Mavzu: elektr o’tkazuvchanlikning ahamiyati, elektrodlarning sinflanishi



Download 0,6 Mb.
Sana03.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#734902
Bog'liq
Tursunboyeva Munisa


Mavzu:ELEKTR O’TKAZUVCHANLIKNING AHAMIYATI, ELEKTRODLarning sinflanishi
Elektrolit eritmasidagi ionlar tartibsiz harakatda bo„ladi. Eritma orqali elektr toki o’tkazilganda ionlarning harakati tartiblashib, ular katod va anod tomon yo’naladi va elektr zaryadini tashib, eritmaning elektr o’tkazishiga sabab bo’ladi. Elektrolit eritmasidan o’zgarmas tok o’tkazilgan taqdirda elektroliz hodisasi sodir bo’ladi. Birinchi tur o’tkazgichlarda, ya’ni metallarda, elektr toki elektronlarning manfiy qutbdan musbat qutbga o’tkazgich bo’ylab yo’nalgan harakati natijasida tashib o’tiladi. Ikkinchi tur o’tkazgichlar – elektrolit eritmalarida esa, elektr toki ionlarning harakati tufayli tashib o’tiladi. Anionlar elektr maydoni ta’sirida musbat zaryadlangan elektrodga – anodga, kationlar esa manfiy zaryadlangan elektrodga – katodga harakat qiladilar.
ELEKTROLIZ. FARADEY QONUNLARI
Eritmalarda elektr toki ta’sirida kimyoviy reaksiyalar (asosan ajralish reaksiyalari) sodir bo’ladigan jarayon elektroliz deyiladi. 
Elektroliz elektr toki ta’sirida parchalanish demakdir. 
Elektroliz jarayoni sanoat va qishloq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Masalan, xlor va o’yuvchi ishqorlar osh tuzi eritmasini elektroliz qilib olinadi. Ammiak sintezi uchun zarur bo’lgan toza vodorod suvni elektroliz qilish yo’li bilan olinadi.
IONLARNING HARAKATLANISH TEZLIGI VA UNI ANIQLASH USULI
Ilgari aytib o’tganimizdek, elektroliz vaqtida anion va kationlar elektr tashuvchilar hisoblanadi. Har bir ion o’zining zaryadiga teng elect tashiydi. 
Agar anion bilan kationni zaryadlar kattaligi bir xil bo’lsa, ular baravar tezlik bilan harakatlanayotgan bo’lsa, anionlarning tashigan elektr miqdori kationlarning tashigan elektr miqdoriga teng. 
“Elektrod” tushunchasi. Elektrod potensialining paydo bo’lishi
Zaryadlangan zarrachalar tutgan eritmaga tushirilgan metallni elektrod deb ataymiz. Bunday sistemada metalldan eritmaga kationlar o’tishi mumkin. Olib o’tilayotgan zarrachalarning solvatlanishi (gidratlanishi) ionlarning o’tishiga ko’maklashadi. Kationlarning eritmaga o’tishi natijasida metall manfiy zaryadlanadi, 458 lekin elektrod – eritma sistemasi elektroneytral bo’lib qoladi
OKSIDLANISH-QAYTARILISH POTENSIALI
Bir metallning har xil valentlikdagi tuzlari eritmasining aralashmasiga (masalan, FeCl3 va FeCl2) platina kabi betaraf metallar tushirilsa, oksidlanish-qaytarilish potensiali (redoksi) hosil bo’ladi, bunday elektrodlar oksidlanish-qaytarilish elektrodlari deyiladi. Bir elektrod boshqa elektrod bilan tutashtirilsa, eritmada oksidlanish yoki qaytarilish jarayoni boradi:
Elektrodlarning tasniflanishi
Elektrodlarni tasniflashda termodinamik nuqtai nazardan qarash qulay, bunda fazalar soni va qaytarlikning turi hisobga olinadi. Termodinamik jihatdan elektrodlar quyidagicha tasniflanadi: a) birinchi tur: ikki fazali, kation yoki anionga nisbatan qaytar; b) birinchi tur: uch fazali, gaz elektrodlar; d) ikkinchi tur: uch fazali, kationga hamda anionga nisbatan qaytar; e) redoks: oksidlangan va qaytarilgan ko’rinishlar bitta – suyuq fazada bo’lgan elektrodlar; f) ion almashinuvchi (ionselektiv) elektrodlar
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish