Energetik audit



Download 1,57 Mb.
bet18/94
Sana11.04.2023
Hajmi1,57 Mb.
#927083
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94
Bog'liq
Energetik audit

mavzu. Energetik tekshiruvlar o’tkazishning namunaviy dasturlari.

Reja:
Yoqilg’i resurslar iste’molchilarini energetik tekshiruvlarini o’tkazish qoidalari. Energetik tekshiruvlar o’tkazishni tashkillashtirish
Issiqlik va gidroelektr stansiyalari. Ularning energetik qurilmalarini tekshiruv
qoidalari.
Energiya tejash turlari.
Respublikada yoqilg’i-energetika iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o’tkazish ishlarini tashkil etish, umumiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirishni davlat nazorati organlari amalga oshiradilar.
Yoqilg’i-energetika iste’molchilarini energetika tekshiruvlaridan va ekspertizadan o’tkazish faqat energoauditorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Tekshirish va ekspertiza o’tkazilishidan oldin energoauditorlar tomonidan energetika tekshiruvlari va ekspertizalar o’tkazish dasturi tuziladi (energetika tekshiruvlari o’tkazishning namunaviy dasturlari Qoidalarga 1- ilovalarda keltirilgan). Ushbu dasturlar tekshiriladigan yoqilg’i-energetika resursi iste’molchisi bilan kelishiladi va davlat nazorati organlarida tasdiqlanadi. Energetika tekshiruvlari va ekspertizalar o’tkazish dasturi iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg’i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashning mavjud yoki yangi ilg’or usullari asosida ishlab chiqilishi kerak.
Tekshiruvlar va ekspertizalarning mazmuni:
qabul qilingan respublika va xalqaro normalarga; iqtisodiy vaziyatni baholashga;
energetika va ekologiya xavfsizligini ta’minlashga;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning raqobatbardoshligi ta’sirini baholashga;
energetika tekshiruvlari va ekspertizalar o’tkazish dasturlariga muvofiq bo’lishi kerak.
Energoauditorlar energetika tekshiruvi namunaviy dastur bo’yicha o’tkazadilar.
Energoaudit o’tkazilishidan oldin energoauditorlar tomonidan energoaudit o’tkazish dasturi tuziladi. Ushbu dastur tekshiriladigan korxona bilan kelishiladi va davlat nazorati organlarida, ya’ni «O’zdavneftgazinspeksiya», hamda
«O’zdavenergonazorat» inspeksiyasida tasdiqlanadi. «O’zdavneftgazinspeksiya» va «O’zdavenergonazorat» inspeksiyasilarida energoaudit o’tkazish dasturini tasdiqlash vaqtida "Yoqilg’i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o’tkazish qoidalari" 1-ilovasida berilgan "Energetika tekshiruvlarini (energoaudit) o’tkazishning namunaviy dasturi"ga mosligi tekshiriladi.
Energiyani tejashda quyidagi vazifalar bajarilishi kerak:

  • davlat organlari va tashkilotlarida energiya resurslari iste’molining samaradorligini monitoring qilish;

  • davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo’yicha takliflarni tayyorlash;

  • davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;

  • davlat organlari va tashkilotlarining xarajatlarini maqbullashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxini pasaytirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va energiya resurslari uchun xarajatlarni qisqartirish hisobiga byudjet hamda o’z mablag’larini tejash;

  • foydalaniladigan energiya resurslari hajmini kamaytirishga qaratilgan texnik, texnologik, iqtisodiy va boshqa choralarni amalga oshirish.

Energetik auditor(lar):
а) Tashkilotdagi energiyadan foydalanishni kuzatib borishi va uni 5.4 – bandda berilgan ma’lumot bilan taqqoslashi;
б) Energiyadan foydalanish va iste’mol qilishni energetik audit ko’lami, chegarasi, audit maqsadlari va o’zaro kelishilgan uslublarga asosan tahlil qilishi;
в) Odatiy ish rejimi va foydalanuvchining xarakteri energetik natijaviylikka ta’sir qilishini tushinishi
г) Energetik natijaviylikni yaxshilashga olib keluvchi birlamchi g’oyalar, imkoniyatlar, ish jarayoniga kiritiladigan o’zgartirishlar yoki texnologiyalarni hosil qilishi;
д) Keyinchalik tahlil uchun qo’shimcha ma’lumotlar zarur bo’lgan joylar va jarayonlar ro’yxatini tuzishi
е) O’lchashlar, olib borilgan kuzatishlar va oldingi ma’lumotlar amaldagi ish faoliyatini aks ettirishini ta’minlashi;
Izohlar

    1. Inshootlar ikki yoki undan ko’p tartibda faoliyati ko’rsatishi mumkin misol uchun “kunduzgi”, “tunggi”, “kechki” yoki “dam olish kunlari”. Shuningdek faoliyatda mavsumiy farqlar bo’lishi mumkin, misol uchun oziq – ovqatni qayta ishlash korxonalarida.

    2. Kuzatishlar va o’lchashlar normal ish vaqtidan tashqarida, ishlab chiqarish to’xtatilgan davrlarda yoki ob – havo sharoitiga bog’liq ish hajmining o’zgarishi kutilmaganda olib borilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

ж) Taqdim etilgan tarixiy ma’lumotlar normal ish faoliyatini aks etirishini ta’minlashi;
з) Energetik audit mobaynida duch kelgan har qanday qiyinchliklar shu birga, ma’lumot va hujjatlardan foydalanishga ruxsat olish kabilar to’g’risida tashkilotni qisqa muddatda xabardor qilishi kerak.
Energetik auditor tashkilot bilan:
а) Talabga ko’ra, obyektlarga tashrifi davomida energetik auditorga obyektga kirishga ruxsat berish va unga yo’lboshchi sifatida va hamrohlik qilish uchun bir yoki bir nechta shaxslarning tayinlashini: agar zarur bo’lsa,
mazkur shaxslar uskunalar bilan va jarayonlarda to’g’ridan – to’g’ri ishlash yoki bunday ishni bajarishga bo’yruq berish uchun zarur malaka va boshqaruv huquqiga ega bo’lishi lozim;
б) Energetik auditni rejalashtirishdagi kelishuvga ko’ra, obyektga tashrif davomida ma’lumotlarni qayd qilib boruvchi vositalar va energiyadan foydalanishni kuzatib boruvchi uskunalar o’rnatishga ma’sul bir yoki bir necha shaxslarni tayinlashini: agar zarur bo’lsa, mazkur shaxslar uskunalar bilan va jarayonlarda to’g’ridan – to’g’ri ishlash yoki bunday ishni bajarishga bo’yruq berish uchun zarur malaka va boshqaruv huquqiga ega bo’lishi lozim;
в) Energetik auditorga tegishli hujjatlardan foydalanishga ruxsat berishini (ma’lumotlar yig’ish bo’yicha 5.4 bandga qaralsin);
Misol: Chizmalar, qo’llash uchun yo’riqnomalar va boshqa texnikaviy hujjatlar.
г) Energetik auditni rejalashtirish mobayidagi o’zaro kelishuvga muvofiq, ma’lumotlarni qayd qilib boruvchi vositalar va energiyadan foydalanishni kuzatib boruvchi uskunalar o’rnatishga ruxsat berishini kelishib olishi kerak. Agar tashkilot ushbu talablarni qondirolmasa, energetik auditning ko’lama qayta ko’rib chiqilishi zarur bo’ladi.

  1. Download 1,57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish