2. Kurs ishini bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar va ularni
tahlil qilish…………………………………………………………….........5
3. Oʻzgartgichni sovutish shartlari………………………………………....6
4. Yuklamaning hisoblangan toki……………………………………...…7
5. Yuklama zanjirining parametrlari…………………………………….…..7
6. Moslashtiruvchi transformator yoki cheklovchi reaktorni tanlash……….8
7. Toʻg‘rilagichning tarmoq bilan bog‘lanish koʻrinishini tanlash.................9
8. Moslashtiruvchi transformatorni tanlash va tekshirish………………..10
9. Rostlash tavsifini hisoblash……………………………………………11
10. Yuklamaning zarur induktivligi……………………………………...12
11. Boshqariluvchi toʻg‘rilagichning tashqi tavsiflarini qurish…………..13
12. Ishchi va avariya rejimlarini hisoblash…………………………….…14
13. Oʻzgartgichning ishchi rejimi………………………………………...15
14. Oʻzgartgichning avariya rejimi………………………………………16
15. Kuch oʻzgartgich ventillarini tanlash va tekshirish…………………….17
16. Diod va tiristorlarni avval tanlash va hisoblash……………………...17
17. Faza yarim oʻtkazgichli qurilmalarini tekshirish……………………….18
18. Oʻzgartgichning tok boʻyicha ruxsat beriladigan oʻta yuklanishlarini……
hisoblash……………………………………………………………….…19
19. Toʻg‘rilagichning apparatlari va himoya elementlarini tanlash……….20
20. Oʻta yuklanish avariya yuklanishlaridan avtomatik oʻchirgichlar………
bilan himoyalash………………………………………………………….21
21. Eruvchan saqlagichlar bilan himoya.......................................................22
22. Ventillarni oʻta kuchlanishlardan himoyalash………………………….23
23. Ventillarni toʻg‘ri tokning katta tezlikda oʻsishidan himoyalash………24
24. Oʻzgartgichning energetik tavsiflari……………………………….…25
25. Foydali ish koeffitsienti...........................................................................26
26. Quvvat koeffitsienti…………………………………………………..27
27. Oʻzgartgichni boshqarish tizimini ishlab chiqish………………………28
28. Boshqaruvchi impulьslar parametrlari va oʻrinbosar sxemani aniqlas.29
29. SIFU elektr sxemasini ishlab chiqish………………………………...34
30. Xulosa………………………………………………………………...38
31. Ilova…………………………………………………………….….39
32. Adabiyotlar……………………………………………………….…..44
Kirish Oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka oʻzgartirish bugungi kunda elektr energiyasini oʻzgartirishning eng koʻp tarqalgan koʻrinishi hisoblanadi. Yarim oʻtkazgichli boshqariluvchi toʻg‘rilagichlar sanoatning turli sohalarida keng qoʻllanilmoqda:
─ temir yoʻl transportida,
─ rangli metallurgiya va kimyo sanoatida elektroliz qurilmalarida,
─ yirik elektr generatorlarining uyg‘otish tizimlarida,
─ turli katta quvvatli oʻzgarmas tok elektr yuritmalarini ishga tushirishda,
─ tortish podstantsiyalari va magistralь elektrovozlar va boshqalarda ishlatiladi.
Sxemalar va yuklamalar turlicha boʻlgani bilan ushbu oʻzgartgichlar sinfida hisoblash metodikasi bir xil va boshqariluvchi toʻg‘rilagich bitta komplekti elementlarini tanlash va hisoblash bilan yakunlanadi.
«Avtomatlashtirilgan elektrmexanik tizimlar» fanini oʻrganish jarayonida quyidagi masalalar hal qilib boriladi:
─ sxemalarining xususiyatlarini oʻrganish, elektr ta’minoti sistemasida ishlovchi qurilmadarning umumiy xarakteristikasini oʻrganish, elementlarning asosiy parametrlarini va ish rejimini hisoblash;
─ apparatlarni texnik ekspluatatsiya qilish saboqlarini olish va avtomatik boshqaruv sistemalarning ishlab chiqaruvchanligini orttiruvchi AEA xizmat muddatini oshirish tadbirlarini oʻrganish va bu masalalarni hal qilishda kontaktsiz va yarim oʻtkazgichli apparatlardan foydalanish;
─ turli AEA bilan ta’minlangan elektr ta’minoti sistemasini oʻrganish.
Ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizmlarning mehnat unumdorligini oshirish va sifatli mahsulot ishlab chiqarish ushbu sanoat qurilmalarining avtomatlashganlik darajasiga bevosita bog‘liqdir. Sanoat qurilmalarining avtomatlashganlik darajasi bu qurilmalarning zamonaviy va energetik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan texnika vositalari bilan jixozlanishi bilan belgilanadi. Sanoat qurilmalari ishchi organlarini harakatlantiruvchi va ularni boshqaruvchi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining asosini elektromexanik tizimlar (AEMT) tashkil etadi va uning asosini boshqariluvchi oʻzgartkichlar, ya’ni ta’minot manbalari tashkil etadi.
Ma’lumki zamonaviy oʻzgarmas va oʻzgaruvchan boshqariluvchi oʻzgartkichlar, ya’ni ta’minot manbalarining kuch sxemalari yarim oʻtkazgichli asboblardan yaratilib, ularni boshqarish mikrosxemalarda amalga oshiriladi. Fanning oldiga qoʻyilgan asosiy vazifalardan biri talabalarga yarim oʻtkazgichlar toʻg‘risida nazariy ma’lumotlar berish bilan bir qatorda AEMTlarda qoʻllaniladigan yarim oʻtkazgichli ta’minot manbalari kuch sxemalarining ishlash asoslari, ularning turlari, qoʻllanish sohalari va shuningdek boshqaruv tizimlari tuzilishining asoslari, ishlash printsiplari va asosiy tavsiflari toʻg‘risida yetarli nazariy va amaliy ma’lumotlar berishdan iborat.
«Avtomatlashtirilgan elektromexanik tizimlar» fanidan kurs ishini bajarish uchun, har bir talaba, oʻzi kurs ishini tanlash xuquqiga ega. Shu olingan topshiriq varianti boʻyicha hisob – kitob ishlarini bajarib, olingan natijalar boʻyicha kurs ishida berilgan barcha bog‘lanishlar grafiklarini qurib, xarakteristikalarini hisoblab chiqib jadvallarni toʻldiradilar. Shunga asoslanib barcha holatlar uchun chizmalarini chizib, himoya paytida foydalanishlari mumkin. Bu vazifalarni bajarib boʻlgandan bog‘lanishlar grafigi va xarakteristikalarni A4 formatga tartibi boʻyicha chizib kafedra tomonidan tasdiqlangan komissiya oldida gapirib himoya qilib topshiradilar.
Tushintirish xatining mazmuni
Tushintirish xatida 1.-jadvalda keltirilgan bo`limlar bo`lishi shart. Talaba kurs ishi rahbarining takliflari asosida tushintirish xatining tarkibiga qo`shimcha bo`limlar kiritilishi mumkin.