2.2 Moslashtiruvchi transformatorni tanlash va tekshirish
Transformatorning gabarit quvvati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
ST = Ks KvU2 Id 10 ─ 3, bunda (2.4)
Ks=1,045 ─ uch fazali koʻprikli simmetrik sxema uchun transformatorning namunali quvvati. ST=1,045∙2,34∙108,1∙79,6∙10─3=21,041 kVA.
Quyidagi shartlarga mos keladigan uch fazali transformatorni tanlaymiz:
1) SHT ≥ ST, ST = 21,041 (kVA);
2) U1yu = USL, USL = 380 (V);
3) U2H ≥√3U2f, √3U2f=√3108,1=187,234 (V);
4) I2H ≥ I2f, bunda
SHT ─ transformatorning nominal quvvati;
U1yu ─ birlamchi chulg‘am kuchlanishi;
USL ─ liniya kuchlanishi;
U2yu ─ ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi;
U2f─ faza kuchlanishi;
I2H ─ ikkilamchi chulg‘am toki;
TS-25/0,66 tipidagi transformatorni tanlaymiz, uning texnik ma’lumotlari:
SHT=25 kVA, U1yu=380 V, U2H=205 V, ΔRxx=180 Vt – salt yurish isroflari,
ΔRqt=560 Vt – qisqa tutashuv isroflari, Uqt=4,5% ─ qisqa tutashuv kuchlanishi, Isyu=5% ─ salt yurish toki.
Transformatorning ikkilamchi chulg‘amidagi nominal tok quyidagi formula bilan hisoblanadi:
, (2.5)
bunda m2=3─ikkilamchi chulg‘am fazalari soni, Ksx=√3 uch fazali sxemalar uchun sxema koeffitsienti.
.
Tanlangan transformatorni shartlar boʻyicha tekshiramiz:
1) SHT=25 kVA≥ST=21,041 kVA ─ shart bajarildi;
2) U1H=380 V=USL=380 V – shart bajarildi;
3) U2H=205 V≥√3U2f=187,234 V ─ shart bajarildi;
4) I2H=70,41 A≥I2f=68,118 A ─ shart bajarildi.
Barcha shartlar bajarildi, demak transformator tipini uzil-kesil tanlaymiz ─ TS-25/0,66.
Transformatorni tanlash va tekshirgandan keyin uning ikkilamchi kuchlanishga keltirilgan parametrlari─induktiv Xt va aktiv Rt qarshiliklarini va transformatsiya koeffitsienti Kt ni aniqlaymiz:
(2.6) (2.7) (2.8)
ΔRkz ─ transformatordagi qisqa tutashuv isroflari.
Moslashtiruvchi transformatordan foydalanilganda esa kelgusi hisob-kitoblarda toʻg‘rilagichga ikkilamchi chulg‘am tomonidan hosil qilinadigan nominal kuchlanish U2=U2H= 205 V ulanishi hisobga olinishini e’tiborga olish lozim.
3. Sozlash tavsifnomasini hisob-kitob qilish
Sozlash tavsifnomasi ─ bu transformator chiqish kuchlanishining tahliliy yoki grafik koʻrinishida boshqarish burchagiga bog‘liqligi. Tavsifnomani qurish uchun boshlang‘ich sifatida oʻzgartgichning ish rejimi va ventilь sxemasiga keltirilgan U2 kuchlanish xizmat qiladi.
Hisoblangan rejim sifatida aktiv-induktiv yuklamada ishlagandagi uzluksiz toklar rejimi tushuniladi. Sozlash tavsifnomasi toʻg‘rilagichdagi va toʻg‘rilangan kuchlanish zanjiridagi kuchlanish tushuvi.
Oʻzgartgichda boshqarish burchagi α=0 boʻlgandagi toʻg‘rilangan kuchlanish qiymati quyidagicha aniqlanadi: (3.1)
Aktiv-induktiv yuklamaga ishlaganda uch fazali boshqariluvchi simmetrik koʻprikli toʻg‘rilagichning sozlash tavsifi uzluksiz toklar rejimida (3.1 rasm) quyidagi koʻrinishda boʻladi: Udα=Udo∙Cosα (3.2)
Do'stlaringiz bilan baham: |