Takrorlash uchun savollar.
1. SI birliklar tizimi haqida sо‘zlab bering. 2. О‘lchash birliklariga qо‘shimchalar deganda nimani tushunasiz?
3. О‘lchash birliklarini yozishda nimalarga e’tibor berish lozim?
4- Ma’ruza. О‘lchashlarning usullari va turlari. О‘lchash vositalari va ularning turlari. Reja.
О‘lchashlarning usullari va turlari.
О‘lchash vositalari va ularning turlari.
Tayanch sо‘zlar: о‘lchash obyekti, о‘lchash usuli, о‘lchash vositasi, о‘lchov, о‘lchash asbobi.
О‘lchashlarning usullari va turlari
Kattalikning sonli qiymatini odatda о‘lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
О‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki.
unda о‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan, miqdori bilan о‘zaro solishtiriladi.
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, о‘lchash bu har xil kattaliklar tо‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan - о‘lchash jarayonida о‘lchanadigan kattalikning о‘lchov birligi ishlatilishidir. Demak, о‘lchashdan maqsad, о‘lchanadigan kattalik bilan uning о‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir. YA’ni, о‘lchash jarayonida о‘lchashdan kо‘zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik, bu shunday asosiy kattalikki, uni aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maksadi xisoblanadi va о‘lchash obyekti ishtirok etadi. О‘lchash obyekti (о‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida о‘lchanadigan kattalik solishtiriladi.
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; о‘lchash, о‘lchash jarayoni va о‘lchash usuli.
О‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar tо‘g‘risida informatsiya qabul qilish, о‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qо‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.
О‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini о‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bо‘lmasin).
О‘lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, о‘lchash vositalari yordamida va eksperiment о‘tkazishning aniq yо‘li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir.
О‘lchash odatda о‘lchashdan kо‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita о‘lchash obyekti (о‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. О‘lchash jarayeni yordamida esa shu о‘lchash obyekti tо‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik kayta ishlash yо‘li bilan о‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (о‘lchash natijasi) olinadi.
О‘lchash natijasi - о‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini о‘lchash birligiga kо‘paytmasi tariqasida ifodalanadi.
X=n[x], bu yerda X — о‘lchanadigan kattalik n — о‘lchanayotgan kattalikning kabul kilingan о‘lchov birligidagi son kiymati; [x] — о‘lchash birligi
О‘lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan о‘lchash natijalari о‘tkazmasdan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. Shuning uchun, keyingi paytlarda, ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda о‘lchash haqidagi tushuncha quyidagicha ta’riflanadi.
О‘lchash — bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va о‘zgartirish jarayonidir. Bundan kо‘zda tutilgan maqsad shu о‘lchanayotgan kattalikning ishlatish, о‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay formadagi ifodasini ishlab chiqishdir.
О‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k.
О‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yо‘llari) mavjuddir. Quyida shu yо‘llar bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |