Elektron hukumatning bugungi kundagi o`rni



Download 19,72 Kb.
bet1/3
Sana15.04.2022
Hajmi19,72 Kb.
#553046
  1   2   3
Bog'liq
Elektron hukumat


Elektron hukumatning bugungi kundagi o`rni
Elektron hukumat doirasida mamlakatlarning reyting darajalariga ko`ra BMTga a’zo 193 mamlakatdan bugungi kunda O`zbekiston 100 o`rinni egallab kelmoqda. Bu esa qaysidir ma’noda achinarli, albatta. Kuchli o`ntalikni esa quyidagi mamlakatlar tashkil etadi: Koreya Respublikasi, Avstraliya, Singapur, Fransiya. Niderlandiya, Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Yangi Zellandiya va Finlandiya.
Bugungi kunda elektron hukumat turli davlatlarda turli xil siyosiy tizimlar asosida rivojlantirib borilmoqda. Shu o`rinda davlat organlari yuridik va jismoniy shaxslar bilan aloqa o`rnatishning yangicha elektron tizimini o`rnatishga talab oshib bormoqda. Xalqaro tajribalarni misol qilib keltiradigan bo`lsak demokratik tusga ega bo`lgan bir necha mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Niderlandiya, Daniya, Finlandiya)da demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)”ni qo`llash usulidan jadallik bilan foydalanilmoqda.
Yevropa elektron-demokratiya nazariyotchilari (Paul G.Nixon, Vassiliki N. Koutrakou, Rajash Rawal va boshqalar) bu borada quyidagicha fikr yuritmoqdalar: “qanchalik elektron texnologiyalarni davlat boshqaruvida samarali qo`llanilsa, shunchalik davlat organlari ish faoliyatining sifat darajasini oshirilishiga, ma’muriy jarayonlarning avtomatlashtirilishiga va davlat organlarining o`zaro qaror qabul qilishda yangi demokratik tartiblarning joriy etilishiga olib keladi”.
Elektron-demokratiya talimotiga asosan shaxslarning davlat ishlarida rivojlangan texnologiyalar vositasida bevosita ishtiroki, saylov kabi siyosiy jarayonlarning onlayn tizim orqali amalga oshirilishida namoyon bo`ladi. Quyida elektron-demokratiyaning afzallik tomonlariga yana batafsil to`xtalib o`tamiz.
O`rganilayotgan holatga har taraflama yondashadigan bo`lsak, ijtimoiy munosabatlarni quyidagi tartibdagi pog`onalarga ajratsak bo`ladi:
G2G (government to government);
G2B (government to biznes);
G2C (government to citizen)
Ba’zi bir manbalarda esa G2E (government to employees) darajasini ham keltirib o`tilgan. Ijtimoiy munosabatlarni bu kabi darajalarga ajratish bugungi kunda ko`plab mamlakatlarning qo`llayotgan usullaridan xisoblanadi.
Elektron hukumatning joriy etilishi borasida O`zbekiston miqyosida qaraydigan bo`lsak, 2013-yil 16-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi (hozir vazirlik) qoshida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlarini tashkil etish to`g`risida”gi qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, 2015 yil 9 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Elektron hukumat to`g`risida”gi qonunga imzo chekdi. Bundan ma’lum bo`ladiki, mamlakatimizda ham elektron hukumat (e-goverment)ga talab oshib bormoqda.
Mamalakatimizda davlat organlarida mavjud holatlarni qisman tahlil qilib chiqadigan bo`lsak:
Birinchidan, mamlakatimizda davlat organlari orasida bugungacha qog`oz hujjatlar asosida axborot almashinishi namoyon bo`lmoqdi. Albatta, ba’zi bir holatlarda telefaks orqali ham amalga oshirilmoqda. Lekin, qog`oz hujjatlar asosida axborot almashinishi birinchi o`rinda, vaqtdan samarali foydalana olmaslikga olib kelishi tabiiy. Ikkinchi o`rinda esa, iqtisodiy jihatdan zarar, ya`ni qog`oz hujjatlarning ko`p isrof bo`lishiga olib keladi.
Aynan shu holatlar bo`yicha mamlakatimizning jinoyat protsessi jarayonidan asoslar keltiradigan bo`lsak, jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirishda, ularga yig`ilgan hujjatlarni har biriga taqdim etishda shu o`rinda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining V bobida ko`rsatilgan jinoyat protsessida o`z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslarning material va hujjatlardan nusxalar olish kabi huquqlarini amalga oshirilishida qog`oz hujjatlarning ko`p isrof bo`lishiga olib kelishi tabiiy.
Ikkinchidan,fuqarolik hamda jinoiy ishlar bo`yicha davlatlar o`rtasida axborot almashinishining tezkorlik jihatlari hali hanuz sust. Aytaylik fuqarolik holati bo`yicha birgina misol, fuqaroning nikohdan o`tganlik haqidagi ma’lumotni tekshirish uchun notarial idoralarning so`rovnoma yuborib, ushbu so`rovnomaga tegishli tartibda javob kelishini kutishga vaqt ketishini kuzatishimiz mumkin.

Download 19,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish