Mavzu: O‟lchash vositalari.
Reja:
1. O‟lchash vositalarining turlari.
2. Etalonlar va ularning tabaqalanishi.
1. O‘lchash vositalarining turlari
Ma‟lumki, o„lchashni biror bir vositasiz bajarib bo„lmaydi.
O„lchash vositalarining turlari xilma – xil. Ular sodda yoki murakkab,
aniqligi katta yoki kichik bo„lishi mumkin. O„lchash vositalari me‟yorlangan
metrologik xossalarga ega bo„lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy
ravishda tekshirilib turiladi. O„lchash amalida o„lchanayotgan kattalikning qiymati
to„g„ri aniqlanishi aynan mana shu o„lchash vositasining to„g„ri tanlanishiga va
ishlashiga bog„liq.
O„lchash vositalarining turlari quyidagi sxemada ifodalangan (1 – rasm).