Elektronika va avtomatika fakulteti «oliy matematika» kafedrasi «fanlar integratsiyasini ta



Download 313,11 Kb.
bet10/14
Sana05.06.2022
Hajmi313,11 Kb.
#639293
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O\'quv-uslubiy qo\'llanma

Ta’lim oluvchining o‘quv materialini o‘zlashtirish. O‘quv materialining o’zlashtirish o‘quv jarayonining eng muhim qismidir. O‘quv materialini yaxshi o’zlashtirilish ishlab chiqarish faoliyatida mustahkam fundament rolini o‘ynaydi.

  • O‘quv materialini samarali o‘zlashtirishning ichki sharoitlari. O‘quv materialini samarali o‘zlashtirish uchun eng avvalo ta’lim oluvchining ichki ehtiyoji bo‘lishi kerak. Ichki o‘zlashtirish o‘quv materialini ma’lum vaqtgacha ya’ni imtihongacha esda saqlanib, undan keyin esa esdan chiqadi. O‘zlashtirishning muvaffaqiyati ta’lim oluvchining faoliyatiga ham bog‘liq bo‘lib, ta’lim oluvchi berilayotgan materiallarga qiziqishi yuqori bo‘lsasa va o‘z ustida ishlasa o‘zlashtirishning eng yuqori cho‘qqisiga erishishi mumkin. O‘zlashtirishning ichki faktlaridan yana biri berilayotgan materialning mohiyatini ta’lim oluvchi tomonidan tushunishdir. Chunki ta’lim oluvchi mavzuni tushunmasa va mohiyatiga yetmasa, qanchalik o‘z ustida ishlasa ham oldingi mavzular bilan bog‘liq bo‘lmasa, mavzuning o‘zlashtirilishi juda sayoz bo‘ladi.

  • Qabul qilishning tashqi faktorlari. O‘quv materialini ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirishining muhim faktorlari asosan o‘quv materialining mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Uning qiyinligi shundaki, o‘quv materialida qo‘llaniladigan texnik materiallar aniq va abstraktligiga, amaliyotga bog‘liqligiga qarab farq qiladi.

  • Fikrlash. O‘quv materialini o‘zlashtirishning eng muhim komponenti bu yangi materialni o‘zlashtirgandan so‘ng fikrlash orqali xohlagan vaqtda uni nazariy va amaliy qo‘llay bilishdir. Ta’lim oluvchi o‘quv materiali bilan faol ishlaganda uni yaxshi fikrlash bilan amalda samarali qo‘llaydi.

  • Bilimlarni qo‘llashda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Bizga ma’lumki olingan bilimlarni amaliy faoliyat davomida qo‘llay olish, bilimlarni egallaganlik darajasini ko‘rsatadi. Nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilish, ya’ni fan bo‘yicha laboratoriya ishlarini bajarish davomida egallagan bilim va ko‘nikmalar asosida mustaqil uy vazifasini bajarish, bilimlarni mustaqil egallashdan iborat. Bu jarayonda bilimlar kengayib va mukammallashib, chuqur o‘zlashtirilgan bilimga aylanadi.

    Bo‘lajak muhandislarni o‘zining kasbiy faoliyatini boshlashda ular o‘z ustida mustaqil ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ta’lim olishning alohida turi hisoblanib, o‘z-o‘zini o‘qitish jarayoni ko‘proq ta’lim oluvchining zimmasiga yuklatiladi. Bu jarayonda ijtimoiy-psixologik shartlar quyidagilar hisoblanadi:

    • muhandislarning kasbiy malakasining yuqoriligi;

    • muhandislarning bilim darajasi jamiyatdagi mehnatning raqobatbardoshligini ko‘taradi;

    Hozirgi zamon yangi texnika va texnologiyalari hamda muhandislik faoliyati ishsizlikni keltirib chiqarib, ishsizlarni yangi mutaxassislik turiga qayta o‘qitishni taqoza etadi;

    • Dunyo iqtisodiyotining rivojlanishi mutaxassis kadrlar bilimining mukammallashib borishiga olib keladi.

    Biz tomonimizdan “5321300 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” yo‘nalishi bitiruvchilari muhandis-texnolog kasbi bo‘yicha o‘quv rejaga kiritilgan maxsus va umumkasbiy fanlarining mazmuni tahlil qilib chiqilganda, bizga shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorlash maqsadida kiritilgan fanlar talabalarning kasbiy kompetentliklarini har tomonlama takomillashtirishga qaratilgan. Ushbu fanlar mazmunida O‘zbekiston Respublikasida neft va gaz sanoatiining rivojlanish bosqichlari va bu sanoatni yuksaltirish muammolari, yangi zamonaviy texnikalarni va texnologiyalarni tuzilishi va ishlash prinsipi xaqida ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarni amalda qo‘llash ishlab chiqarish amaliyotlarida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish amaliyotlari talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish va kelajakdagi kasbi haqida tasavvurlarni uyg‘otishda muhim o‘rin tutadi.
    Ishlab chiqarish amaliyotlari nazariy ta’lim jarayonida o‘rganilgan umumkasbiy, maxsus bilimlar yoki tayanch kompetensiyalar asosida ish usullari va operasiyalarini amaliy bajarish bo‘yicha kasbiy kompetentlikni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.
    Malakali muhandislarni oliy ta’lim muassasalarida tayyorlash jarayonidagi muhim jarayon ishlab chiqarish amaliyoti hisoblanib, bu jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Talabalarga o‘quv labaratoriya xonalarida, ishlab chiqarish sharoitida (korxonalar, qurilishlarda, jamoa ko‘nikmalarida va boshqalarda) va bitiruv ishlab chiqarish amaliyoti bosqichlari mavjud. Har bosqichdagi ishlab chiqarish amaliyoti uchun dasturlar mavjud bo‘lib bu dasturlarda ishlab chiqarish muddatlari, hajmi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
    1. Agar o‘quv labaratoriya xonalarida ishlab chiqarish amaliyotining asosiy vazifasi talabalarni bo‘lajak kasbi bo‘yicha tanishtirish, ish joylari bilan tanishtirish, jixozlar bilan tanishtirish bilan birga talabalar bu bosqichda murakkab bo‘lmagan boshlang‘ich mehnat usullarini, ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishni, ularni mustahkamlashni hamda mustaqil ish bajarish yo‘llarini ishlab chiqarish ta’limi muhandis-o‘qituvchi rahbarligida amalga oshiradi.
    2. Ishlab chiqarish amaliyoti ta’limini amalga oshirish ancha murakkab bosqich bo‘lib, bu davrda talabalar o‘quv labaratoriya ustaxonalarida olgan bilim bilan malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirishadi. Yangi jixozlar bilan tanishadi. Ilg‘or ish tajribalar bilan tanishadi va talabalarga mo‘ljallangan ish normalari asosida mustaqil ish bajarishadi. Natijada, ular mehnat jamoasi an’analariga hurmat, o‘z-o‘ziga ishonch, jamiyat oldidagi burch hamda o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbat, fikrlash kabi xislatlar shakllanib boradi. Bu bosqichda talabalar faoliyatiga ishlab chiqarish korxonasining ilg‘or mataxassislari baho berishadi. Amaliyot rahbari esa ular bilan hamkorlikda talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti dasturi materiallarining bajarilishini kuzatib boradi.
    3. Uning yakunlovchi bosqich-bu bitiruv oldi ishlab chiqarish amaliyoti bo‘lib, bu bosqichda talabalar o‘z kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlashadi, zamonaviy texnika jihozlar, qurilmalar, uskunalar va moslamalar bilan tanishadi hamda ularnig ishlash prinsipi haqidagi bilimlarga ega bo‘lishadi. Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida bo‘lajak muhandislarining mutaxassis sifatida ishlab chiqarishda ma’lum darajadagi aniq ishlarni bajarishlari, uskunalarga xizmat ko‘rsatish, talab darajasida ish bajarishadi va amalga oshirishadi.
    “5321300 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha muhandis-texnolog kasbi bo‘yicha o‘quv rejaga ishlab chiqarish amaliyotini fan va texnikaning rivojlanishi uning yutuqlarini mamlakat iqtisodga tadbiq etilishi talabalarning olayotgan bilimlarining salmog‘i va talabalar saviyasini oshirishni taqozo etadi. Bularning barchasi yangi ish joylarini tashkil etish, O‘zbekistonda neft va gaz sohasidagi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va sanoatning asosiy kuchi shu muammolarni hal qilishga haratilgan. Respublikamiz neft va gaz sanoatida faoliyat yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashda ishlab chiharish amaliyotlari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, talabalarni texnika yangiliklari bilan tanishtirish va oliy ta’limda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash orqali kasbiy kompetentlikni shakllantirishga imkon beradi.
    Ishlab chiqarish amaliyoti kasbiy loyiha faoliyatida professional ko‘nikmalar va kasbiy tajriba orttirishga qaratilgan.
    Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadlari quyidagilardan iborat:

    • talabaning tashkilot faoliyatida bevosita ishtirok etishi orqali auditoriya mashg‘ulotlari, o‘quv amaliyotlari davomida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash;

    • talaba tomonidan kasbiy kompetensiya, ko‘nikma va malakalarni egallash;

    • talaba yakuniy malakaviy ishini yozish uchun kerakli materiallarni to‘plash.

    Ishlab chiqarish amaliyotining muhim maqsadi talabani kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va shaxsiy kompetensiyalarni egallash uchun korxona (tashkilot)ning ijtimoiy muhiti bilan tanishtirishdir.
    Ishlab chiqarish amaliyoti davrida o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarni egallagan bo‘lishlari lozim:
    Kasbiy faoliyatda kasbiy ko‘nikmalar va kasbiy tajribaga ega bo‘lish bilan bog‘liq ishlab chiqarish amaliyotining maqsadlari:
    korxona yoki tashkilot tomonidan foydalaniladigan loyihalash metodologiyasini, ushbu faoliyat turida amaldagi sifat menejmenti tizimini o‘rganish;
    Ushbu faoliyat turida tajriba orttirish uchun loyihani ishlab chiqish bosqichlarida ishtirok etish.
    Talabalarni ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlashda ta’lim metodlarini tanlashga alohida e’tibor qaratish kerak. Buning uchun o‘quv rejadagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridagi mavzularning qiyinlik darajasi, amaliyotga kerak bo‘ladigan maxsus bilimlar, fan bloklariga ajratilgan vaqt hajmi, amaliyotni o‘tkazish joyi va ta’lim oluvchilarning soni ham albatta e’tiborga olinishi lozim.
    Ta’lim jarayoni elementlaridan biri bo‘lgan ta’lim metodlariga to‘xtalib o‘tsak va “metod” so‘ziga ta’rif beramiz.
    Metod – (grekcha «Metodos» so‘zidan olingan bo‘lib, izlanish yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot ma’nosini anglatadi) aniq vazifani yechishga bo‘ysundirilgan, borliqni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish operatsiyalarining yoki yo‘llarining yig‘indisi.
    Metod – ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan yo‘llar yig‘indisi.
    Ta’limda uchta passiv, aktiv va interaktiv ta’lim metodi qo‘llaniladi.
    Passiv metod – bu talabalar va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bir shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi darsning asosiy ishtirokchisi va boshqaruvchisi, talabalar esa o‘qituvchining ko‘rsatmalariga rioya qilgan holda passiv tinglovchilar sifatida ishlaydi. Passiv darslarda o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi muloqot so‘rovlar, mustaqil, nazorat ishlari, testlar orqali amalga oshiriladi. Passiv metod eng samarasiz deb hisoblanib, shunga qaramay, u ham ba’zi afzalliklarga egadir. Bu o‘qituvchi tomonidan darsga nisbatan oson tayyorgarlik va darsning cheklangan vaqt oralig‘ida nisbatan katta hajmdagi o‘quv materialini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lishidir. Ushbu afzalliklarni hisobga olgan holda, ko‘plab o‘qituvchilar boshqa metodlardan passiv metodlarni afzal ko‘radilar. Agar talabalar mavzuni puxta o‘rganish uchun aniq maqsadga ega bo‘lsa bu hollarda ushbu metod tajribali o‘qituvchining qo‘lida muvaffaqiyatli ishlaydi.
    Aktiv metod – bu o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bir shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi va talabalar dars davomida bir-biri bilan muloqot qiladi va bu yerda talabalar passiv tinglovchilar emas, balki darsning faol ishtirokchilari bo‘ladi. Agar passiv darsda darsning bosh qahramoni va boshqaruvchisi o‘qituvchi bo‘lsa, bu yerda o‘qituvchi va talabalar teng huquqli bo‘ladilar. Agar passiv metod avtoritar o‘zaro ta’sir uslubini nazarda tutgan bo’lsa, aktiv metodlar ko‘proq demokratik uslubni nazarda tutadi. Ko‘pchilik aktiv va interaktiv metodlar o‘rtasida farqni ajratmaydilar, ammo umumiylikka qaramasdan ular farq qiladi.
    Interfaol metod – bu aktiv metodlardan farqli o‘laroq, interfaol metodlar talabalarning nafaqat o‘qituvchi bilan, balki bir-birlari bilan ham kengroq o‘zaro munosabatlariga va o‘quv jarayonida talabalar faolligining ustunligiga qaratilgan. Interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni dars maqsadiga erishish uchun o‘quvchilar faoliyatining yo‘nalishiga qaratiladi. O‘qituvchi shuningdek, dars rejasini ishlab chiqadi (odatda bu interfaol mashqlar va topshiriqlar bo‘lib, ular davomida talaba materialni o‘rganadi).
    Binobarin, interfaol darslarning asosiy tarkibiy qismlari talabalar tomonidan bajariladigan interfaol mashqlar va topshiriqlardir. Interfaol mashqlar va topshiriqlarning oddiylardan muhim farqi shundaki, ularni bajarish orqali talabalar nafaqat o‘rganilgan materialni mustahkamlaydilar, balki yangisini ham o‘rganadilar.

    Yuqorida keltirilgan metodlar talabalarning faollik darajasi bilan farqlanadi. Masalan, ishlab chiqarish ta’limida passiv ta’lim metodlari yaxshi samara bermaydi. Aksincha aktiv va interfaol ta’lim metodlari orqali tashkil etilgan mashg‘ulotlar, turli o‘yinlar orqali ta’lim berish ta’lim oluvchilarda qiziqishni ortishiga va o‘zaro raqobat muhitini shakllantirishga yordam beradi.
    Ishlab chiqarish ta’limini tashkil etishda yuqoridagi metodlarning har birini afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Ma’lum bir metodni tanlashda asosiy mezon - har bir ta’lim oluvchining o‘quv maqsadlariga erishishida uning qay darajada samarali ekanligiga bog‘liqdir.
    Tadqiqotni olib borish jarayonida biz rivojlangan xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqarish amaliyotlarida yangi ish joyiga moslashish, amaliyotda ish jarayoniga bo‘lgan motivasiyani oshirish, kasbiy kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan, xorijiy davlatlarda bo‘lajak muhandislarning raqobatbardoshliligini ta’minlashda keng qo‘llaniladigan “Coachinga”, “Sparring-partnership”, “Imitation games” innovatsion ta’lim metodlarini umukasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish orqali ishlab chiqarish amaliyotiga tadbiq etdik. Shuningdek talabalarni ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorlash uchun “Neft va gaz mahsulotlarini zamonaviy tahlil qilish usullari” ixtisoslik fanidan “Optik tahlil usullari. Fotokolorimetrik tahlil usullari” mavzusi bo‘yicha texnologiyasi ishlab chiqildi.
    Neft va gaz mahsulotlarini zamonaviy tahlil qilish usullari” fanidan integratsiyasi ta’minlangan fan dasturi asosida o‘tiladigan amaliy mashg‘ulot ishlanmasi.

    Download 313,11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish