1.3. Elektrotexnika materiallarining rivojlanish tendensiyasi
Hozirgi paytda fan va texnika rivojlangan, texnologik jarayonlar
takomillashgan bir vaqtda elektr texnika ham yangi bosqichlarga ko’tarilib, turli
xildagi materiallar ishlab chiqarilmoqda va o’zlashtirilmoqda. Ishlab
chiqarilayotgan elektr texnika materiallarining yangi xossalarga ega turlari ko’p
miqdorda tayyorlanmoqda. Yangi turdagi materiallarni yaratishga ularning fizik,
4
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 9-bet
15
kimyoviy va mexanik xossalarini chuqur o’rganish orqali erishilmoqda (1.10-
rasm).
5
1.10-rasm. Elektrotexnika materiallarining rivojlanishi
Elektr texnika uskunalarini loyihalash, ishlab chiqarish va tekshirishda
mutaxassis turli-tuman xossaga ega bo’lgan elektr texnika materiallari bilan
to’qnashadi. Bu materiallar elektr mashinasi va jihozlarida kuzatiladigan
elektromagnit jarayonida ishtirok etadi. Elektr texnika materiallaridan ma’lum
darajada elektr, mexanik va magnit xossalar talab etiladi (1.11-rasm).
1.11-rasm. Elektr texnika materiallari asosiy turlari
6
5
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States
of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 10-bet.
6
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 7-bet.
16
Elektr texnika materiallari asosan 4 turga - o’tkazgich, dielektrik, yarim
o’tkazgich va magnit materiallariga bo’linadi.
Elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr tokini havo va kabel orqali
uzatuvchi uzatgichlar bilan iste’molilarga yetkazib berishda o’tkazuvchi
materiallar ishlatiladi. Bu materiallar katta elektr o’tkazuvchanlikka ega sof
metallardan tayyorlanadi (1.12-rasm).
1.12-rasm. O’tkazgichlar
Agar metallarning qarshiligi katta bo’lishi talab etilsa, u holda metallar
aralashmasidan iborat qotishmalardan foydalaniladi.
Izolyatsion materiallar yoki dielektriklar apparat uskunalarda elektr toki
oqimini cheklash uchun ishlatilgani sababli, ular juda katta elektr qarshilikka ega
bo’lishi shart. Dielektrik sifatida juda ham ko’p turdagi organik va anorganik
materiallar qo’llaniladi. Bu materiallar gaz, suyuq va qattiq agregat holatda bo’lishi
mumkin (1.13-rasm).
7
a) b)
1.13-rasm. Dielektriklar
7
http://tek.prom.ua
17
Yarim o’tkazgichlar o’zining elektr o’tkazuvchanligi jihatidan o’tkazgich
bilan dielektrikl orasida joylashgan bo’lib, zamonaviy texnikada keng qo’llaniladi.
Materiallarda yarim o’tkazuvchanlik xossalari, ko’pincha, tayyor mahsulot olish
paytida hosil bo’ladi (1.14-rasm).
8
a) b)
1.14-rasm. Yarim o’tkazgichlar
Magnitli elektr texnika asbob-uskunalarida magnit oqimini hosil qilish yoki
o’tkazish maqsadida magnit materiallari qo’llaniladi.Bu materiallardan ma’lum
darajada magnit xossalari talab etiladi. Bu xususiyat temir yoki uning turli (nikelli,
kobaltli va hokazo) qotishmalarida mavjuddir (1.15-rasm).
1.15-rasm. Magnit materiallari
Elektr texnikaning rivojlanishi elektr texnika materiallariga bog’lig bo’lib, u
o’z navbatida yangi xossali materiallar ishlab chiqish kerakligini taqozo etadi.
Xossalari yaxshilangan, issiqqa chidamli izolyatsiya va magnit materiallari kichik
hajmli, yengil va ixcham elektr mashina va apparatlarni yaratish imkonini beradi.
8
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 12-bet
18
Yuqori ish haroratiga ega bo’lgan yangi turdagi dielektriklar aviatsiya, raketa
texnikasida va boshqa sohalarda ishlatilmoqda (1.16-rasm).
9
Do'stlaringiz bilan baham: |