Ixtisoslik fanlar: Neft sanoati va katalizi, neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi, maxsus suyuqliklar va moylar texnologiyasi, neft va gazni qayta ishlash jihozlari va uskunalari.
“Coaching” metodining mazmuni va o‘tkazish bosqichlari
“Couching” (trening) - interfaol ta’lim shakli bo‘lib, uning maqsadi kasbiy muloqotda shaxslararo va kasbiy xulq-atvor kompetensiyasini rivojlantirishdir. U o‘quv jarayonida o‘qituvchi va talabalar bilan individual shug‘ullanib, talabaning kasbiy salohiyatini ochib berish; suhbatlar orqali talabaning malakali mutaxassis bo‘lish maqsadiga erishishiga yordamlashish, shaxsiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqaruvchi ta’lim metodidir.
Bu metodni afzalligi shundaki, o‘quv jarayoniga barcha ta’lim oluvchilarni faol jalb etib, ularning ichki kasbiy xulq-atvor kompetensiyasini rivojlantiradi.
Treningni o‘tkazish uchun quyidagi talablar qo‘yiladi:
trening ishtirokchilarining soni ko‘pi bilan 15-20 kishi;
o‘quv auditoriyadagi o‘rindiqlar “o‘quv doirasi”da joylashgan bo‘lib, trening ishtirokchilari soniga teng bo‘ladi, Bunday holatda trening ishtirokchilarining faol o‘zaro hamkorligiga xizmat qiladi;
trening ishtirokchilarini mashg‘ulot boshlanishidan oldin maqsad va vazifalari bilan tanishtiriladi;
treningning birinchi darsida “tanishuv” mashqlarini o‘tkazish va guruhning ish qoidalari bo‘yicha “kelishuv” ni qabul qilish;
do‘stona ishonch muhitini yaratish va uni barcha treninglar davomida saqlab turish;
trening davomida barcha ishtirokchilarni faol faoliyatga jalb qilish;
treningning har bir ishtirokchisining fikrlarini hurmat qilish;
trening ishtirokchilarini rag‘batlantirish;
treningning har bir bosqichi bo‘yicha vaqt miyorlariga rioya etilishini ta’minlash;
trening yakunlari bo‘yicha uning natijalari umumlashtiriladi.
Sparring-partnership (ingliz tilidan, sparring) – bu metod orqali o‘qituvchi tomonidan tanlangan juftlik talabalar sinfdan tashqari mustaqil ishlarni tashkil etish, ishlab chiqarish amaliyotidagi oldindan belgilab qo‘yilgan vazifalarni hal qilishlari mumkin.
Sparring juftliklari sparring mashg‘ulotlariga yakka tartibda tayyorgarlik ko‘rishadi, ma’lum bir murakkablikdagi topshiriqlarni bajarishadi, ehtimol bir-birlarining mustaqil ravishda ishlab chiqilgan vazifalarini tayyorlaydilar.
O‘qituvchi sparring juftlik talabalarni aniqlaydi va ma’lum tajriba to‘plagandan keyin talabalar o‘zlarining sparring juftliklarini mustaqil tanlashlari mumkin. Sparring juftlikda har bir talabaning o‘zi rivojlanish darajasini, shuningdek, topshiriqlarni bajarish tezligi va amaliy sa’y - harakatlar darajasini belgilaydi.
Sparring mashg‘ulotidan so‘ng juftlik talabalar o‘z harakatlarini, o‘zlarining tayyorgarlik darajasini, o‘z harakatlaridagi kamchiliklar va ijobiy daqiqalarni tahlil qiladilar, kamchiliklarning sabablarini aniqlaydilar, tuzatish rejasini tuzadilar.
Guruh a’zolari nafaqat chuqur bilim oladi, balki mas’uliyat tuyg‘usi kabi qimmatli sifatni ham egallaydi. O‘quv predmeti qanchalik murakkab bo‘lsa, o‘quvchilarning sinfdan tashqari mustaqil ishlarini bunday tashkil etishdan foydalanish shunchalik muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |