Elektroakustika



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/124
Sana11.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#883511
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   124
Bog'liq
61a1e12d478215.06492958

 
5.9. Radiomikrofonlar 
 
Azal-azaldan mikrofonlarni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan 
muammo, bu mikrofonlarning apparaturalarga bo‘lgan «bog‘liqligi» - 
mikrofon kabellari artistlarga, jurnalistlarga, video va tovush 
operatorlariga, ovoz rejissyorlariga ko‘pgina tashvish keltiradi. Shuning 
uchun yigirma yillar ilgari paydo bo‘lgan radiomikrofonlar tovush 
uzatish va eshittirish masalalarini hal etishda qo‘l keladi. Hozirgi vaqtda 
ko‘pgina radiomikrofonlar tpzimi mavjud bo‘lib, ular radiosignallarni 
uzatish hamda konstruksiyalari bilan farqlanadi. Ko‘p tarqalgan 
radiomik-rofonlar turiga uzatkich va antennasi 
«qo‘l»
mikrofoni 
g‘ilofida joylashtirilgan radiomikrofondir. Bunday mikrofonlar asosan 
konsert eshittirishlarida qo‘llaniladi. Teatr-konsert eshittirishlarida bosh 
mikrofonlari ko‘p qo‘llaniladi, unda uzatkich belbog‘ga biriktirilgan 
yoki cho‘ntakda bo‘lib ijrochi qo‘llari maksimal bo‘sh bo‘lib qoladi. 


137 
Keyingi paytlarda bunday mikrofonlarni ijrochining bevosita 
og‘ziga yaqin joylashtirilganligi guvohi bo‘lyapmiz. Bunday xolat o‘z-
o‘zidan akustik uyg‘onishni bartaraf etishda juda qo‘l keladi. 
Radiomikrofonlarning boshqa turi musiqa asbobi mikrofonlaridir. 
Bunday mikrofonlar musiqa asbobiga (saksafon, truba) yoki 
elektrogitaraga biriktirilib uzatkichning chiziqli kirishiga ulanadi. 
Radiomikrofonlarning yana boshqa bir turi - bu 
yoqa mikrofonlari
dir, 
ularning asosiy qo‘llanilishi, televidenieda, tok-shoularda, vidio tasvirga 
olishda, turli prezentatsiyalarda ishlatiladi. Bu mikrofonlarning 
o‘lchamlari juda kichkina bo‘lib ular qistirgich sifatida biriktiriladi. 
Uzatkich esa, belbog‘da yoki cho‘ntakka joylashtiriladi. Ko‘p 
radiomikrofonlarda radiokanalda chastota modulyatsiyasi uslubi 
qo‘llaniladi. Oddiy radiomikrofonlar 170÷220 MGs chastota 
diapazonida ishlaydi. Bu diapazonda bir vaqtning o‘zida 8 tagacha 
tizimni ishlatish mumkin. 
Murakkab va qimmat tizimlar esa, yuqoriroq 1 GGs gacha bo‘lgan 
chastota diapazonida ishlaydi. Ularning texnik yechimi ancha murakkab 
bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 15 va undan ortiq tizimni ishlatish mumkin. 
Uzatkichning quvvati odatda 50 mVt bo‘lib, uni aniq qabul qilish 
masofasi 100÷150 metrni tashkil etadi. 
Oddiy radiomikrofonlar odatda bitta antennaga ega. Ammo, bu 
chastota diapazonida radioto‘lqinlar turli jismlardan, devor va b.q 
kabilardan qaytib murakkab interferensiya hosil qiladi, shu sababli qabul 
qilish joyida «sokinlik» zonasi paydo bo‘ladi. Shuning uchun 
murakkabligi va qimmatliligiga qaramasdan ikki antennali tizimlar 
ishlatiladi, Ularning ishlash prinsipi shunday, agarda bitta antenna 
«sokinlik» zonasida bo‘lsa, ikkinchisi fazoda birinchisi bilan ajratilgan 
holda ishonchli qabul qilishni davom ettiradi. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish