Elektrolitik dissotsilanish nazariyasining asosiy qoidalari



Download 179,17 Kb.
bet1/5
Sana25.06.2022
Hajmi179,17 Kb.
#701451
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Axror Xalilov 4


Elektrolitik dissotsilanish nazariyasining asosiy qoidalari
Reja
1.Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi
2.Dissotsilanish nazariyasi
3.Ostvaldning suyultirish qonuni
4.Eletrolit eritmalarda reaksiya borishi
5.Moddaning eruvchanlik ko’paytmasi.

Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi


Elektrolitlar suvdagi eritmalarining o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirish uchun shved olimi S. Arrenius 1887- yilda elektrolitik dissotsilanish nazariyasini taklif etdi.Keyinchalik bu nazariyani atomlarning tuzilishi va kimyoviy bog'lanish haqidagi ta’limot asosida ko‘pgina olimlar rivojlantirdilar. Bu nazariyaning hozirgi mazmunini quyidagi uchta qoidadan iborat, deyish mumkin:

1. Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy ionlarga ajraladi (dissotsilanadi).

2. Elektr toki ta’sirida ionlar bir yo‘naIishda harakatlanadi:musbat zaryadlangan ionlar katodga, manfiy zaryadlanganlari —anodga tomon harakatlanadi. Shu sababli musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlanganlari — anionlar deyiladi.


Ionlarning bir yo'nalishda harakat qilishiga sabab ularning qarama-qarshi elektrodlar tomonidan tortilishidir.

3. Dissotsilanish — qaytar jarayon: molekulalarning ionlarga ajralishi (dissotsilanishi) bilan bir vaqtda ionlarning birikish jarayoni (assotsilanish) ham sodir bo‘ladi.


Shu sababli elektrolitik dissotsilanish tenglamalarida tenglik ishorasi o'rniga qaytarlik ishorasi qo'yiladi. Masalan, KA elektrolit molekulalarining kation K+ bilan anion A- ga dissotsilanish tenglamasi umumiy holda quyidagicha yoziladi:KA = K+ + A+
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi anorganik kimyodagi asosiy nazariyalardan biri bo'lib, atom-molekular ta’limot hamda atomning tuzilishi nazariyasiga to'la muvofiq keladi.
Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini utkazadigan moddalarni elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga kislota, asos va tuzlar misol bo'la oladi. Bu moddalar eritmalarda yoki suyuqlanmalarda ionlarga parchalanadi. Masalan:

KOH = K+ = OH-; KCl = K++ Cl-; CaCl2 = Ca2+ + 2Cl-

Musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar esa anionlar deyiladi. Elektrolit molekulalari parchalangani uchun eritmada zarrachalar soni ortadi. Shuning uchun suyultirilgan noelektrolit eritmalar uchun aniqlangan Vant-Goff va Raul qonunlarining matematik ifodasini elektrolitlarga qo'llashda tuzatma koeffisiyent (bu koeffisiyent Vant-Goffning izotonik koeffisiyenti deb ataladi) ni (i) kiritish kerak. U vaqtda Vant-Goff tenglamasi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi: RqCRTi. Raul qonunining tenglamasi  t=KCi shaklida yoziladi. Izotonik koeffisiyent tajribada topilgan osmotik bosim, elektrolit eritmasining bug' bosimini, eritmaning muzlash temeraturasi kamayishining va eritma qaynash temperaturasining ko'tarilishi xuddi shu parametrlarning nazariy xisoblab topilgan qiymatlaridan necha marta kattaligini ko'rsatadi, ya'ni

topilgan qiymatlar.

Shunday qilib, noelektrolit eritmalar uchun izotonik koeffisiyent birga teng, elektrolit eritmalari uchun hamma vaqt birdan katta.


Bu yerda P1,  P1,  t1muz,  t1kay - tajribada topilgan, P,  P,  tmuz,  tkay nazariy xisoblab Shved olimi S.Arrenius (1887 y) elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi bilan Vant-Goff va Raul qonunlariga bo'ysunmasligi orasida ichki bog'lanish bor degan xulosaga keladi. U elektrolit molekulalari suvda eriganda ionlarga parchalanadi, deb taxmin qildi. Shunday qilib, elektrolitik dissotsilanish nazariyasi vujudga keldi. Lekin bu nazariya elektrolit molekulalarini ionlarga dissotsilanish sababini tushuntirib berolmadi. Bu nazariya D.I.Mendeleyevning "gidratlar" nazariyasiga asoslangan. I.A.Kablukov va V.P.Kistyakovskiylarning ishlarida o'z rivojini topdi. Elektrolit molekulalarini parchalanishiga erituvchining qutblangan molekulalari sabab buladi. Anorganik moddalarning oddiy erituvchisi bo'lgan suv juda katta solvatlash xususiyatiga ega. Erituvchining qutblangan molukulalari ularga tushgan elektrolit molekulalarini o'rab olib, unda ichki bog'lanishni bo'shashtiradi, bu esa dissotsilanishga olib keladi. Natijada eritmada gidratlangan ionlar paydo bo'ladi. Ionlarga parchalanish fakat suvda emas, balki boshka kutbli erituvchilarda, masalan, suyuk ammiakda xam bulishi mumkin, u vaktda dissosilanish maxsulotlari ionlarning solvatlari deyiladi.
Eritmaga utgan ionlar erituvchining qutbli molekulalari bilan bog'langan bo'ladi va ionlarning solvatlarini xosil qiladi. Eritmada solvatlangan ionlar uzluksiz betartib xarakatda buladi. (masalan, NaCl tuzining suvda erish prosessi). Krisstall panjarasi ionlardan iborat moddalardan tashqari qutbli molekulalar ham ionlarga dissotsilanadi.
Oddiy erituvchi suvning dielektrik o'tkazuvchanligi juda yukori, bundan tashkari suv eng yaxshi ionlashtiruvchi erituvchidir. Suvning dielektrik utkazuvchanligi 80.1 ga teng. Bu shuni ko'rsatadiki, kristallda bo'lgan musbat va manfiy ionlararo tortishish kuchlari suvdagi eritmalarda 80.1 marta kamayadi. Dielektrik doimiylik efir, benzol, uglerod (IV)- sulfid kabi erituvchilarda, ya'ni dissotsilanmaydigan moddalar uchun juda kichikdir. Kuchsiz darajada ionlatuvchi spirt, aseton va boshqa erituvchilarda dielektrik o’tkazuvchanlik o'rtacha qiymatga ega bo'ladi.



Download 179,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish