Elektron portfoliolar yaratish usul va vositalari
Reja:
Portfolio haqida tushuncha
Portfolio yaratish vositalari va dasturlari. Power Point dasturi
Elektron portfolio saqlanmalarini yaratish masalalari va afzalliklari
O‘qituvchi elektron portfoliosi tuzilmasi va pedagogik texnologiyalar
O‘zbekistonda OTM o‘qituvchilarining elektron portfoliosi yaratildi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Portfolio haqida tushuncha
PORTFOLIO — so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda “muhim hujjatlar papkasi” degan ma’nonini bildiradi. Shuningdek, portfolio mutaxassisning o‘ziga xos yutuqlari jamlanmasi vazifasini ham bajaradi
O‘qituvchi portfoliosi – o‘qituvchining pedagogik faoliyatida foydalanish maqsadida o‘zi tayyorlagan yoki to‘plagan hamda tizimga keltirgan metodik materiallar yig‘indisidir. Mazkur materiallar qog‘oz yoki elektron variantda bo‘lib, prezentatsiyalar, dars ishlanmalari, elektron resurslar, boshqa o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalar, metodik tavsiyalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Portfolio o‘qituvchiga darslarni qiziqarli va samarali tashkil etish bilan birgalikda, o‘z hamkasblarining ilg‘or ish tajribalaridan xabardor bo‘lish hamda o‘z tajribasini ommalashtirish imkonini beradi.
Bu tadbirni nafaqat maktab o‘qituvchilari balki, ta’lim muassasasi rahbarlari hamda barcha fan metodistlari tomonidan ham amalga oshirilishi tavsiya etiladi.
“O‘qituvchi papkasi” ning strukturasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1.O‘qituvchi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar:
Ismi – sharifi
Ma’lumoti
Mutaxassisligi
Malaka toifasi
Pedagogik ish staji
Dars berayotgan fani
Ish stavkasi (dars soatlari hajmi)
O‘qituvchining o‘z ustida mustaqil ishlash yo‘nalishi va unga oid materiallar:
Malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi
Malaka oshirishdagi ijodiy ishlari
Konferensiyalar, seminar va turli o‘quvlarda ishtiroki
Turli yo‘nalishdagi tajriba-sinovlarda ishtiroki
O‘qituvchining muvaffaqiyatlari
Ilg‘or ish tajribasi
Yaratgan yangiliklari, o‘zining mahorati
Mukofotlari
Ilmiy darajasi
Turli taqdirlashlari
Maktab direktori, direktorning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari maktabdagi dars jarayonini sifatli amalga oshirilishini nazorat qilishga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Shu sababli har kuni har bir o‘qituvchining dars ishlanmasini ko‘rib, tasdiqlash jarayonida ularda darsga kirish uchun quyidagi eng muhim hujjatlar bo‘lishini nazorat qiladi:
— dars ishlanmasi (konspekti);
— taqvim-mavzu reja;
— o‘quv dasturi;
— darslik;
— darsga oid ko‘rgazmali vositalar (plakatlar, sxema jadvallar, xaritalar, elektron resurslar va boshq.)
Do'stlaringiz bilan baham: |