Bevosita о‘lchash - О‘lchanayotgan kattalikning qiymatini tajriba ma’lumotlaridan bevosita topish. Masalan, oddiy simobli termometrda yoki lineyka yordamida о‘lchash. u = s x;
Bunda: u - muayyan birlikda ifodalanyotgan о‘lchanayotgan kattalikning qiymati; s - shkalaning bо‘lim qiymati; x - shkaladan olingan qaydnoma.
Bilvosita о‘lchash- Bevosita о‘lchangan kattaliklar bilan о‘lchanayotgan kattalik orasida bо‘lgan ma’lum bog‘lanish asosida katalikning qiymatini topish.. Masalan, tezlikni о‘lchash. u = f (x1 x2 ...xn).
Majmuiy о‘lchash - Bir necha nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtta bevosita о‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni topish. Masalan, har xil tarozi toshlarining massasini solishtirib, bir toshning ma’lum massasidan boshqasining massasini topish uchun о‘tkaziladigan о‘lchashlar, xarorati qarshilik termometri orqali о‘lchash
Birgalikdagi о‘lchash - Turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi munosabatni topish uchun bir vaqtda о‘tkaziladigan о‘lchashlar. Misol, rezistorning 200S dagi elektr qarshiligi qiymatini turli temperaturalarda о‘lchab topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |