ΔPT ─ tiristordagi quvvat isroflari, nT ─ sxemadagi tiristorlarning umumiy soni.
Boshqaruv zanjirlaridagi, oʻz ehtiyojlaridagi, himoya zanjirlaridagi quvvat isroflari moslashtiruvchi transformatorning nominal quvvat ulushlariga yaqin taxminan aniqlanadi:
(8.7)
Foydali ish koeffitsientini boshqaruv burchagining αnach=37,4O, αkon=85,4O va Id=(0,2…1,2) Idn qiymatlarida
Hisob-kitoblarning ma’lumotlarini 8.1 tablitsaga kiritamiz.
FIK grafigini qurish uchun hisob-kitob ma’lumotlari. 8.1 tablitsa.
Id, A
|
ΔPT, Vt
|
ΔPVS, Vt
|
ΔPu, Vt
|
ƩΔP, Vt
|
α=αnach=37,4 O
|
α=αkon=85,4O
|
η, %
|
η, %
|
15,92
|
260,61
|
40,63
|
400
|
701,24
|
0,83
|
0,52
|
31,84
|
292,45
|
81,95
|
400
|
774,41
|
0,89
|
0,65
|
47,76
|
345,51
|
123,98
|
400
|
869,49
|
0,92
|
0,71
|
63,68
|
419,79
|
166,69
|
400
|
986,49
|
0,93
|
0,74
|
79,60
|
515,31
|
210,13
|
400
|
1125,43
|
0,94
|
0,75
|
95,52
|
632,035
|
254,25
|
400
|
1286,28
|
0,94
|
0,76
|
Hisob-kitoblar asosida boshqaruv burchagining boshlang‘ich (αnach) va oxirgi (αkon) burchaklariga asoslanib, yuklama tokiga bog‘liq holda FIK egri chiziqlarini quramiz (8.1 rasm).
8.1 rasm. Oʻzgartgichning FIK egri chiziqlari η = f(Id)
8.3 Quvvat koeffitsienti
Quvvat koeffitsienti χ umumiy holatda tarmoqdan i ste’mol qilinatgan aktiv quvvat P ning toʻla quvvat S ga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin:
qaysiki (8.8)
Q ─ oʻzgartgich tomonidan reaktiv quvvatning iste’mol qilinishi.
Aktiv quvvat yuklamaga beriladigan, oʻzgartgichning elementlaridagi isroflar bilan va formula boʻyicha hisoblanadi:
(8.9)
Oʻzgartgich tomonidan iste’mol qilinadigan reaktiv quvvatning miqdori ikkita tashkil etuvchidan tuziladi:
Q = Q0 + QV qaysiki (8.10)
Q0 ─ moslashtiruvchi transformator tomonidan iste’mol qilingan reaktiv quvvat,
qaysiki (8.11)
QV ─ ventilь sxemasi tomonidan iste’mol qilingan reaktiv quvvat,
m2 ─ transformator ikkilamchi chulg‘amining fazalari soni,
Ixx ─ transformatorning salt yurish toki.
Ventilь sxemasi tomonidan iste’mol qilinadigan reaktiv quvvat uning quvvat koeffitsienti χV orqali aniqlanishi mumkin:
(8.12)
Toʻg‘rilagich uchun, xuddi boshqa har qanday nosinusoidal toklar bilan ishlaydigan elektr qurilmasi kabi quvvat koeffitsienti χV buzilish (iskajenie) koeffitsienti Ki va oʻzgartgich boshlang‘ich toki siljishi cos φ1 -ning koʻpaytmasi bilan aniqlanadi:
χV = Ki cos φ1 (8.13)
Ki=3/ π, cosφ1=cosα─uch fazali koʻpriksimon simmetrik sxema uchun [L. 9]
; .
Quvvat koeffitsientini boshqaruv burchagining αnach=37,4O, αkon=85,4O va Id=(0,2…1,2) Idn qiymatlarida aniqlaymiz. Ud kuchlanishini tashqi xarakteristika (4.1 rasm) orqali aniqlaymiz.
Hisob-kitob ma’lumotlarini 8.2 tablitsaga kiritamiz. 8.2 tablitsa.
Id, A
|
QT , VAr
|
α=α nach = 37,4o
|
α=α kon = 85,4o
|
|
|
QB , VAr
|
χ , %
|
QB , VAr
|
χ , %
|
15,92
|
2035,95
|
5168,44
|
0,618
|
6490,12
|
0,218
|
31,84
|
2143,79
|
8377,52
|
0,665
|
10850,02
|
0,202
|
47,76
|
2323,53
|
11627,23
|
0,682
|
15091,22
|
0,196
|
63,68
|
2575,16
|
14917,58
|
0,690
|
19191,32
|
0,193
|
79,60
|
2898,68
|
18248,57
|
0,694
|
23172,03
|
0,192
|
95,52
|
3294,11
|
21620,19
|
0,697
|
27024,27
|
0,192
|
Hisob-kitoblar natijalari boʻyicha boshqaruv burchagining boshlang‘ich va oxirgi rostlash burchaklarida yuklama tokiga bog‘liq holda kuvvat koeffitsienti egri chiziqlarini quramiz (8.2 rasm).
8.2 rasm. Oʻzgartgich kuvvat koeffitsientining egri chiziqlari χ=f(Id).
9. Oʻzgartgichni boshqarish tizimsini ishlab chiqish
9.1. Boshqaruvchi impulslar parametrlarini va almashuv ekvivalent sxemani aniqlash
Tiristorni yopiq holatdan ochiq holatga oʻtkazish uchun uning boshqaruv elektrodiga boshqaruvchi tok impulsi berish lozim boʻladi. Bu boshqaruvchi tok impulsi aniq sathga, shaklga va davomlilikka ega boʻlishi va bunda boshqaruvchi elektrodda isrofning miqdori ruxsat berilgan quvvat miqdoridan ortmasligi shart. Koʻp hollarda tiristorlarni ulash tik frontli va yetarlicha amplitudali tok impulьslari bilan amalga oshiriladi. Bunda tiristorlarning ochilish burchagi aniq belgilanishi, koʻp fazali yuklamada tok simmetriyasi, anod toki oʻsishi katta tezligiga tiristorlarning turg‘unligi ta’minlanadi.
Ayrim tiristorlarning ulanish vaqti impulьslarning bir xil parametrlarida ham turlicha boʻlishi mumkin. Zamonaviy tiristorlarda ulanish vaqtining asosiy tashkil etuvchisi ─ boshqaruv toki amplitudasining IU M =1,5…2 A va di/dt=1…1,5 A/mks qiymatlarida kechiktirish vaqti turli tiristorlar uchun amalda bir xil va eng minimal, bu holda ulanishning minimal vaqti va uning (tiristorlarning ulanish vaqtlari boʻyicha) minimal farqlari ta’minlanadi.
Boshqarish impulsining talab etilgan davomliligi ulanishning kechiktirilish vaqtiga, oʻzgartgich qurilmasining sxemasi va yuklama xarakteriga bog‘liq boʻladi. Impulьsning oqib oʻtishi vaqti ichida yuklamaning induktivligini hisobga olgan holda tiristor ulanish tokiga erishishi shart. Noreversiv elektr yuritmalarning oʻzgartgich qurilmalarida front davomliligi 3…4 mks boʻlgan impulьs davomliligi ty=300..500 mks ta’minlanishi shart. Reversiv elektr yuritmalar uchun boshqa bir xil sharoitlarda har bir impulьsning davomliligi 500…800 mks-ga teng. Uch fazali koʻprik sxemali oʻzgartgichlarda har bir tiristor uchun davr ichida bir-biridan 60 elektr gradus farq bilan birin-ketin ikkita impulьsni shakllantirish zarur boʻladi.
Boshqarish sxemasini hisoblash vaqtida salt yurish kuchlanishi Uxx va boshqaruv manbaining ichki qarshiligi rBH aniqlanadi. SHunda toʻg‘riburchakli impulьsning talab etilgan parametrlari ta’minlanadi (9.1 rasm). Zarur kattaliklar tiristor boshqaruvchi elektrodining volьt-amper xarakteristikalari boʻyicha aniqlanadi, bu xarakteristikalar kataloglarda keltiriladi.
Tiristor boshqaruvchi elektrodining texnik shartlarga mos keladigan volьt-amper xarakteristikalari A va B egri chiziqlari bilan cheklangan. Bu egri chiziqlar boshqaruvchi elektrodning ruxsat etilgan maksimal va minimal kirish qarshiliklarida aniqlangan.
Tiristor boshqaruvchi elektrodining volьt-amper xarakteristikala-rida toʻg‘ri tok IU MAX-ning, ty ning turlicha davomliligida va trapetseidal shakldagi impulьslarning chuqurligi Ku da boshqaruvchi elektrodning impulьsli toʻg‘ri kuchlanishi UU MAX va boshqaruvchi elektroddagi ruxsat etilgan quvvat isroflarining maksimal egri chiziqlari koʻrsatilgan.
Boshqarish tizimsi parametrlarini aniqlash uchun tiristor boshqaruvchi elektrodining volьt-amper xarakteristikalarida qoʻshimcha tarzda ochuvchi tok IU0 va boshqaruvchi kuchlanish UU0ga mos chiziqlarni chizish zarur. Bu chiziqlar va ordinata oʻqlari bilan chegaralangan zona (9.2 rasmda shtrixlangan maydon) kafolatlanmagan ochuvchi soha hisoblanadi.
9.1 rasm. Tiristorni boshqarish ekvivalent sxemasi
9.2 rasm. Tiristor boshqaruvchi elektrodining volьt-amper xarakteristikasi va yuklamaning chegaraviy chiziqlari
UXX kuchlanishi va RBH qarshiligi shunday tanlanishi lozimki, oziqlantirish manbaining yuklama chizig‘i boshqaruvchi impulьslarning qabul qilingan chuqurligi (skvajnostь)da ekspluatatsiyada mumkin boʻlgan UXX kuchlanishi va RBH qarshiligining hisoblangan qiymatlaridan chetlanishlarining barchasida kafolatlanmagan ochish sohasini va maksimal ruxsat etilgan isroflar quvvati giprerbolasini kesib oʻtmasin.
UXX kuchlanishining mumkin boʻlgan chetlanishlari oziqlantirish manbaining ruxsat etilgan tebranishlari bilan aniqlanadi, RBH qarshiligi esa uning nominal qiymatdan ruxsat etilgan qiymatlari va muhit harorati tebranishlari bilan aniqlanadi.
Odatda oziqlantirish manbai nisbatan kichik ichki qarshilikka ega, shuning uchun boshqaruv tokini cheklash uchun boshqaruv elektrodi bilan ketma-ket ravishda qoʻshimcha qarshilik ulash maqsadga muvofiqdir, bu qarshilikka shartli ravishda ichki qarshilik sifatida qarash mumkin. RBH qarshiligiga yana birlashtiruvchi simlar qarshiligini kiritish mumkin.
RXXMAX kuchlanishining minimal qiymatiga va RBHMAX qarshiligi maksimal qiymatiga mos keluvchi yuklama chizig‘i ─ 2 kafolatlanmagan ochish sohasini kesib oʻtmasligi, chegaraviy hollarda esa faqat urinma boʻlishi mumkin. UXX kuchlanishiga va RBHMIN minimal qarshiligiga mos keluvchi yuklama chizig‘i ─ 1 tanlangan tU1 davomlilik uchun va impulьsning KU1 chuqurligi (skvajnostь) uchun ruxsat etilgan isroflar quvvati PU1 chizig‘ini kesib oʻtmasligi, faqat unga urinma boʻlishi mumkin (D nuqta). Oziqlantirish manbaining salt yurish kuchlanishi ─ UXX yuklama toʻg‘ri chizig‘i 1 va ordinata oʻqi bilan kesishgan nuqtadagi kuchlanishga teng deb qabul qilinadi, bu holatda quyidagi shart bajarilishi shart:
Yuklama chizig‘i 1-ga mos keluvchi RBHMIN minimal qarshiligi kuyidagi formula bilan topiladi
Boshqaruvning oziqlantiruvchi manbaining tanlangan parametrlari quyidagi ifoda bilan tekshiriladi:
.
Ya’ni, yuklama chizig‘i kafolatlanmagan ochish sohasini kesib oʻtmasin.
9.2. Impuls-faza boshqaruv tizimi elektr sxemasini ishlab chiqish
Hozirgi vaqtda tiristorlarni boshqaruvchi impuls-faza boshqaruv tizimlari asosan vertikal tipda tapyyorlanadi. UKE-L-3101 elektr yuritmasining boshqaruv sxemasidan foydalanamiz (2 ilova).
Impuls-faza boshqaruv tizimsi uzluksiz boshqaruvchi signal UUPRni kuch tiristorlarini boshqaruvchi toʻg‘riburchakli impulьslar ketma-ketligiga oʻzgartirish uchun moʻljallangan. Bu impulьslarning kengligi yetarli darajada katta va oʻnlab elektr gradusgacha yetishi mumkin. Ularni kichik gabaritli mohiyatan oʻchiruvchi impulьs transformatori orqali, uni yuqori chastotali toʻldiruvchi qoʻllaniladi, bu koʻrilayotgan qurilmalarda 20...50 kGts chastotali impulьslar bilan toʻldiriladi. Uch fazali koʻprik sxemali boshqaruv uchun yana bitta qobiliyatni koʻzda tutish kerak. Bu sxemaning ishlash qobiliyatini barcha mumkin boʻlgan rejimlarda ta’minlash uchun har bir tiristorning boshqaruvchi elektrodiga davr ichida 60 elektr gradusga siljigan ikkita boshqaruv impulsi uzatish kerak. Bayon qilinganiga mos ravishda uch fazali koʻpriksimon toʻg‘rilagichning boshqaruvchi kuchlanishlari 9.5 rasmda koʻrsatilganidek koʻrinishga ega boʻladi. Mazkur diagrammani realizatsiya qilish uchun quyidagi ish algoritmi taklif etilishi mumkin: birinchi impulьs oʻz kanalida shakllantiriladi, ikkinchisi esa boshqa guruh tiristori kanalidan olinadi fazalar ishlashi boʻyicha ilgarigi guruh (anod guruhi yoki katod guruhi).
UKE-L-3101-da ─ turli guruhlar (anod va katod guruhi)dagi uchta aynan bir xil faza-boshqaruv bloklari (BFU)dan bittasida bir fazadagi ikkita tiristorlar uchun boshqaruvchi impulьslar shakllantiriladi. BFUning struktura sxemasi 9.3 rasmda keltirilgan. BFU oʻz ichida quyidagi funktsional uzellardan tuzilgan:
─ sinxronizatsiya uzeli (Sinxr),
─ yoyish signali generatori (arrasimon kuchlanish generatori) ─ GPN,
─ integral rostlagich (struktura sxemasida koʻrsatilmagan),
─ komparator (Komp),
─ davomlilikni shakllantiruvchi (FD),
─ taqsimlagichlar (Raspr),
─ chiqish impulьslarini kuchaytirgich-shakllantiruvchi (UF).
9.3 rasm. BFU-ning struktura sxemasi
BFU-ning elektr printsipial sxemasi boshqariluvchi ventilning elektr
sxemasida keltirilgan.
V2...V6, R2 elementlarda tayyorlangan sinxronizatsiya uzeli ruxsat beruvchi va sinxronizatsiya impulьslarini shakllantirish uchun moʻljallangan. Sinxronizatsiya uzelining turlicha nuqtalaridagi vaqt diagrammalari 9.4 rasmda keltirilgan. Sinxronlashtiruvchi sinusoidal kuchlanish USINXR R1-R7-R8-C4 filьtr bilan 30 elektr gradusga siljitiladi (UC4) va V2...V4 tranzistorlari yordamida davomiyligi 180 elektr gradusdan kattaroq toʻg‘riburchakli qarshi fazali impulьslarga aylantiriladi. V3 va V4 tranzistorlarning kollektorlaridan D1 mikrosxemaning 5 va 9 kirishlariga mantiqiy bir (ruxsat beruvchi) impulsi uzatiladi, ularning funktsiyasiga qarshi fazali tirstorlar uchun boshqarish impulьslarini taqsimlashni amalga oshirish ham kiradi. S4 kondensatoridagi sinxronlashtiruvchi kuchlangishning nolь orqali oʻtish momentida V3...V4 tranzistorlari bir vaqtda yopiq holatda boʻladi, va «E6» nuqtada 4...5 elektr gradus (400 mks) davomlilikdagi sinxronlashtiruvchi impulьslarni shakllantirilishini kuzatish mumkin. Bu impulьslarninng davomliligi tranzistorlarning ochilish ostonasi (chegarasi) bilan aniqlanadi. Sinxronlashtiruvchi impulьslar bilan integratorning «nolь holatga oʻtishi» (V1 kalit yordamida S6 kondensatorining razryadlanishi), sinxroimpulьsning oʻtishi davrida komparatorni blokirovka qilish va boshlang‘ich holatga keltirish va V15 kalit orqali S8 kondensatorini razryadlash amalga oshiriladi.
CHiqish impulьslarini taqsimlagich D1 mikrosxemasining I-NE elementlarida bajarilgan (tayyorlangan). Mikrosxemaning 4-5 yoki 9-10 kirishlarida ikkita mantiqiy «1» (FD-dan boshqarish va ruxsat beruvchi impulsi) toʻg‘ri kelib qolganida 6 yoki 8 chiqishida mantiqiy «0»ga mos signal shakllanadi. Bu signal bilan V14 yoki V13 tranzistorlar (kuchaytirgich-shakllantiruvchi UF-1 va UF-2)ning bittasi ochiladi va boshqarish impulьslari blok chiqishiga tushadi.
Tranzistorlardan tashqari mantiqiy «0» signali blokning 1 va 4 chiqishlariga ham tushadi va keyin BFU-ning boshqa fazalarning chiqish impulьslarini kuchaytirgich-shakllantiruvchilari ─ UF-larga tushadi, UF-da 60 elektr gradusga siljigan ikkinchi impulьs shakllantiriladi.
9.5 rasm. BFU nazorat nuqtalaridagi kuchlanishlarning vaqt diagrammalari
Arrasimon kuchlanish yoyish signali generatori A1 operatsion kuchaytirgichda tayyorlangan. Integrallovchi S6 kondensatorining razryadlanishi sinxronlashtiruvchi impulьsning ta’sir vaqti ichida V1 tranzistor orqali amalga oshadi. Tranzistor V1 bu momentgacha R3 rezistori orqali bazaga berilgan manfiy kuchlanish (ruscha smeщenie) bilan yopiq holatda boʻladi.
CHiziqli ortayotgan R14 va R15 rezistorlardagi taqsimlagichdan olinayotgan yoyuvchi signalning boshqaruv kuchlanishi ustidan ortib ketishi momentlarida komparator (mikrosxema A2) kirish signalining ishorasi oʻzgaradi, u (komparator) oʻz holatini sakrab oʻzgartiradi ─ salbiy toʻyinishdan musbat toʻyinishga oʻtadi (9.5 rasmda UE8). Rezistor R16 va diod V9 orqali musbat teskari aloqa A2 kuchaytirgichni shu holatda navbatdagi sinxronizatsiya impulsining kelguniga kadar ushlab turadi.
Komparator holatining oʻzgarishi S8 kondensatorining qayta zaryadlanishiga va V17 tranzistorining ochilishiga (Mantiqiy «0»ning shakllanishiga olib keladi ─ 9.2.3 rasm, UE11) olib keladi. Bunda D1 mikrosxemaning 3 va 11 chiqishida mantiqiy «1» signali shakllanadi, uning davomliligi V11 va V12 diodlarning katodlarida nolь potentsialining yoʻqligida R17-C8 zanjirning parametrlari va V17 tranzistorning bazasiga berilayotgan siljituvchi kuchlanish kattaligi bilan aniqlanadi. Impulьs davomliligi kattaligi R28 rezistori bilan rostlanadi. S8, V17, R17, C8 elementlari boshqaruvchi impulьs davomliligini shakllantirishga tegishli.
SHakllangan impulьs D1 mikrosxemaning 4 va 10 kirishlariga tushadi va sinxronizatsiya uzelining ruxsat beruvchi signali bilan mos kelganida V13 yoki V14 chiqish tranzistorlarining bittasi orqali blok chiqishiga oʻtadi (vыxod 3 yoki 2). V13 va V14 tranzistorlarining oziqlantirish kuchlanishi UP 20...50 kGts chastotali toʻg‘riburchakli impulьslar boʻlgani uchun, unda boshqarish blokining chiqish impulьslari ham yuqori chastotali toʻldiruvchiga ega. 60 elektr gradus siljitilgan ikkinchi chiqish impulsi BFU boshqa faza tiristorlarining tegishli tranzistori (V13 yoki V14) bazasiga kelayotgan signallar shakllanadi.
Integral rostlagich (A1-S3) va V10-R6 elementlardagi teskari bog‘lanish zanjiri UUPR boshqaruv signaliga mos ravishda tiristorlarni boshqarish burchagini stabilizatsiyalash uchun moʻljallangan. Komparatorning chiqishidagi boshqarish burchagiga proportsional kuchlanish teskari bog‘lanish signali sifatida foydalaniladi. SHakllantirilgan boshqaruv impulьslari kuch blokiga tushadi, UKE-L-3101 qurilmasi uchun kuch blokining printsipial sxemasi 9 rasmda keltirilgan. Kuch bloki (BS)ning tarkibiy qismi boʻlib A1 bloki ─ quvvat kuchaytirgichlar va impulьsli transformatorlar bloki xizmat qiladi. BFUdan Upr.V1...Upr.V6 signallari orqali boshqariladigan quvvat kuchaytirgichlari (V2, V6, V8, V12, V14, V18 tranzistorlari) BS tiristorlarini talab etilgan amplitudali boshqaruv impulьslari shakllantirish uchun moʻljallangan. T1...T6 impulьsli transformatorlari kuch zanjirlari va boshqaruv zanjirlarini galьvanik ajratishni ta’minlaylar.
Xulosa
Sanoatda tiristorli boshqariluvchi toʻg‘rilagichlar negizida qurilgan tarmoqdan yetaklanuvchi noreversiv oʻzgarmas tok oʻzgartgichlarining keng tarqalishi kuzatilmoqda. Ularning eng koʻp qoʻllanilishi uchraydigan soha ─ oʻzgarmas tok yuritmalari, ular oqimli liniyalar va turli ishlab chiqarishlarda ayrim mashinalar tezlik rejimlarini boshqarish uchun moʻljallangan. Oʻzgartgichlar tezlik yoki dvigatelning EYuK-si boʻyicha oʻzgarmas tok noreversiv elektr yuritmalarini qurish imkoniyatini ta’minlaydi.
Oʻzgartgichlar tiristorlarini boshqarish impulьs-faza boshqaruv tizimsi (SIFU) orqali amalga oshiriladi. SIFU oʻzgartgich qurilmasi ventillarining boshqaruv elektrodlariga uzatiladigan impulьslarning aniq shakli va davomliligi, impulьslarni fazalar boʻyicha taqsimlash va uzatish momentini oʻzgartirishga qodir impulьslarni generatsiyalash va shakllantirish uchun moʻljallangan. Hozirgi vaqtda turli qurilmalarning SIFU-larini unifikatsiyalashga intilish, moyillik koʻrinmoqda. Ayniqsa buni UKE-L-3101 va EKL-3102 tipidagi elektr yuritmalarni boshqarish qurilmalari misolida kuzatish mumkin.
EKL-3102 elektr yuritmasi (elektr yuritma komplekti yengil sanoat uchun, nominal 115 va 230 V toʻg‘rilangan kuchlanishga moʻljallangan noreversiv, statik oʻzgartgichlar bilan) poligrafik, tekstilь va yengil sanoat ayrim mashinalari va liniyalarini boshqaradi, egiluvchan material (gazlama, iplar, kimyoviy tolalar)ni transportirovkasi va ishlov berish chog‘ida belgilangan tarangligini ta’minlaydi.
Ilovalar
S1 ÷ S3 – MBGCH-1 4 mkF x 500 V
QF 1 ÷ QF 2 – A3711B 160 A
TV 1 – TS-25/0,66 380 / 220 V
R 1 ÷ R 6 – MLT-2 16 Om
S4 ÷ S9 – K78-6 0,68 mkF x 630 V
M1 – P72 =220 V, 14 kVt, 1000 ob/min
VS 1 ÷ VS 6 – T161-160-5
Rostlash xarakteristikasi Uda = f(a)
Faza boshqaruv blokining printsipial elektr sxemasi
Tashqi (yuklama) xarakteristika Ud =f(Id )
Impulьslarning vaqt diagrammalari
Oʻta yuklama xarakteristikasi Id prg = f(t)
«Avtomatlashtirilgan elektromexanik tizimlar» fanidan kurs ishini bajarish uchun, har bir talaba, oʻzining guruh jurnalidagi tartib raqami boʻyicha topshiriqni oladi. Shu olingan topshiriq varianti boʻyicha hisob – kitob ishlarini bajarib, olingan natijalar boʻyicha kurs ishida berilgan barcha bog‘lanishlar grafiklarini qurib, xarakteristikalarini hisoblab chiqib jadvallarni toʻldiradilar. SHunga asoslanib barcha holatlar uchun chizmalarini chizib, qoralama holatida oʻqituvchiga koʻrsatib oladi. Bu vazifalarni bajarib boʻlgandan bog‘lanishlar grafigi va xarakteristikalarni A4 formatga tartibi boʻyicha chizib komissiya oldida gapirib himoya qilib topshiradilar.
Asosiy adabiyotlar
1. Imomnazarov A.T. Sanoat korxonalari va fuqarolik binolarining elektr jihozlari ─ T.: «Ilm ziyo», 2006. ─ 185 b.
2. Valeriy Vodovozov «Introduktion» to power enginering, Ist edition Bookboon. London, 2010. ─ 112 p.
3. Vodovozov V. Electric Drive Systems and Operation Bookboon. London, 2011. ─ 113 p.
4. Хошимов О.О., Имомназаров А.Т. Электромеханик қурилма ва мажмуаларнинг элементлари. ─ Т.: «ЎАЖБНТ» маркази. 2003. ─ 124 б.
5. Imomnazarov A.T. Elektromexanik tizimlarning elementlari. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. ─ Т.: «Ta’lim», 2009. ─ 155 b.
6. Тельманова Е.Д. Электрические и электронные аппараты:учебное пособие / Тельманова Е.Д.; “Рос. Гос.проф. -пед.ун-т.” -2-е изд.перераб.и допю – Екатеринбург: Изд-во ГОУ ВПО “Рос. Гос.проф. -пед.ун-т”,2010.-131с.
7. Попков О.З. Основы преобразовательной техники: учеб.пособие для вузов / 3-е изд.,стереот.-М. : Издательство дом МЭИ,2010.-200с.
8. А.Ю.Чернышев,Ю.Н.Дементьев.Электропривод переменного тока.Томск 2011.-213стр.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президентининг лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. ─ Т.: «Ўзбекистон» НМИУ, 2016. ─ 56 б.
2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш ─ юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимидаги маъруза. 2016 йил 7 декабрь. ─Т.: «Ўзбекистон» НМИУ, 2016. ─ 48 б.
3. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. ─ Т.: «Ўзбекистон» НМИУ, 2016. ─ 488 б.
Intеrnеt saytlari
1.www.gov.uz ─ Ўзбекистон Республикаси ҳукумат портали.
2.www.lex.uz ─ Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси.
3.http://www.tchti.ru
4.http://www.karexim.mck.ru
~ ~
Do'stlaringiz bilan baham: |