Ma’lumki, о‘lchashni biror bir vositasiz bajarib bо‘lmaydi.
О‘lchash vositasi deb о‘lchashlar uchun qо‘llaniladigan va meyorlangan metrologik xossalarga ega bо‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi.
О‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bо‘lishi mumkin. О‘lchash vositalari meyorlangan metrologik xosalarga ega bо‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. О‘lchash amalida о‘lchanayotgan kattalikning qiymati tо‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu о‘lchash vositasining tо‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq.
О‘lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
о‘lchovlar;
о‘lchash asboblari;
о‘lchash о‘zgartkichlari; * о‘lchash qurilmalari; * о‘lchash tizimlari.
О‘lchovlar - keng tarqalgan о‘lchash vositalaridan hisoblanadi.
О‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan о‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni о‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin.
О‘lchovlarning ham turlari va xillari kо‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham о‘lchovlar turkumiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |