Osmotik bosim koeffitsienti. Elektr o‘tkazuvchanlik koeffitsienti.
Agar har qaysi molekula to‘la dissotsilangan bo‘lsa va har qaysi molekula ion hosil qilgan bo‘lsa, osmotik bosim Vant-Goff qonuniga muvofiq keladigan R0 bosimdan V marta ortiq bo‘lishi, ya’ni V. R0 ga teng bo‘lishi kerak. Lekin tajribada kuzatilgan osmotik bosim bundan kichik bo‘lib, R ga teng. Bu osmotik bosimlarning nisbati;
P
g = osmotik bosim koeffitsienti deyiladi.
V.P0
Bunda izotonik koeffitsient i=v.g bo‘ladi. Kuzatilgan osmotik bosimning nazariy osmotik bosimdan kichik bo‘lishiga sabab kuchli elektrolitlarning eritmalarida ionlar orasidagi tortishuv kuchining ortishidir. Elektr o‘tkazuvchanlik koeffitsienti jλ – bilan belgilanib, quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi.
Λ e
j λ =
λ∞
Kuchli elektrolitlarning elektr o‘tkazuvchanligi.
Kuchsiz elektrolitlar eritmasida konsentratsiya o‘zgarishi bilan elektr o‘tkazuvchanlikni o‘zgarishini Vant-Goffning suyultirish qonuni ifodalaydi. Kuchli elektrolitlar esa suyultirish qonuniga bo‘ysunmaydi. Kuchli elektrolit eritmalarida ionlar atmosferasi markaziy ionning harakatini susaytiradi.
Markaziy ion va ionlar atmosferasi qarama-qarshi zaryadli bo‘lganligi uchun, qarama-qarshi tomonga intiladi. Shu bilan birga erituvchi ham ion atmosferasi bilan birga harakat qiladi. Buning natijasida markaziy ion ma’lum to‘sqinlikka uchraydi vauning harakati sekinlashadi. Bunday sekinlashish katofaretik tormozlanish deb ataladi. Bu tormozlanish natijasida ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlikning kamayishi konsentratsiyaning kvadrat ildiziga proporsional bo‘ladi.
Qarama-qarshi tomonga harakat qilish natijasida markaziy ion o‘zining atmosferasidan ajralib atmosferasiz, ionlar atmosferasi esa markaziy ionsiz harakat qiladi deb o‘ylash yarmaydi. Qarama-qarshi tomonga harakat qilish natijasida ionlar atmosferasidagi ionlarning bir qismi markaziy ionning elektr maydoni ta’siridan chiqadi va ionlar atmosferasi bo‘lmay qoladi. Markaziy ion esa o‘z harakatida eritmaning yangi zonasiga kirib, atrofida yangi ionlar atmosferasi hosil qiladi. Ionlar atmosferasining buzilishi va uning o‘rniga boshqa ionlar atmosferasining vujudga kelishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Bu vaqt relaksatsion vaqt deyiladi. Shu vaqt ichida markaziy ion ancha surilar ekan. Uning orqasidan buzilayotgan atmosferaning bir qismi ergashib boradi. Atmosferaning bu qoldig‘i markaziy ionni o‘ziga tortib, uning harakatini sekinlashtiradi. Bunday sekinlashish relaksatsion tormozlanish deyiladi. Bu tormozlanish natijasida elektr o‘tkazuvchanlikning kamayishi ham konsentratsiyaning kvadrat ildizi proporsionaldir.
Kislota –asoslar nazariyasi.
Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasiga asoslanib, yaqin vaqtlargacha kislota asoslarga quyidagicha tushuncha berib kelingan edi. Kislotalar dissotsilanish natijasida vodorod ioni beruvchi, asoslar esa dissotsilanish natijasida gidroksil ioni beruvchi moddalardir.
Neytrallanish reaksiyasi kislota bilan asos qo‘shilib tuz va suv hosil qilish reaksiyasidir. So‘nggi vaqtlarda suvdan boshqa erituvchilardagi eritmalar masalan, spirt, efir, ammiak va boshqalardagi eritmalar keng miqyosda tekshirila boshlandi. Bu tekshirishlar yuqoridagi tushunchalarni faqat suvdagi eritmalargagina to‘g‘ri kelishini, lekin suvdan boshqa erituvchilardagi eritmalarga to‘g‘ri kelmasligini, bu tushunalarning chegaralanganini ko‘rsatadi. Natijada hamma hollarga to‘g‘ri keladigan kislota –asos tushunchasini topishga kirishildi.
Hozirgi vaqtda kislota asos uchun uch xil tushuncha taklif qilishgan;
Protolitik kislota-asos nazariyasi, ya’ni Brensted nazariyasi.
Ummulashgan kislota-asos nazariyasi, ya’ni Lyuis nazariyasi.
Usanovich nazariyasi.
Bu nazariyalar ichida umum tomonidan ko‘proq e’tirof etilgan va kimyo adabiyotida ko‘proq qo‘llaniladigan nazariya Brensted nazariyasidir.
Brenstedning protolitik kislota –asos nazariyasi.
Suvdan boshqa erituvchilardagi eritmalarni tekshirish kislota asoslar faqat suvdagi eritmalaridagina emas, boshqa eritmalarda ham bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Misol uchun quyidagi reaksiyalarni ko‘rib chiqaylik.
Kotoforitik tormozlanish va relaksatsion tormozlanishlar tufayli ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik cheksiz elk. o‘tkazuvchanlikdan kichik bo‘ladi.
λ e = λ∞ - λk- λr
λk va λr lar √ s ga proporsional bo‘lganligidan
λ e = λ∞-a√s bo‘ladi.
a = λk- λr Bu tenglama Kolraushning tajribada topgan tenglamasiga mos keladi. A ning qiymatini Onzager Debay-Xyukkel nazariyasi asosida hisoblab topgan. Kuchli elektrolitlarning yuqorida bayon etilgan elektr o‘tkazuvchanligi nazariyasi ham Onzager nazariyasidir.
Tayanch iboralari
Elektrolit eritmalari. Elektrolit eritmalarining osmotik bosimi. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi. Arenius ishlari. Elektrolitning gidratlanish energiyasi. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Debay-Xyukkelninng elektrolitik dissotssilanish nazariyasi. Osmotik bosim koeffitsienti. Elektr o‘tkazuvchanlik koeffitsienti. Kislota-asoslar nazariyasi. Brenstedning kislota asos nazariyasi. Lyuis nazariyasi. Usanovich nazariyasi.
XULOSA
Pedagogik texnologiyalar masalalari muammolarini o’rganayotgan o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha pedagogik texnologiya-bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq, hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan kompyuter, masofali o’qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi-bu o’qituvchi va talaba-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog’liq deb hisoblaymiz. Ya’ni o’qitish jarayonida maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchi va talaba o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’qituvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bersa, o’qituvchi esa ularning bunday faolliklari uchun imkoniyat va sharoit yarata oladi. O’qish jarayonning asosi xisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor ya’ni o’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya-bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u talaba-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning mustahkam nazariy bilim, faoliyat, ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta’minlash maqsadida o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo’yilmoqda.
Yangi pedagogik texnologiya nazariyasi g’oyalaridan foydalanish asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish holatining sifat ko’rsatkichiga ega bo’lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |