O‘zbekistonda OTM o‘qituvchilarining elektron portfoliosi yaratiladi
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda. Yaqin kelajakda har bir o‘qituvchining elektron portfoliosi yaratiladi, deya xabar beradi O’zbekistan today nashri.
“Portfolio” deganda shaxsiy yutuqlarni qayd etish, yig‘ib borish va baholash uslubi nazarda tutilmoqda. Bu atama san’at sohasi mutaxassislari uchun avvaldan tanish; masalan, ko‘plab rassomlar o‘z asarlarining portfoliosini yaratishadi. Yuksak texnologiyalar asrida esa dizayner, fotorassom, modellik va reklama agentliklari kabilarning portfoliolari internetga joylanmoqda. Bu ular tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning xaridorgir bo‘lishiga yordam beradi. Portfolioni ta’lim tizimida qo‘llash g‘oyasi o‘tgan asrning 80-yillarida AQShda paydo bo‘lgan, keyin bu usul Yevropa va Yaponiyada ham ommalashlgan. Bugungi kunda MDH mamlakatlari pedagogika tizimiga ham mazkur tushuncha kirib kelmoqda. O‘zbekiston ta’lim tizimiga elektron portfolioni joriy etish tashabbusini Oliy ta’lim tizimidagi pedagogik va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha bosh ilmiy-metodik markaz ko‘tarib chiqdi. Mazkur Markaz bo‘lim boshlig‘i Shavqiddin Adashboyevning izoh berishicha, o‘qituvchilarning portfoliosini yaratish oliy ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishning ajralmas tarkibiy qismidir.
Ushbu o‘ziga xos “elektron kundalik” o‘qituvchini o‘z malakasini doimo oshirib borishga undaydi. Portfoliolar Oliy ta’lim tizimidagi pedagogik va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha bosh ilmiy-metodik markazda yaratiladi va uning serverida saqlanadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, talaba va yosh kadrlarining milliy elektron portfoliolar saqlanmalarini yaratish Respublikaning nafaqat iqtisodiyoti, shuningdek ijtmoiy-siyosiy hayotida ham muhim o’rin tutadi. Chunki, ushbu tizim hozirda jahonda ommalashayotgan «Elektron hukumat» va «biopassport» kabi sohalarning Respublikamizdagi rivoji uchun dastlabki poydevor vazifasini bajarishi mumkin
«Elektron portfel» mazmunini dasturiy-metodik majmua bilan to‘ldirishda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishning muhim yo‘nalishlaridan biri o‘qitishda kompyuter vositalari: elektron o‘quv qo‘llanmalari; kompyuterli test topshiriqlari; multimediyali taqdimot va ta’limiy dasturlardan foydalanish bo‘lib hisoblanadi. «Elektron portfel»ning eng muhim qismi bo‘lgan kompyuterda amalga oshiriladigan ta’limiy vositalarga, ta’lim jarayonini tashkil etishda, fanlarning (psixologiya, pedagogika, informatika va boshqa) so‘nggi yutuqlari asosida qurilgan, pedagog kasbiy faoliyati funksiyasining bir qismini amalga oshiruvchi va ta-labalar bilimlari mazmun-mohiyatini anglash faoliyatlarini interaktiv boshqaruvchi asosiy didaktik talablarga javob beradigan o‘quv (ta’limiy) dasturlar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, agar har bir OTM o‘qituvchisi yaxlit elektron portfelga ega bo‘lib, barcha muhim materiallarni jamlasa, ta’lim jarayonini tashkil etishda ahamiyatli bo‘lgan didaktik samaradorlikka erishish mumkin. Bundan tashqari, pedagog o‘zining elektron portfelidan mustaqil foydalanishi ham, boshqa o‘qituvchilarning va IT-texnologiyalari mutaxassislarining eng yaxshi ishlanmalaridan foydalanishlari ham mumkin. Shu tariqa, elektron portfelni yaratish va mazmun bilan uni to‘ldirish vaqtida, har bir OTM o‘qituvchisi kasbiy mahorati o‘sishiga, kompyuter vositasida o‘qitishga hamda o‘z fani bo‘yicha bilim darajasini takomillashtirishga erishadi.
Foydalanilgan internet resurslar
http://uz.infocom.uz/2013/11/20/oqituvchi-elektron-portfoliosi-tuzilmasi-va-pedagogik-texnologiyalar/
https://www.google.co.uz/search?q=pedagogik+portfolio&sa
http://jlmt.uz/portfolio-imkoniyat-izlash/
https://www.piamg.uz/uz/jamiyat-haqida/umumiy-malumotlar/?sv=0
https://znanio.ru/media/taqdimot_yaratishning_dasturiy_taminoti-38124/46156
Do'stlaringiz bilan baham: |