Elektron hukumatning bugungi kundagi o`rni



Download 19,72 Kb.
bet2/3
Sana15.04.2022
Hajmi19,72 Kb.
#553046
1   2   3
Bog'liq
Elektron hukumat

Endi bu holatlarga davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni shuningdek, internet vositalarini to`g`ri tatbiq etgan holda qaraylik.Birinchi holat bo`yicha: davlat organlari orasida axborot almashinishining internet vositalari asosida huquqiy jihatdan tartibga solinishi bu esa, o`z o`rnida davlat organlari o`rtasidagi axborot almashinishining birinchi o`rinda tez, ikkinchi o`rinda esa samarali jihatlariga olib kelishi namoyon bo`ladi.
Ikkinchi holat bo`yicha, davlat organlari o`rtasidagi axborot almashishlar qog`oz vositalari bilan emas, balki, davlar organlari o`rtasida joriy qilinuvchi elektron hukumat orqali tez va tejamkor tomonlarini ko`rishimiz mumkin.
Uchinchi holat bo`yicha, jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarga tegishli tartibda taqdim etilishi lozim bo`lgan material va hujjatlardan nusxalar berilishi bugungi kunda amaliyotda biroz qiyinchilik keltirib chiqarmoqda.Nazariy jihatdan qaraydigan bo`lsak, bu kabi hujjatlarni jinoyat protsessi ishtirokchilariga taqdim etilishining “disk yoki boshqa yuklovchi vositalar” bilan taqdim etilishi borasida takliflar kiritilgan. Agarda, elektron hukumatdan samarali foydalangan holda bu kabi munosabatlarda ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini to`g`ri qo`llay olsak, jinoyat protsessi ishtirokchilariga elektron tarzda ularning pochtalariga yuborish yoki davlat organlarida AKTning joriy etilishi orqali fuqarolarga hujjatlar bilan tanishib chiqish uchun yetkazilishning yengil usullari joriy qilingan bo`lar edi.
Yuqorida biz keltirib o`tgan holatlar G2G hamda qisman G2C bo`lmish ijtimoiy munosabatlardagi kamchiliklar edi. Quyida bu kabi holatlar bo`yicha xorijiy tajribalarni o`rganish asosida takliflar keltirib o`tamiz.
Endi G2C (government to citizen) hamda G2B (government to biznes) holatlariga to`xtalib o`tadigan bo`lsak.
Elektron hukumat fuqarolar va davlat o‘rtasidagi aloqani kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun mobaynida geografik joylashuv va yil faslidan qat’iy nazar ta’minlab berishi kerak. Mamalakatimizda yaqin bir-ikki yil ichida fuqarolarning o`z huquqlarini erkin amalga oshirishlari hamda, buzilgan huquqlarini tiklash borasida bir necha chora tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, “ishonch telefonlari”, hududlarda, jamoat joylarida tez yordam chaqirish vositalari (sariq rangli tez yordam chaqirish tugmasi mavjud uskuna), yagona interaktiv davlat xizmat portallari (YaIDXP my.gov.uz) shular jumlasidandir. Fuqarolarning davlat organlari bilan aloqalarini bevosita taminlashning bundanda boshqa interaktiv usullarini qo`llash bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Zero, mamlakatimizda internet vositasining ko`plab aholi punktlarida o`rnatila boshlanganligi aholining ham siyosiy jarayonlarda bevosita o`z internet vositalari orqali ishtirok eta olishlarini taqazo etadi. Jumladan, fuqaro nafaqat o`z uyida balki, boshqa joylarda ham internet vositalari orqali davlat organlariga ushbu organlar joylashgan hududlarga bormasdan ham murojaat etishlari, shu o`rinda huquqiy yordam olishlari mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolarning sudga bo`lgan ishonchlari ortib bormoqda. Fuqarolarning sudga murojaatlari ortib borayotgan bir vaqtda fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sud ishlarini yuritish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu boradagi xorijiy amaliyotga nazar tashlaydigan bo`lsak, hozirgi vaqtda Janubiy Koreya, Malayziya kabi davlatlar sud tizimi faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng qo`llanilayotganligini ko`rishimiz mumkin.
Mamlakatimizda o`tgan davrda bu borada muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan «Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori ushbu yo`nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirishda muhim hujjat bo`ldi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi vakolatxonasi bilan hamkorlikda«Fuqarolik sud ishlarini yuritishni isloh qilish: samarali sud boshqaruvi» qo‘shma loyihasi doirasida «E-Sud» milliy elektron sud ishi yurituvi tizimi ishlab chiqildi.
Bundan tashqari mamlakatimizda 2014-yil 1-sentabrdan buyon Oliy xo`jalik sudlarida sud majlislari “videokonferensaloqa” rejimida o`tkazilayotganligi qaysidir ma’noda yutug`imiz hamdir. Bu kabi texnologiyalarni fuqarolik hamda jinoyat sudlarida ham qo`llanilishi sudlarning ochiqlik hamda sud ishlarining olib borilishi samaradorligiga olib kelishi tabiiy bo`lar edi, albatta.
Elektron hukumatning sud tizimida joriy etilshini xalqaro tajribalar asosida o`rganadigan bo`lsak, xususan, Germaniya sud tizimida “e-government” tizimi o`rnatilgan bo`lib internet soxasiga “internet rights”, “internet law” kabi tushunchalar kirib kelgan. Barcha huquqshunos, yuristlarda hamda sudyalarda o`zlariga tegishli bo`lmish “smart card”lari mavjuddir. Ular ushbu smart cardlar orqali sud tizimida joriy etilgan elektron hukumatdan bevosita foydalanishadi. Shuningdek, ularga tegishli bo`lmish smart cardlarning joriy etilganligi sud ishiga taaluqli bo`lmagan boshqa shaxslarning tizimga kira olmasligi kabi kafolatni ta’minlaydi. Agarda 3 bora smart kardning “parol”lari noto`g`ri terilgan taqdirda blok xolatiga tushishi va bu blok holatini ochish esa ularga qimmatga tushishi kabi tartiblar o`rnatilgan. Bu esa sud tizimi huquqshunoslarining ehtiyotkorligini taqazo etadi. Bundan tashqari Germaniya sud tizimida joriy etilgan e-government portalida advokatlar hamda notariuslar uchun alohida pochta tashkil etilgan bo`lib, notariuslarning hamda advokatlarning sudga murojaatlari bevosita ushbu pochta orqali amalga oshirilishiga olib keladi. Jumladan, agarda advokat ish bo`yicha tushuntirishlar yoki, boshqa hujjatlarni sudga taqdim etmoqchi bo`lsa u ushbu pochta orqali o`z hujjatlarini elektron tarzda yuboradi. Shu o`rinda sudya ham nafaqat sud zalida balki, o`z uyida bo`la turib ham “smart card” orqali pochtaga kirib hujjatlar bilan tanishish hamda sud ishi bo`lmish arxivga qo`shib qo`yishi ham mumkin bo`ladi.
Sud tizimida bu kabi pochtalarning odiy e-mail pochtalar emas balki, alohida yaratilgan tizimi orqali amalga oshirilishi diqqatga sazovordir. Bu kabi tizimning mamlakatimizda joriy etilishi O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangansud hujjatlarini tegishliligi bo`yicha yuborish, so`rovnomalar jo`natish va ularni qabul qilish kabi protsessual jarayonlarning elektron tizim orqali amalga oshirishlari shuningdek, Germaniya sud tizimidagi e-govermentda vujudga keltirishi mumkin bo`lgan yengilliklar ya’ni davlat boji masalalari hamda, boshqa xisoblash masalalaridagi yengilliklarga olib kelgan bo`lar edi.
Bundan tashqari agarda sud hujjatlarini tarjima qilish kabi holatlar vujudga kelgan taqdirda sud hujjatlarini tarjima qilish ushbu elektron portal orqali amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan asoslarga tayanib Germaniya sud tizimi faqat elektron tarzda amalga oshirilishi lozim degan fikrda to`xtab qolish noo`rin bo`ladi, albatta. Germaniya sud tizimida qog`oz hujjatlar bilan ishlash ham saqlanib qolingan, ya’ni ikki xil ko`rinishda ham sud ishlari amalga oshirilaveradi. Shuningdek bu tizimda vujudga kelishi mumkin bo`lgan bir qiyinchilik mavjud bo`lib, bu sud hujjatlarining qayerda saqlanishi (arxiv) kabi savol bugungi kunda Germaniya “e-government” tizimida ham vujudga keltirayotgan o`rinli savol hisoblanadi.
Endi o`rganilayotgan holatning boshqa tomonlariga ham to`xtaladigan bo`lsak. Xususan, G2B (Government to biznes) holatiga. Elektron hukumatning bu munosabatini davlat hamda tadbirkorlar o`rtasida bo`ladigan ijtimoiy munosabat desa ham bo`ladi.Bu kabi munosabatlarni Yaponiya tajribasi asosida o`rganadigan bo`lsak, Yaponiyaning oldingi bosh vaziri Mori bu borada quyidagi fikrlarni bildirib o`tgan edi (2001-yil mart oyida): “Umid qilamanki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi iqtisodiy faollikni o`sishining asosiy manbayi bo`lib xizmat qiladi va XXI asr umidlarni ro`yobga chiqaradi”.
E-Japan tizimi har bir yapon fuqarosi uchun belgilangan summa miqdorida hamda, belgilangan tartibda undan foydalanish huquqiga ega. E-Japan elektron hukumatining etiborli jihati shundaki G2B tizimi puxta ishlab chiqilgan bo`lib, tarmoq orqali 70 trln ien (570 mlrd AQSh dollari) savdo aylanmasi rejalashtirilgan (2003-yilga nisbatan).Shuningdek, e-Japan elektron hukumatining muhim jihatlari shuki, foydalanuvchilarning identifik raqamlarining mavjudligi hamda, axborot almashinayotgan foydalanuvchining shaxsi tasdiqlanishi(e-certification), elektron shartnomalar tuzish hamda ularni elektron imzolar orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda Yaponiyada elektron sertifikat bilan ta’minlovchi xususiy firmalar tashkil qilingan jumladan, “E-certification-services”,“Japan Certification Services Co.”.
Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida to`xtaladigan bo`lsak, prezidentimizning “Tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 28.09.2015 yildagi PQ-2412-son Qaroriga muvofiq 2016 yil 1 yanvardan e’tiboran davlat organlari tomonidan 16 ta ruxsat berish tusidagi tadbirkorlarga “yagona darcha” markazlari orqali xizmat ko`rsatiladi. Bu esa qaysidir ma’noda “yugur-yugur”larning oldini olishi tabiiy.
Elektron hukumat borasida xalqaro tajribalarni o`rganib chiqadigan bo`lsak,United Nations Division for Public Economics & Public Administration hamda, American Society for Public Administration(BMTning Davlat iqtisodiyot va davlat boshqaruvi taqsimoti va Davlat boshqaruvi uchun Amerika jamiyati) bilan birgalikda elektron hukumatning rivojlanish bosqichlarini tavsiflab o`tishgan:
Xususan,
Download 19,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish