3.7. Shovqin va xalaqitlar
Shovqin va xalaqitlarning ta’siri, ikkilamchi akustik signallarning
kelib chiqishidan qat’iy nazar, ularni niqoblashga olib keladi.
Shovqinlar, eshitish bo‘sag‘asini siljitadi, u agarda «tekis» bo‘lsa,
vaqtga bog‘liq emas. Bu shovqinlarga turli fluktuatsiya shovqinlari
83
kiradi, masalan toshni maydalashdagi shovqni effekti, bir vaqtda bir
necha odamlarning so‘zlashuv shovqinlari va h.k. kiradi.
Elektr shovqinlarning spektrlari bir tekis, akustik shovqinlarning
spektrlari esa, nutq spektrlariga yaqinroqdir. Shuning uchun
birinchisining eshitish bo‘sag‘asi yuqori chastotalar tomon o‘sishga
moyildir. Nutq shovqinlari eshitish bo‘sag‘asida deyarlik chastotaga
bog‘liq emas.
3.8. Chiziqli buzilishlar
Traktning uzatish koeffitsienti umumiy ko‘rinishda aniqlanadi,
j
1
2
e
K
p
p
K
(3.6)
bunda, r
1
va r
2
-traktning kirish va chiqishidagi tovush bosimlari;
K
-uzatish koeffitsienti moduli;
-traktdagi faza siljishi.
Uzatish
koeffitsienti
odatda chastotaga bog‘liq. Eshitish a’zosi signallarning
faza siljishiga ta’sir ko‘rsatmaganligi sababli ularni tahlil etmaymiz va
«uzatish koeffitsienti» iborasida uning modulini tushunamiz.
Uzatish koeffitsientining chastotaga bog‘liqligi uzatish traktining
chastota tavsifi
deb ataladi. U birlamchi signal chastotalari tarkibiga
kiruvchi amplitudalar nisbatining o‘zgarishiga olib keladi. Bu buzilishlar
sub’ektiv birlamchi signalning tembri o‘zgargandek seziladi. Masalan,
past chastota tarkiblari bostirilganda, eshittirishlar jarangdor bo‘ladi,
yuqori chastota tarkiblari bostirilganda esa tovush bo‘g‘iq bo‘ladi.
Buzilishlar chiziqli yoki amplituda - chastotali bo‘lib, chastota
tavsifining notekisligi bilan baholanadi
мин
макс
K
K
M
(3.7)
bunda, K
maks
va
K
min
-
berilgan chastota diapazonidagi maksimal va
minimal uzatish koeffitsientlari.
Notekislik, odatda logarifmik masshtabda o‘lchanadi, unda
мин
макс
L
L
L
(3.8)
Bu yerda L
maks
va L
min
- ikkilamchi signalning maksimal va minimal
sathlari.
3.2- rasmda uzatish trakti signalining tavsiflaridan biri keltirilgan.
Amplituda - chastota tavsiflarini tahlil etganda, eni 1/8 oktavadan tor
cho‘qqi va cho‘kmalar inobatga olinmaydi. Bu shart eshitish a’zosining
keng kritik polosalari hamda birlamchi signal tez o‘zgarganda uning
84
spektri kengayib, bu cho‘qqi va cho‘kmalar tekislanishi hisobiga
kiritilgan.
3.2-rasm. Chastota diapazoni va chastota tavsifining notekisligini
aniqlashga oid
Amplituda - chastota buzilishlari odatda, buzilishlarga moyil
bo‘lgan zvenolarida paydo bo‘ladi. Chastota buzilishlarining normalari
tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Past chastotali buzilishlar yuqori chastotali
buzilishlarga nisbatan ko‘proq seziladi. Buzilishlar chastota korreksiyasi
yo‘li bilan yo‘qotiladi.
Tovush bosimi o‘zgarishini elektr signalga o‘zgartirish va uzatish
3.3-rasmda ko‘rsatilgan.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |