Aim.Uz
ELEKTRON GENERATORLAR VA O‘LCHASH ASBOBLARI
Sinusoidal tebranishli elektron generatorlar
Lampali generator deb, elektron lampalar orqali o‘zgarmas tokni (yoki sanoat chastotali o‘zgaruvchan tokni) berilgan chastotali fo o‘zgaruvchan tokka aylantirib beradigan uskunaga aytiladi. Тebranadigan konturli lampali generatorlarni yoki LC tipidagi generatorlarni yuqori chastotalarda ishlatish (20000 Hz dan yuqori) qulaydir. 2.46-rasmda RC tiрidagi sinusoidal kuchlanish generatorlari ko‘rsatilgan.
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, RC zanjirda ϕ burchak zanjirga keltiriladigan URC kuchlanish bilan undan olinadigan UR kuchlanish
RC tipidagi generatorlar radioo‘lchagich texnikasida ishlatiladi hamda sinusoidal kuchlanishning keng chastota diapazonida – gers qismidan to o‘nlab kilogers qismigacha oraliqda ishlatiladi.
Arrasimon kuchlanishli generatorlar
Arrasimon kuchlanishli generatorlar nosinusoidal tebranishli generatorlar turiga kiradi. Arrasimon kuchlanishli generatorlar deb, to‘g‘ri liniyali qonun bo‘yicha nisbatan sekin o‘sib, so‘ng birinchi qiymatigacha tez kamayadigan kuchlanishga aytiladi. Mukammal arrasimon kuchlanishli egrilik 2.47-rasmda ko‘rsatilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, kuchlanish ortishining sodir bo‘lishi vaqtga to‘g‘ri proporsional, kuchlanishning kamayishi esa darhol, ya’ni vaqtning kamayishi 0 ga teng. Arrasimon kuchlanish electron ossillograflarda, radiolokatsion va elektro, radioo‘lchagich texnikasida signallarni qator va kadrlar bo‘yicha razvyortka qilishda keng qo‘llaniladi.
Elektron o‘lchash asboblari
Elektron o‘lchash asboblari fan va texnikaning har xil sohalarida ishlatiladi. Ularni ikki shartli guruhga ajratish mumkin:
past va yuqori chastotali o‘zgarmas tok elektr zanjirlarida o‘lchash uchun asboblar;
noelektr miqdorlarni elektr o‘lchashlar uchun asboblar.
Birinchi guruhga elektron ossillograflar, elektron voltmetrlar, o‘lchash generatorlari, quvvat, aktiv qarshilik, induktivlik, sig‘im va boshqalarni o‘lchovchi asboblar kiradi. Ikkinchi guruhga detallarning o‘lchami, namlik, harorat, radioaktiv nurlanishni aniqlovchi asboblar va boshqalar kiradi. Ushbu elektron asboblarning ichidan xalq xo‘jaligida eng ko‘p qo‘llaniladiganlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Bu electron ossillograf va elektron voltmetrlardir.
Elektron ossillograf
Elektron ossillograf yoki ossilloskop deb, o‘zgaruvchilarni elektr jarayonlari vaqtida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rish yoki rasmga tushirish uchun mo‘ljallangan asboblarga aytiladi. Elektron ossillograf uzunligi jihatidan mikrosekundlar ulushida elektr tebranishining amplitudasini, ikki kuchlanish orasidagi faza siljishini, ikki kuchlanish orasidagi chastotalarning o‘zaro bog‘lanishini o‘lchash va boshqa ko‘pgina o‘lchashlarni, davriy qaytariladigan jarayonlarni ko‘rishga imkoniyat yaratadi. Elektron ossillograf elektron-nur trubkadan, manba blokdan, gorizontal va vertikal kirish kuchlanish kuchaytirgichidan (X va Y kuchaytirgichlar), kengaytirish (razvyortka) blokidan, sinxronlashtiradigan qurilma, amplituda va uzunlik kalibratoridan tashkil topadi. Elektron ossillografning tarkibiy sxemasi 2.48-rasmda ko‘rsatilgan. Jarayonlarning uzunligini o‘lchash uchun uzunlik kalibratori xizmat qiladi. U o‘ziga xos modulatorga beriladigan ma’lum chastotali qisqa impulslarni tashkil etuvchi generatordir.
Elektron voltmetrlar
Elektron voltmetrlarning asosiy afzalligi, kirish qarshiligining kattaligi va keng diapazon chastotalarida (500 MHz va undan yuqori) kuchlanishni o‘lchash imkoniyati mavjudligidir. Ko‘pgina lampali voltmetrlar sxemalarida diodli detektor va o‘zgarmas tok kuchaytirgichi ishlatiladi, uning chiqishida magnito-elektrik o‘lchash asbobi ulangan bo‘ladi (2.49-rasm). Asbob 220 V kuchlanish va 50 Hz chastotali o‘zgaruvchan tokda ishlatiladi va u universal hisoblanadi, chunki o‘zgaruvchan tokning 20 Hz dan 500 MHz gacha chastotalarda kuchlanishni o‘lchashdan tashqari, o‘zgarmas tokning 0,01 dan 500 V gacha kuchlanishlarni va 1 Om dan 50 MOm gacha aktiv qarshiliklarning qiymatlarini o‘lchashga mo‘ljallangan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. К.Адылов. Электрификация сельского хозяйства Узбе-
кистана. Т., «¤збекистон», 1970.
2. К.Адылов. Вопросы экономии электроэнергии и топ-
лива в народном хозяйстве. Т., «¤збекистон», 1974.
3. К.Адылов. Использование электроэнергии в сельском
хозяйстве Узбекистана. Т., «¤збекистон», 1974.
4. К.Адылов. Справочник электрика. Т., «¤збекистон»,
1983.
5. А.S.Каrimov, М. М.Мirhaydarov. Nazariy elektrotexnika.
Т., «¤іитувчи», 1979.
6. К.Адылов. О применении глубоких вводов с трансфор-
маторами на напряжение 35/10/6/0,4 и 110/10/6 кв. Журнал
«Промышленная энергетика», М., № 9, 1963.
7. К.Адылов, М.У.Азимов, Э.Н.Бабушкина, Л.Р.Холма-
това. Тексты лекций по социально-экономическим факто-
рам безопасности жизнедеятельности. Т., «¤збекистон», 1992.
8. К Адылов. Трансформаторные подстанции 35/0,4 кв.
Бюллетень научно-технической информации института НТИ.
Журнал «Новая техника», №10, 1962.
Do'stlaringiz bilan baham: |