Muzeyshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, muzey ishi nazariyasi



Download 150,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.04.2022
Hajmi150,89 Kb.
#562400
  1   2   3
Bog'liq
МУЗЕЙ 1-мавзуу



MUZEYSHUNOSLIK FANINING PREDMETI, MAQSADI 
VA VAZIFALARI, MUZEY ISHI NAZARIYASI 
 
R e j a :
 
1
. F a n n i n g p r e d me t i .
2
. A s o s i y t u s h u n c h a l a r .
3
. M u z e y s h u n o s l i k u s l u b l a r i .
K i r i s h . Muzeyshunoslik — muzeylarning tarixi va ijtimoiy vazifalari, 
muzey ishining nazariyasi va metodikasi masalalarini urganuvchi fan xisoblanadi. 
Muzeyshunoslik muzey ishi nazariyasi, muzey ishi tarixi, muzey manbashunosligi, 
muzeishunoslikning 
ilmiy 
metodikasi 
kabi 
tarmoklarga 
bulinadi. 
Muzeyshunoslikda muzeylarning tabiat va jamiyatni urganish bilan uzviy bogtish 
bulgan manbalarni tuldirish, muzey buyumlarini ilmiy xujjatlashtirish, urganish va 
saklash:, ekspozitsiya va kurgazmalar tashkil etish, ilmiy — ma’rifatparvarlik 
faoliyati va boshkalarda namoyon buladigan sotsial funksiyalari ustida tadkikotlar 
olib boriladi. Shuningdek muzeylarni tuldirish, yodgorliklarni xisobga olish
saklash va restavratsiya qilishning ilmiy prinsiplarini urganadi. 
Muzeyshunoslik deganda odatda «muzey ishi xakidagi fan», «muzeylar 
xakidagi fan» yoki kiska kilib aytganda «muzey nazariyasi» tushuniladi. Lekin bu 
yuzaki tasavvur bulib, xozirgi kunda shu bilan kifoyalanib bulmaydi. Shunday 
ekan muzeyshunoslik tushunchasining xal kiluvchi aniklovchi belgisi va 
formulirokasini aniklash vazifasi paydo buladi. Yagona va xamma tan oladigan 
ilmiy ta’rif xozircha mavjud emas. Bunday murakkablik fakat muzeyshunoslikki 
xos bulmasdan, yangi paydo bulgan kuplab fanlarda xam mavjud. 
Muzeyshunoslik (kamida 16 asrdan boshlab) tajribalarni umumlashtirish va 
materiallarni tizimlashtirishning uzo^ yuli orkali uzining nazariy tizimini, uslubini 
va fanlar ichidagi uzining urnini aniklay boshladi. Lekin fakat keyingi un 
yilliklarda asosiy tushunchalarning shakllanishi, fanning umumiy nazariy 
elementlarining yaratilishi muzeishunoslikning rivojlanishini belgilab berdi. 
Muzeyshunoslikka oid adabiyotlarda ilmiy fan bо‘lgan muzeyshunoslik bir xilda 
tadqiq qilinmaydi. Kо‘plab mamlakatlarda muzeyshunoslikka mustaqil fan sifatida 
qaraladi, lekin uning xarakterli belgilarini aniqlashda ayrim tafovutlar
kelishmovchiliklar mavjud. 
Bundan tashqari ayrim mamlakatlardagi olimlar muzeyshunoslikning 
maxsus fan sifatida shakllanishi mumkinligini butunlay rad qilishadi. Shularga 
qaramasdan hozirgi kunda muzeyshunoslik muzeylarning Xalqaro Kengashi 
(IKOM) tomonidan tо‘la tan olindi. Shunday qilib, muzeyshunoslikka ta’rif 
beradigan bо‘lsak, Muzeyshunoslik — bu ijtimoiy fan bо‘lib, sotsial 
informatsiyalarni tо‘plash, saqlash jarayonlarini, bilimlarni va hissiyotni bilish va 
muzey predmetlari orqali yetkazib berishni, muzey ishini, ijtimoiy institut sifatida 
muzeyni, uning sotsial funksiyalarini va turli ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda 
ularning amalga oshirish formalarini о‘rganadi. 


Lekin о‘rganishning predmeti, о‘rganishning obyektidan farq qilib, doimo 
о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lishi kerak va ana shu о‘ziga xoslik mustaqil 
ilmiy fanning muxim belgisi hisoblanadi. Uni topish va loyihalash kerak bо‘ladi. 
Hozirgacha olib borilgan ilmiy izlanishlarga tayanib, muzeyshunoslikning 
predmetini quyidagicha belgilash mumkin: Muzeyshunoslikning predmeti — 
sotsial axborotlarni tо‘plash va saqlash jarayonlarining, bilimlarni, an’analarni, 
tasavvurlarni va hissiyotini anglash va muzey predmetlari orqali yetkazib 
berishning, muzeyning, muzey ishining paydo bо‘lishi, rivojlanishi va ijtimoiy 
doirasini о‘rganishdan iboratdir. 
Endi muzey predmeti tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Bu masalaga 
olimlar XVII asrdayoq aniqlik kiritishga harakat qilishgan. I. D. Mayorning 
urinishlari bunga misol bо‘la oladi. U muzeyda saqalanadigan predmetlarga real
tо‘la, haqqoniy, qudratli va uzoq vaqt saqlanadigan narsalar sifatida qaragan. 
XIX asrga kelib fanning ixtisoslashuvi shunga olib keldiki, muzeylarda 
saqlanayottan predmetlarga kо‘proq turli fanlarning manbalari sifatida san’at 
asarlari, tabiat parchalari sifatida qarala boshlandi. Bularning barchasini 
umumlashtiruvchi «kolleksion predmet» degan tushuncha paydo bо‘ldi. 
Hozirgi paytda muzey predmeti deganda asl nusxadagi hujjat axamiyatiga 
ega bо‘lgan va muzey sohasiga mos tushadigan inson faoliyatining natijasi yoki 
tabiat hayoti tushuniladi. 
Hozirgacha fan tо‘plagan ma’lumotlarga asoslanib muzey predmeti — bu 
real voqelikdan ajratib olingan, muzey ahamiyatiga ega bо‘lgan, muzey tо‘plamiga 
kiritilgan va uzoq vaqt saqlanishi mumkin bо‘lgan predmetdir. U ijtimoiy yoki 
tabiiy-ilmiy axborotlarni tashuvchi — bilimlar va ruxiy kechinmalarning asl 
manbai, madaniy — tarixiy boylik — milliy mulkning bir bо‘lagi xisoblanadi. 
Aytilganlardan xulosa qilib muzeyga quyidagicha ta’rif berish mumkin. 
Muzey — bu sotsial axborotlarning tarixan о‘zaro bog‘lovchi kо‘p funksiyali 
institut bо‘lib, madaniy — tarixiy va tabiiy — ilmiy boyliklarni saqlashga, 
axborotlarni tо‘plashga va muzey predmetlari orqali tarqatishga mо‘ljallangandir. 
Muzey turli jarayonlarni, tabiat va jamiyat hodisalarini xujjatlashtiradi, muzey 
predmetlarining kolleksiyasini tо‘ldiradi, saqlaydi, о‘rganadi, shuningdek 
ulardan ilmiy, tashviqotchilik va ma’rifiy — tarbiyaviy maqsadlarida 
foydalaniladi.

Download 150,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish