor tomonlarga energetik auditning maqsadi, belgilangan energettik audit ko’lami, chegaralari va uslublari yuzasidan qisqacha axborot berish va energetik audit o’tkazish uchun ko’rilgan tayyorgarliklarni (misol uchun, obyektdagi xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish, ruxsatnoma, muxofaza tartiblar va boshqalar) ko’rib chiqish.
Izoh 1: Yig’ilish telefon qo’ng’iroqlari, telekonferensiyalar va boshqa elektron kommunikasiya uslublarini o’zida qamrashi mumkin.
а) Energetik auditor tashkilotdan quyidagilarni talab qilishi shart:

  1. Energetik auditorga ko’maklashuvchi xodimni tayinlashini yoki mutasaddi shaxslarni shu maqsadda tuzilgan guruhga biriktirishini: mazkur shaxslar jarayon yoki uskunada to’g’ridan – to’g’ri operasiyalar o’tkazish yoki bunday harakatni amalga oshirishni talab qiluvchi zaruriy malaka va boshqaruv xuquqiga ega bo’lishi, belgilangan audit ko’lami va maqsadlarini qo’llab – quvvatlashlari shart;

  2. Mutasaddi xodimlar va boshqa manfaatdor tomonlarga energetik audit, ularning rollari, ma’suliyatlari, hamkorligi va boshqa ularga qo’yilgan talablar haqida xabardor qilishini;

  3. Auditning ta’siri bo’lgan tomonlar bilan hamkorlikni ta’minlashni;

  4. Energetik audit yoki energetik natijaviylikka ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday g’ayrioddiy holatlarni tasdiqlashni, ya’ni tuzatish - sozlash ishlari, maxsus tashriflar (mijoz, tartibga soluvchi idoralar), ishlab chiqarish hajmining keskin o’zgarishi va boshqalar.

Agar energetik auditor yagona shaxs bo’lmasa, energetik audit o’tkazayotgan guruh a’zosi yetakchi energetik auditor nomzodligiga berilishi shart.
Izoh 2: Mazkur talablarning ayrimlari dastlabki bosqichlarda inobatga olingan bo’lishi mumkin.
б) Energetik auditor tashkilot bilan quyidagilarni kelishib olishi kerak:

  1. Enegetik auditor uchun belgilangan energetik audit ko’lami ko’ra talab qilingan obyektlarga kirishga ruxsat berish;

  2. Salomatlik, xavfsizlik, muxofazalash va favqulodda holatlar bo’yicha qoidalar va proseduralarning talablari;

  3. Resurslarning mavjudligi, shuningdek eneregiya bo’yicha ma’lumot va qo’shimcha o’lchashlarga bo’lgan ehtiyoj;

  4. Amaldagi ma’lumotlarni tarqatmaslik to’g’risidagi bitimlar (misol uchun binoda yashovchilar to’g’risida ma’lumot);

  5. Agar zarur bo’lsa, olib boriladigan maxsus o’lchashlar uchun talablar;

  6. Agar zarur bo’lsa, o’lchash vositasini o’rnatishda rioya qilinishi talab qilinadigan tartiblar;

Energetik auditor tashkilot bilan energetik audit rejasining tavsilotlarini qayta ko’rib chiqishi ayniqsa javdallar, jarayonlar, qo’shimcha o’lchov vositasiga mumkin bo’lgan ehtiyoj, tashkilotning xodimlari bilan o’tkaziladigan suhbatlar, yig’ilishlar, joylarga tashriflar va boshqalar.
Agar mavjud bo’lsa, energetik audit maqsadlarini qo’llab – quvvatlovchi eneregiyaga tegishli mos ma’lumotlarni energetik auditor yig’adi, solishtiradi va qayd qiladi. Bu quyidagi ma’lumotlarni o’zida qamraydi:
а) Energiyani iste’mol qiluvchi tizimlar, jarayonlar va uskunalar ruyxati;
б) Belgilangan energetik audit ko’lami doirasida energiyadan foydalanishning batafsil xarakteristikasi, bunga tegishli parametrlar va ularning energetik natijaviylikka ta’sir ko’rsatishi borasida tashkilot qanday taxminiy fikr yuritishi kiradi.
в) Tarixiy va joriy energetik natijaviylik bo’yicha ma’lumot, bunga quyidagilar kiradi:

  1. Energiya iste’moli

  2. Tegishli omillar

  3. Tegishli bog’liqlikka ega o’lchashlar

Misol 1: Quvvat koeffisiyentini o’lchashlar, termografik yoki qisilgan havoni o’rganishdan olingan natijalar
d) Ma’lumot yig’ish davrida ichida energiya iste’moliga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan o’tgan hodisalar va ish harakati tarihi
г) Kuzatib boruvchi uskuna, konfigurasiyasi va ma’lumotlar tahlili;
Misol 2: Mahalliy o’lchash vositalari, tarqatilgan nazorat tizimi, uskunalari bilan jihozlash turi.
IZOH - Mavjud o’lchangan ma’lumot tashqi tomondan yig’ilishi va taqqoslanishi mumkin, misol uchun kommunal xizmat ko’rsatuvchi kompaniya.
д) Energetik natijaviylikka ta’sir qilishi mumkin bo’lgan kelajakdagi rejalar; Misol 3: Rejadagi faoliyatni kengaytirishlar, qisqartirishlar yoki ishlab chiqarish xajmidagi o’zgarishlar
Misol 4: Sezilarli darajada energiyaga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan rejadagi uskunalar yoki tizimlarni o’zgartirish yoki almashtirish.
Misol 5: Inshoot, uskuna yoki tizimlarning olib tashlanashi yoki autsorsing qilinishi.
е) Konstruksiya, ishlab chiqarish faoliyati va xizmat ko’rsatish – ta’mirlash hujjatlari
Misol 6: Mavjud chizmalar, uskunalarga talablar varaqasi, asosiy chizma, nazorat tizimdan olingan ma’lumotlar
ж) Energetik auditlar yoki energetik natijaviylikka bog’liq ilgari olib borilgan tadqiqotlar;
з) Moliyaviy tahlilda qo’llanadigan joriy energiya narxi jadval(lar)i (tarifi) yoki asos bo’luvchi energiya narxining jadval(lar)i (tariflar);
и) Boshqa tegishli bo’lgan iqtisodiy ma’lumotlar;
к) Tashkilot o’zining energiyadan foydalanishini va iste’mol qilishini qanday boshqarishi to’g’risida axborot;
л) Energiyani tarqatish tizimi va uni boshqarish.

Joylarda o’tkaziladigan har qanday o’lchashlar va ma’lumotlar yig’ish tadbirlari uchun tashkilot bilan energetik auditor o’lchashlar rejasi yuzasidan o’zaro kelishib olishlari shart. Energetik audit davomida energetik auditorning qilgan xulosalari asosida ma’lumotlarni o’lchash rejasiga qayta ko’rib chiqilishi mumkin. O’lchashlar rejasiga kiritilishi shart bo’lgan asosiy elementlar quyidagilar:


а) Tegishli o’lchash nuqtalari ro’yxati va ularga bog’liq bo’lgan jarayonlar va o’lchov vositasi;
б) Qo’shimcha o’lchash nuqtalarini, mos keluvchi o’lchov vositalarini, ularga bog’liq bo’lgan jarayonlar va ularni o’rnatish imkoniyatlarni aniqlash;
в) O’lchashlar uchun talab qilingan aniqlik va takroriylik va ularga tegishli o’lchashlar noaniqligi;
г) Har bir o’lchash uchun o’lchash davri va chastotasi, ya’ni alohida o’chlashlar nuqtasi yoki uzluksiz kuzatib borish (monitoring);
д) Har bir o’lchashdagi namoyon bo’lish chastotasi;
е) Harakatlarning amaldagi holatini aks ettiruvchi maqbul vaqt oralig’i;
ж) Tashkilot tomonidan o’rnatilgan tegishli parametrlar, misol uchun ish faoliyati parametri va ishlab chiqarish bo’yicha ma’lumot;
з) O’lchashlarni amalga oshiridagi majburiyatlar, shuningdek tashkilot uchun yoki uning nomidan faoliyat ko’rsatuvchi xodimlar;
Izoh 1: Ma’sul shaxslar tashkilotning o’zidan, eneregtik auditor yoki tashqi idoradan misol uchun pudratchidan bo’lishi mumkin.
и) (agar imkoni yoki amalda qo’llash foydali bo’lsa) o’lchov vositalarining kalibrlash va o’lchashlarning kuzatuvchanligi
Izoh 2: Muhimki, ayrim zarur ma’lumotlar, misol uchun tarixiy oylik ishlab chiqarish va kommunal to’lovlar tashkilot tomonidan taqdim etiladi: tashkilot o’zining energiya, ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi ma’lumotlarini aniqligiga oydinlik kiritadi, energetik auditor o’tkazilgan tahlilga asos bo’lgan ma’lumot to’g’ri yoki noto’g’ri o’lchanganligini tasdiqlaydi va ma’lumot qanday yig’ilishini belgilaydi, ya’ni o’lchov vositasidan qayd qilingan, taxmin qilingan yoki boshqacha hisoblangan, shuningdek tahlil ma’lumotlar guruhi bir – biri bilan taqqoslanishini tasdiqlaydi.
Agar energetik audit davomida barcha mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish samarali bo’lmasa yoki amalda maqsadga muvofiq bo’lmasa, namuna olish proseduralari talab qilinishi mumkin



Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish