Elektron asboblar va mikroelektronika


Elektron to‘pning birinchi linzasi, kesishish parametrlari



Download 10,04 Mb.
bet37/70
Sana27.05.2022
Hajmi10,04 Mb.
#610984
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70
Bog'liq
Elektron asboblar va mikroelektronika

Elektron to‘pning birinchi linzasi, kesishish parametrlari
Krossoverni hosil qilishi lozim bo‘lgan to‘pning birinchi linzasi immersion obyektivdan iborat. Bu linza boshlang‘ich fokusirovka linzasi deb ataladi. Immersion obyektivning modulyatoriga katodga nisbatan uncha katta bo‘lmagan manfiy potensial Uman, anodga esa musbat potensial Ua berilgan bo‘ladi. Katod silindr shaklida bo‘lib, uning usti oksid qatlam bilan qoplangan bo‘ladi. Modulyator va anod magnit bo‘lmagan materialdan yasalgan silindr bo‘lib, bu silindrning ichiga diafragmalar joylashtirilgan bo‘ladi. Krossover modulyator va anod orasida, ya’ni anod diafragmasi sohasida hosil qilinadi. Elektron to‘pning birinchi linzasi asosiy xususiyatlarini belgilovchi omillarni aniqlash uchun bu masalani soddalashtiruvchi bir qancha tahminlar qilish lozim:
  1. Immersion obyektivda geometrik abberatsiyalar mavjud emas, ya’ni hamma elektronlarning trayektoriyasini paraksial deb hisoblash mumkin.

  2. Dastadagi elektronlarning o‘zaro ta’sirlashuvini yo‘q deb hisoblaymiz, ya’ni hajmiy zaryadning ta’sirini hisobga olmaymiz.

  3. Obyektivni yupqa linza deb hisoblaymiz. Bu linzani katoddan masofada joylashgan ekvivalent tekislik L yordamida tasvirlash mumkin (1.2 – rasm).


1.2 – rasm. Immersion ob`ektivni tahlil qilish sxemasi.


Immersion ob`ektiv yupqa linza deb hisoblanganligi uchun katod va L tekisligi orasidagi sohada va L tekisligidan keyingi sohada elektronlar trayektoriyasini to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida tasvirlash mumkin.


Katodning ishchi yuzasi radiusini r0 orqali belgilab olamiz. Bunda katodning potensialini nolga teng deb hisoblaymiz. Endi, katoddan chiqayotgan barcha elektronlar ichidan boshlang‘ich tezligi U0 potensialga teng va burchak ostida uchib chiqayotgan elektronlarni ajratib olamiz. Bu elektronlar tomonidan rb radiusga ega bo‘lgan katodning tasviri linza tekisligidan masofada hosil bo‘ladi. Linzadan masofada, boshlang‘ich energiyasi U0 va katod yuzasidan normal` bo‘yicha chiqqan elektronlar trayektoriyasining simmetriya o‘qi bilan kesishish joyida dastaning eng kichik kesimi, ya’ni aylana shaklidagi rc radiusga ega bo‘lgan krossover yuzaga keladi. 1.2 – rasmdan ko‘rinadiki, yuqorida qabul qilingan tahminlarni hisobga olganda, dastaning eng kichik kesimini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
(1.1)
Yuqorida keltirilganlardan birinchi xulosa: katoddan chiqayotganda bir xil boshlang‘ich energiya U0 va chiqish burchagi ga ega bo‘lgan elektronlar guruhi hosil qilgan krossover o‘lchamlari katodning o‘lchamlariga (r0) bog‘liq emas va boshlang‘ich tezlik radial tashkil etuvchisi va elektronlar linzadan o‘tgandan so‘ng ega bo‘ladigan tezliklari nisbati bilan aniqlanadi.
Endi faraz qilaylik, xy tekislikdagi katod yuzasining biror bir dS elementi shunchalik kichikki, uni ma’lum bir masofada elektronlarning nuqtaviy manbai deb hisoblash mumkin bo‘lsin (1.3 – rasm).

1.3 – rasm. Immersion obyektivni tahlil qilish sxemasi.


dan gacha bo‘lgan oraliqda katoddan chiqish burchaklarining o‘zgarishiga va bir xil boshlang‘ich energiyalarga (Uo) ega bo‘lgan elektronlar guruhi tomonidan kesishishda hosil qilingan tokning zichligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:


(1.2)

Bu ifodaga (1.1) ni va (1.1) ifodani differensiallashdan hosil bo‘lgan dr/ ni qo‘yib, uchun natijaviy ifodani yozish mumkin:




. (1.3)

Shunday qilib, bir xil boshlang‘ich energiyalarga va d ga teng bo‘lgan z o‘qi bo‘yicha chiqish burchaklari o‘zgarishiga ega bo‘lgan elektronlarning kesishishda hosil qilgan halqa ichidagi tokning zichligi burchagiga bog‘liq emas.


Bunda (1.1) ni hisobga olgan holda ikkinchi muhim xulosani chiqarish mumkin. Bir xil U0 boshlang‘ich energiyalarga va istalgan chiqish burchaklarga ega bo‘lgan elektronlar ma’lum bir radiusga ega bo‘lgan halqa shaklidagi kesishishni hosil qiladi va undagi tok zichligi ga teng bo‘ladi:
(1.4)
Shu narsa aniqki, har xil U0 ga ega bo‘lgan turli elektronlar guruhlari o‘zlarining halqa shaklidagi radiusli va tok zichligiga ega kesishishlarini hosil qiladilar. radiusning o‘lchami boshlang‘ich energiyalar U0 oshishi bilan oshib boradi. Real kesishish esa bu monokinetik kesishishlarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Amaliyotda uchraydigan kesishishning o‘lchamlari 50 – 150 mkm sohasida bo‘ladi.


Download 10,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish