Harakat ko‘rinishi bo‘yicha EYu lar bir yo‘nalishidagi yoki reversiv aylanma
va ilgarilama harakatli, shuningdek qaytalanma ilgarilama harakatlilarga farqlanadi.
Tezlikni rostlash prinsipiga bo‘yicha EYu lar quyidagilarga bo‘linadi: rostlanmaydigan (ijro organi biron bir o‘zgarmas tezlik bilan harakatga keltiriladi); rostlanuvchi (EYu ga ta’sir yo‘li bilan ijro organini xarakat tezligi texnologik jarayon talablariga mos ravishda o‘zgartiriladi);
taqlidchi (EYu yordamida ixtiyoriy o‘zgaruvchi topshiriq signaliga mos ravishda ijro organining xarakati takrorlanadi);
dasturiy (programmali) boshqariluvchi (EYu ijro organining xarakatini oldindan berilgan dasturga mos ravishda taminlaydi);
moslashuvchi (adaptiv, EYu ijro organining maqbul (optimal)
harakatini, uning ishlash sharoitini o‘zgarishiga mos ravishda avtomatik ta’minlaydi);
o‘ringa joylashuvchi (pozitsion, EYu ijro organining joylashish o‘rnini rostlashni taminlaydi).
Mexanik uzatuvchi qurilma
turiga qarab, reduktorli (bu yerda mexanik uzatuvchi qurilmaning biron-bir turi ishlatiladi) va reduktorsiz EYu larga (bunda elektr dvigateli ijro organi bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri biriktirilgan bo‘ladi) ajratiladi.
Elektr o‘zgartiruvchi qurilma turiga qarab elektr yuritmalar farqlanadi: ventilli elektr yuritma, bunda o‘zgartiruvchi qurilma sifatida ionli va yarim o‘tkazgichli ( tiristorli yoki tranzistorli) o‘zgartkichlar ishlatiladi. Xozirgi paytda quyidagi turdagi ventil elektr yuritmalar ko‘plab ishlatilmoqda: "boshqariladigan to‘g‘rilagich - dvigatel" (BT-D) sistemasi (ventilli o‘zgarmas tok elektr yuritmasi); " chastota o‘zgartkich - dvigatel sistemasi ( ventilli o‘zgaruvchan tok elektr yuritmasi); elektr mashinali o‘zgartkich agregatli yoki magnit kuchaytirgichli elektr yuritma ("generator-dvigatel" va "magnit kuchaytirgich-dvigatel" sistemalari).
Mexanik energiyani uzatish usuliga qarab elektr yuritmalar guruxli, o‘zaro bolangan va yakka yuritmalarga bo‘linadi.
Xulosa
Guruxli EYu da bir dvigatel bir yoki bir necha ishchi mashinalarning bir necha ijro organlari uchun ishlaydi.Bu ko‘rinishdagi yuritma o‘zining tejamsizligi va ishlatishdagi noqulayligi sababli, xozirgi paytda deyarli qo‘llanilmaydi.
O‘zaro
bolangan EYu, elektr yoki mexanik bolangan ikki yoki bir necha yakka yuritmalarni o‘z ichiga oladi va ular birgalikda bir yoki undan ko‘proq ijro organlari uchun ishlaydilar. Agar, bunda dvigatellar o‘zaro mexanik bolangan bo‘lib, umumiy val uchun ishlashsa, unda bunday o‘zaro bolangan EYu lar ko‘p
dvigatelli; agar dvigatellar elektr zanjirlari orqali bolangan bo‘lsa, unda bunday o‘zaro bolangan EYu elektr vali deyiladi.
Yakka xoldagi EYu da ishchi mashinaning xar bir ijro organi o‘zining aloxida o‘rnatilgan dvigateli bilan harakatlantiriladi. Bu ko‘rinishdagi yuritma xozirgi paytda asosiy xisoblanadi, chunki bunda dvigateldan ijro organiga
kinematik uzatma soddalashadi, texnologik jarayonni avtomatlashtirish osonlashadi, ishchi mashinaga xizmat ko‘rsatish yaxshilanadi. Bundan tashqari yakka EYu o‘zining yuqori energetik ko‘rsatkichlari bilan xam ajralib turadi.