2.1.1-rasm
Sinxron detektorlash usuli yordamida o’tish spektrini qayd
qiluvchi eksperimental qurilma: 1 – galogen lampa; 2 – modulyator; 3 – kondesor;
4 – reshetkali monoxromator МДР-23; 5 – namuna joylashtiriladigan kyuveta
bo’limi; 7 – fotoelektron ko’paytirgich ФЭУ-79; 8 – sinxron detektor УПИ-1; 9 –
kompyuter; 10 – nakal lampa; 11 – fotodiod; 12 – ostsilograf С1-74.
2.1.2- rasmda qaytarish spektrini sinxron detektorlash usuli yordamida qayd
qiluvchi eksperimental qurilmasining tasviri keltirilgan. Modulyatsiyalovchi diskli
modulyator (2), uzluksiz nurlanish manbaasi galogen lampa (1) dan chiqqan
yorug’lik nurlanishi linza (3) yordamida xar xil burchakka buriladigan maxsus
qurilmaga joylashtirilgan (xatoligi 1º gacha bo’lgan) optik nurtola(4)ning bir
tomoniga kiritiladi va nurtolaning ikkinchi tomoni na’muna(5)ning bir tomoniga 1-
2 mm yaqinlikda namunadan o’tkazish uchun o’rnatiladi va namunadan qaytgan
yorug’lik ikkinchi optik nurtola(6) orqali reshetkali monoxromator МДР-23 (8)
ning kirish sheliga fokuslovchi kondensor linza (7) orqali yo’naltiriladi.
Monoxromatorning chiqish shelidan chiqqan kuchsiz yorug’lik nurlanishi
fotoelktron ko’paytirgich ФЭУ-79 (9) yordamida qayd qilinadi. Bu qurilmada ham
fotoqabulqilgichdan chiqqan elektr signali sinxron detektor УПИ-1 (10)ning
kirishiga beriladi va kompyuterda joylashtirilgan analog va raqamli aylantirgichli
va monoxramatorni to’lqin uzunligi bo’yicha boshqaruvchi interfeys (14)da o’tish
spektri inensivligi to’lqin uzunligiga moslashtirilib yoziladi. Sinxron detektori
26
uchun sinxron tayanch signali fotodiod (11) ga nakalli lampa (12) ning yorug’ligini
yuqorida keltirilgan modulyator disklari orqali yuborish yo’li bilan 1V kuchlanish
qiymatida xosil qilinadi chunki biz ishlatayotgan sinxron detektorning tayanch
signalining kirish kuchlanishi 1V atrofida. Qaytarish va o’tish spektrlari
signalining parametrlari (chastotasi, amplitudasi, davomiyligi va h.k.) ostsillograf
C1-74 (13) bilan nazorat qilinadi [25].
2.1.2.-rasm Sinxron detektorlash usuli yordamida namunalarning qytarish spektrini
qayd qiluvchi eksperimental qurilma sxemasi: 1 – nurlanish manbayi galogen
lampa; 2 – modulyator; 3 –nurtolaga yorug’lik nurini kiritish linzasi ; 4 – optik
nurtola; 5 – na’muna; 6 – nurtola; 7 – kondesor; 8 - reshetkali monoxromator
МДР-23; 9 – fotoelektron ko’paytirgich ФЭУ-79; 10 – signalni qayd qiluvchi
sinxron detektor УПИ-1; 11 – fotodiod; 12 – nakal lampa; 13 – ostsilograf С1-74;
14 - kompyuter.
Bunday sinxron detektorlash, yuqori (10
-9
V tartibidagi) sezgirlikni va
qaytarish spektrini qayd qilishdagi katta yo’qotishni keng dinamik diapozondagi
o’lchash kuchaytirishini ta’minlaydi.
Bu usulning mavjudligi shum va xalaqit beruvchilarni yo’qotishning
effektivligini oshiradi, keng spectral sohada yutilish koeffitsentining xar xil tàshkil
etuvchisini suyq va qattiq na’munalarda o’lchash imkoniyatini yaratadi. Bu
27
eksperimental qurilmaning spectral sohasi 200-1800 nm yutilish koeffitsentini
o’lchash sohasi esa 0.1-4.5 sm
-1
.
Demak, qaytqrish va o’tish spektrlarini o’lchashda qurilma sezgirligini
oshirishga, signal/shun munosabatini oshirishga va yutilish koeffitsentini
o’lchashning dinamik sohasini oshirishga sinxron detektorlash usulini qo’llash
yordam beradi.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |