Muntazam xatolik deb umumiy xatolikning takroriy о‘lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bо‘ladigan, saqlanadigan yoki о‘zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi.
Umumiy xatolikni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:
Bunda:
m – muntazam xatolik
t – tasodifiy xatolik
q – qо‘pol xatolik
Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bо‘lib, tahlil va tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin bо‘ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi:
Uslubiy xatoliklar;
Asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar; Subyektiv xatoliklar.
О‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy xatolik kelib chiqadi.
О‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining notо‘g‘ri graduirovkalanishi
(darajalanishi), qо‘zg‘aluvchan qismning notо‘g‘ri mahkamlanishi va hokazolar. Subyektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |