Elektron portfoliolar yaratish usul va vositalari Reja


O‘qituvchi elektron portfoliosi tuzilmasi va pedagogik texnologiyalar



Download 0,54 Mb.
bet4/5
Sana01.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#723588
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektron portfoliolar yaratish usul va vositalari

O‘qituvchi elektron portfoliosi tuzilmasi va pedagogik texnologiyalar

Zamonaviy o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida AKT vositalari, xususan, elektron darslik va multimediyalardan foydalangan holda saboq berishlari dars jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etish bilan ta’lim samaradorligini oshirishi hamda bir qator muhim afzallik jihatlariga egaligi haqida ko‘plab fikrlar paydo bo‘lmoqda. Bunday yangi texnologiyalar qatorida elektron portfolioni ham alohida ko‘rsatish zarur.


Elektron portfolioning turli modellaridan foydalanish quyidagi tavsiyalarni berishga imkon yaratdi. Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchisining elektron portfoliosi quyidagi asosiy turlarga yo‘naltirilishi zarur:
1. O‘qituvchi haqida ma’lumotlar: portfolioning ushbu bo‘limida: familiya, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili; ma’lumoti (ta’lim muassasasi nomi, bitirgan yili, mutaxassisligi va diplom bo‘yicha ixtisosligi); mehnat va pedagogik tajribasi, ushbu ta’lim muassassidagi ish tajribasi; malaka oshirish (kurslarda tinglangan tizim nomi, yili, oyi, kurslar problematikasi); kasbiy rivojlanish individual rejasi, unda belgilangan maqsadlar va o‘z kasbiy o‘sishi vazifalari, egallashi kerak bo‘lgan malakalar, yaqin 2–3 yil mobaynida o‘tishni maqsad qilib qo‘ygan treninglari va kurslari (o‘qituvchining kasbiy rivojlanish maqsadlari va vazifalari o‘qitiladigan fani kasbiy standartlari, talabalarning o‘zlashtirishlari, oliy ta’lim muassasasi rejasiga mos bo‘lishi kerak); ilmiy va faxriy unvon va darajalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari; hukumat mukofotlari, yorliqlari, minnatdorchilik nomalari; turli tanlovlar diplomlari; attestatsiyadan o‘tuvchining ixtiyori bo‘yicha boshqa hujjatlar. O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda. Yaqin kelajakda har bir o‘qituvchining elektron portfoliosi yaratiladi, deya xabar beradi Uzbekistan Today nashri.
“Portfolio” deganda shaxsiy yutuqlarni qayd etish, yig‘ib borish va baholash uslubi nazarda tutilmoqda. Bu atama san’at sohasi mutaxassislari uchun avvaldan tanish; masalan, ko‘plab rassomlar o‘z asarlarining portfoliosini yaratishadi. Yuksak texnologiyalar asrida esa dizayner, fotorassom, modellik va reklama agentliklari kabilarning portfoliolari internetga joylanmoqda. Bu ular tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning xaridorgir bo‘lishiga yordam beradi.
Portfolioni ta’lim tizimida qo‘llash g‘oyasi o‘tgan asrning 80-yillarida AQShda paydo bo‘lgan, keyin bu usul Yevropa va Yaponiyada ham ommalashlgan. Bugungi kunda MDH mamlakatlari pedagogika tizimiga ham mazkur tushuncha kirib kelmoqda. O‘zbekiston ta’lim tizimiga elektron portfolioni joriy etish tashabbusini Oliy ta’lim tizimidagi pedagogik va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha bosh ilmiy-metodik markaz ko‘tarib chiqdi.
Mazkur Markaz bo‘lim boshlig‘i Shavqiddin Adashboyevning izoh berishicha, o‘qituvchilarning portfoliosini yaratish oliy ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishning ajralmas tarkibiy qismidir. Ushbu o‘ziga xos “elektron kundalik” o‘qituvchini o‘z malakasini doimo oshirib borishga undaydi.
Portfoliolar Oliy ta’lim tizimidagi pedagogik va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha bosh ilmiy-metodik markazda yaratiladi va uning serverida saqlanadi.
2. «Pedagogik faoliyat natijalari» (sxemalar, grafiklar va jadvallar ko‘rinishida 3 yil davomidagi o‘quv fani sohasidagi yutuqlari dinamikasi, jumladan, kirish imtihonlari) — portfolioning ushbu bo‘limida talabalarning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishlari natijalarini va pedagog o‘qitadigan fanlar bo‘yicha ularda shakllangan asosiy malakalarni ifoda etuvchi materiallar, quyidagilar asosida 3 yil davomidagi:
• bilimlari nazorat o‘lchamlari;
• talabalarning oraliq va yakuniy attestatsiyalari natijalari;
• iqtidorli talabalar mavjudligi;
• bitiruvchilarning magistraturaga o‘qishga kirishlari;
• talabalarning fan yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga kirishlari haqidagi ma’lumotlar;
• talabalarning tuman, shahar, mintaqaviy va respublika olimpiadalari, tanlovlarida ishtirok etishlari kabi pedagog faoliyati tahlili joylashtiriladi.
3. «Ilmiy-metodik faoliyat» (o‘quv va tarbiyaviy ishlarda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish): pedagog tomonidan tanlagan ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik adabiyotlar to‘plamini asoslab beruvchi materiallar; pedagog tomonidan foydalaniladigan ta’lim texnologiyalarini asoslab beruvchi materiallar; pedagog tomonidan o‘z amaliy faoliyatida qo‘llaydigan ta’lim natijalarini baholash uchun u yoki bu pedagogik diagnostika vositalari berilgan materiallar; ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilishi bo‘yicha materiallar, rivojlanish muammolari bilan talabalarni o‘qitish metodik texnologiyalari; metodik birlashmalarda ishlashi, oliy ta’lim muassasasi metodik markazi, boshqa OTM’lar va boshqa muassasalar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi materiallar; hisobot materiallari, kasbiy va ijodiy pedagogik tanlovlarda ishtirok etishi, seminarlar, «davra suhbatlari», master-klasslar va shu kabilarni tashkil etish va o‘tkazish; ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; mualliflik dasturlarini ishlab chiqish; doktorlik dissertatsiyasi qo‘lyozmasini yozish; ijodiy hisobot, referat, hisobotlar, maqolalar tayyorlashdan iborat.
4. «Fan bo‘yicha darsdan tashqari faoliyat»: Тalabalarning fan bo‘yicha bajargan ijodiy ishlari, referatlari, o‘quv-tadqiqotchilik ishlari, loyihalari ro‘yxati; olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalar, intellektual marafonlar va boshqalar g‘oliblari ro‘yxatlari; sinfdan tashqari tadbirlar ssenariylari, o‘tkazilgan tadbirlar fotosuratlari va videomateriallari (ko‘rgazmalar, fan ekskursiyalari, tanlovlar, breyn-ringi va boshqalar); to‘garaklar va fakultativlar dasturlari; boshqa materiallardan iborat.
5. «O‘quv-moddiy bazasi» (pedagogning o‘z kabinetini metodik jihozlashga qo‘shgan hissasi):
• fan bo‘yicha lug‘atlar va boshqa axborot adabiyotlarning mavjudligi;
• ko‘rgazmali qo‘llanmalarning mavjudligi (maketlar, jadvallar, sxemalar, illyustratsiyalar, portretlar va boshqa-lar);
• didaktik materiallar, masalalar, mashqlar to‘plamlari, referatlar va insholar namunalari va shu kabilarning mavjudligi;
• talabalar bilimlari sifati o‘lchamlari;
• texnik vositalarning mavjudligi (televizor, videomagnitofon, musiqa markazi, diaproyektor, kompyuter va ta’lim kompyuterli vositalari, audio va video qo‘llanmalar);
• doimiy foydalaniladigan o‘quv texnik vositalari haqidagi ma’lumotlar;
• didaktik materiallar, masalalar, mashqlar to‘plamlari, referatlar va insholar namunalari va shu kabilardan, magistraturaga kirish imtihonlariga tayyorlanishi bo‘yicha materiallardan foydalanish;
• pedagog ixtiyori bo‘yicha boshqa hujjatlar.
6. «Guruh rahbari sifatida pedagogning vazifalari»: guruh talabalari o‘zlashtirishlari va bilimlari sifati tahlili; guruhda talabalar tartibi saqlanib qolishi haqida ma’lumotlar; huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlar; ota-onalar bilan ishlash haqidagi ma’lumotlar; guruh rahbari soatlari va ota-onalar majlislari ishlab chiqilishidan iborat.
7. «O‘z pedagogik faoliyati natijalarini baholash».
8. «Taklif va mulohazalar» — talabalar, hamkasblari, ma’muriyat, ota-onalar baholari.
Portfolioni tayyorlash
Pedagog portfoliosi pedagogning o‘zi tomonidan papkada — fayllar to‘plamida qog‘ozda hamda elektron ko‘rinishda tayyorlanadi. Portfolioga kiritilgan har bir alohida material (yorliqlar, tashakkurnomalardan tashqari) sanasi qo‘yilishi va imzolanishi kerak.

Portfolioni baholash. Portfolio ta’lim muassasasi ma’muriyati yoki taqdim etilishi maqsadiga qarab jamoat organi tomonidan baholanadi. Baholashda portfolio barcha materiallari talabalar natijalariga, pedagog malakasini oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatganligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Shu tariqa, pedagog elektron portfeli bir tomondan, pedagogning shaxsiy portfoliosi, ikkinchi tomondan, boshqa pedagoglar, metodistlar, IT-mutaxassislar tajribalarini birlashtirish va anglab yetish hisoblanadi. Unda pedagog hamda uning talabalari mustaqil va ijodiy faoliyatlari uchun o‘rin ajratiladi. Bundan tashqari, kompyuter hamda Internet tarmog‘i yordamida ta’lim muhitida boshqa pedagoglar, talabalar bilan muloqotlar va o‘zaro aloqalarda (elektron seminarlar, maslahatlar, veb-loyihalar va shu kabilar) namoyon bo‘ladigan elektron portfolioni ishlab chiqishda hamda foydalanishdagi kommunikativ rolini alohida ta’kidlab o‘tamiz.
Elektron portfelni yaratish uchun: Microsoft FrontPage, Adobe Dreamweaver, Adobe Flash va boshqa veb-nashrlarni yaratishga yo‘naltirilgan turli instrumental dasturiy vositalardan foydalanish mumkin. Elektron portfelni mazmun bilan to‘ldirish ishini tashkil etishda, pedagogik faoliyatda muhim bo‘lgan materiallarning to‘g‘ri tanlovida quyidagi: turli mavzular bo‘yicha materiallar berilishi yaxlitligi; aniq tuzilmasi va ti-zimlashtirilganligi; chuqur va sifatli ishlab chiqilganligi; to‘g‘ri bayon etilishi; tartibli va estetik tayyorlanganligi; doimiy va muntazam yangilanishi; dasturiy-metodik to‘plamlar ishlab chiqilishi talablariga muvofiqligi jihatlariga e’tibor qaratish zarur.
«Elektron portfel» mazmunini dasturiy-metodik majmua bilan to‘ldirishda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishning muhim yo‘nalishlaridan biri o‘qitishda kompyuter vositalari: elektron o‘quv qo‘llanmalari; kompyuterli test topshiriqlari; multimediyali taqdimot va ta’limiy dasturlardan foydalanish bo‘lib hisoblanadi. «Elektron portfel»ning eng muhim qismi bo‘lgan kompyuterda amalga oshiriladigan ta’limiy vositalarga, ta’lim jarayonini tashkil etishda, fanlarning (psixologiya, pedagogika, informatika va boshqa) so‘nggi yutuqlari asosida qurilgan, pedagog kasbiy faoliyati funksiyasining bir qismini amalga oshiruvchi va ta-labalar bilimlari mazmun-mohiyatini anglash faoliyatlarini interaktiv boshqaruvchi asosiy didaktik talablarga javob beradigan o‘quv (ta’limiy) dasturlar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, agar har bir OTM o‘qituvchisi yaxlit elektron portfelga ega bo‘lib, barcha muhim materiallarni jamlasa, ta’lim jarayonini tashkil etishda ahamiyatli bo‘lgan didaktik samaradorlikka erishish mumkin. Bundan tashqari, pedagog o‘zining elektron portfelidan mustaqil foydalanishi ham, boshqa o‘qituvchilarning va IT-texnologiyalari mutaxassislarining eng yaxshi ishlanmalaridan foydalanishlari ham mumkin. Shu tariqa, elektron portfelni yaratish va mazmun bilan uni to‘ldirish vaqtida, har bir OTM o‘qituvchisi kasbiy mahorati o‘sishiga, kompyuter vositasida o‘qitishga hamda o‘z fani bo‘yicha bilim darajasini takomillashtirishga erishadi.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish