Elektron ko`rgazmali vosita fan: “Onalikda hamshiralik parvarishi”. Mavzu: ayol jinsiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi



Download 14,23 Mb.
bet3/5
Sana15.04.2022
Hajmi14,23 Mb.
#554640
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ayol jins a`zo anat

Siydik chiqarish kanali (urethra). Siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi klitordan 2-3 sm orqada bo'lib, yumaloq, ba'zan yoriq, yulduz yoki yarim oy shaklidadir. Uretraning bo'yi ayollarda 3-4 sm, eni o'zgaruvchan, kanali oson cho'ziladi (diametri 1 sm gacha boradi va undan ham oshadi). Uretra kanali deyarli to'ppa-to'g'ri yo'l oladi, biroz yuqoriga egilgan bo'ladi. Uretra boshidan oxirigacha qinning oldingi devoriga qo'shilgan.
Qizlik pardasi (hymen) - qo'shuvchi to'qimadan tuzilgan bo'lib, iffatli qizlarda qin kirish qismini to'sib turadi. Qizlik pardasi tashqaridan va qin tomondan ko'p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan, qo'shuvchi to'qimadan tuzilgan negizida muskul elementlari, plastik tolalar, qon tomirlari, nervlar bor. Qizlik pardasining teshigi bo'ladi, bu teshikning shakli va joylashuvi har xil. Shunga yarasha qizlik pardasi halqasimon, yarim oy, kungurador va naysimon shaklda bo'ladi.
ICHKI JINSIY A'ZOLAR
(GENITALIAENTERNA)
Ichki jinsiy a'zolarga qin, bachadon, bachadon naylari (tuxum yo'llari) va tuxumdonlar kiradi.
Qin (vagina s. colpos) — kichik chanoqning o'rtasida yotgan naysimon, muskulli elastik a'zodir. Qin oldindan va pastdan orqaga ham yuqoriga qarab boradi, qizlik pardasidan boshlanib, bachadon bo'yniga yopishadigan joyda tugaydi. Qinning bo'yi va eni ancha o'zgaruvchan bo'ladi. Qinning oldingi devori o'rta hisobda 7-8 sm, orqa devori esa 1,5-2 sm dan uzunroq. Qin cho'ziluvchanligiga yarasha eni o'zgaradi, u o'rta hisobda 2-3 sm bo'ladi, shu bilan birga qinning pastki bo'limi torroq, yuqori bo'limi kengroq. Qinning oldingi va orqa devorlari odatda bir-biriga tegib turadi, qin bo'shlig'ining ko'ndalang kesimi shaklan N harfiga o'xshaydi.
Qinda hosil bo'ladigan sut kislotasi qin basillalariga va shilliq pardasiga salbiy ta'sir etmaydi, ayni vaqtda sut kislota tashqi muhitdan qinga kiradigan patogen mikroorganizmlarni o'ldiradi. Shunday qilib, voyaga yetgan sog'lom ayolda «qinning o'z-o'zidan tozalanish» jarayoni sodir bo'lib turadi.
Qarilik davrida, shuningdek og'ir umumiy va ginekologik kasalliklarda tuxumdonlar faoliyati susayadi, shilliq pardadagi glikogen kamayadi. Sut kislota kam ishlab chiqiladi, shuning natijasida qin sekreti ishqoriy reaksiyali bo'lib qolishi mumkin. Bunday sharoitda patogen bakteriyalar tashqaridan qinga kirib, rivojlana boshlaydi va normal mikroflora (qin basillalari) ni surib chiqaradi.


Download 14,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish