1-rasm. a, b, v
O`lchash vositalari va ularning turlari
Ma`lumki, o`o`lchashni biror bir vositasiz bajarib bo`lmaydi.
O`lchash vositasi deb o`lchashlar uchun qo`llaniladigan va me`yorlangan metrologik xossalarga ega bo`lgan texnikaviy vositaga aytiladi.
O`lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo`lishi mumkin. O`lchash vositalari me`yorlangan metrologik xossalarga ega bo`lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O`lchash amalida o`lchanayotgan kattalikning qiymati to`g`ri aniqlanishi aynan mana shu o`lchash vositasining to`g`ri tanlanishiga va ishlashiga bog`liq.
O`lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
o`lchovlar;
o`lchash asboblari;
o`lchash o`zgartkichlari;
o`lchash qurilmalari;
o`lchash tizimlari.
O`lchovlar - keng tarqalgan o`lchash vositalaridan hisoblanadi.
O`lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o`lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o`lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin.
O`lchovlarning ham turlari va xillari ko`p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o`lchovlar turkumiga kiritilgan.
Standart namuna - modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o`lchov sanaladi. Masalan, g`adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari.
Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo`ladigan va aniq xossalarga ega bo`lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va hokazolar. "Toza rux" 4200S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi.
O`lchovlar ko`p qiymatli (o`zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo`lingan chizg`ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o`lchash kolbasi, normal element) turlarga bo`linadi. Ba`zan o`lchovlar to`plamidan ham foydalaniladi.
Kattalikning o`lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz lozim bo`ladi:
Ishchi o`lchash vositalari, namunaviy o`lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni.
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o`lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo`linadi. Davlat etalonlari namunaviy o`lchov va asboblarni tekshirishda qo`llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |