23
a) b)
1.22-rasm.Metall ktistalining tuzilishi
Hamma erkin elektronlarning manfiy zaryadi
absolyut qiymati jihatidan
panjaraning hamma ionlari musbat zaryadi yigindisiga teng. Shu sababli odatdagi
sharoitda metall elektr jihatdan neytral bо‘ladi.Unda erkin elektronlar tartibsiz
harakat qiladi.
Ammo metallda elektr maydon hosil qilinsa, hamma
erkin elektronlar elektr
kuchlarning ta’siri yо‘nalishida harakat qila boshlaydi, metallda elektr toki vujudga
keladi.Bunda xam elektronlarning tartibsiz harakati,
xuddi shamol bir tomonga
uchirib ketayotgan chivinlar galasidagi chivinlarning tartibsiz harakati singari
albatta saqlanadi.
14
Shunday qilib, metallardagi elektr toki erkin elektronlarning tartibli
harakatidan iboratdir (1.23-rasm).
1.23-rasm. Metallardagi elektr toki erkin elektronlarining harakati
14
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 17-bet
24
О‘tkazgichda elektr maydon ta’siri ostidagi elektronlarning
harakat tezligi
uncha katta emas – atigi sekundiga bir necha millimetr, ba’zan undan xam kichik
bо‘ladi. Ammo о‘tkazgichda elektr maydon vujudga kelishi bilan bu maydon
yorug’likning vakuumdagi tezligi (300000km/s) ga yaqin juda katta tezlik bilan
butun о‘tkazgich bо‘ylab tarqaladi.
Elektr maydonning tarqalishi bilan bir vaqtda butun о‘tkazgich bо‘ylab
elektronlar bir yо‘nalishda harakatga keladi. Masalan: elektr lampa zanjiri ulansa,
lampa spiralidagi elektronlar xam tartibli harakatga keladi (1.24-rasm).
a) b)
1.24-rasm. Turli xil o’tkazish muhitlarida elektr
maydonning tarqalishi
Buni tushinib olish uchun elektr tokini suv quvuridagi suv oqimi bilan, elektr
maydonning tarqalishini esa, suv bosimining tarqalishi bilan solishtirish lozim
bo’ladi.
Suv quvur minorasiga kо‘tarilayotganda uning
bosimi butun suv quvuri
bо‘ylab juda tez tarqaladi. Suv quvuri jumragining ochganimizda suv bosim ostida
bо‘ladi va darxol jumrakdan okib chiqa boshlaydi. Jumrakdan unga kelib turgan
suv chiqa boshlaydi, ammo minoradagi suv jumrakka
ancha keyin yetib keladi,
chunki suvning harakat tezligi bosimning tarkalish tezligidan kichik.
15
15
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 15-bet.
25
О‘tkazgichda elektr tokining tarkalish tezligi tо‘g‘risida sо‘z borganda shu
о‘tkazgichda elektr maydonning tarkalish tezligi kuzda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: