Yurak muolijasi
Yurak muolijasi odatda uning urishi butunlay yoki qisman to‘xtaganda
bajariladi. Yurakni muolija qilish usuli quyidagichadir. Ko‘krak qafasi bilan
oshqozon bo‘shlig‘i orasidagi chukurchadan ikki barmoq yuqorida yelka
kengligini o‘rtasida (3b -rasm joylashgan nuqta ustiga chap kaftni o‘ng kaft
ostiga qo‘ygan holda (Za -rasm, 4 - 5 sm chuqurlikkacha sekin bosib tez qo‘yib
yuboriladi. Takrorlanish tezligi bir sekundda bir marta.
Muolijaning mohiyati yurakka ko‘krak qafasi orqali bosim berib undagi
qonni yo‘g‘on arterial tomirlarga haydasa, qo‘yib yuborganda esa yurak o‘zini
oldingi hajmiga qaytadi. Shunda u yana qon bilan to‘ladi. Shu taqlitda yurakka
sekundiga bir martadan bosim berib takrorlab tursak, yurak to‘xtaganda tana
bo‘ylab qon aylanishini sun’iy ta’minlash mumkin bo‘ladi. Bu ishni hech vaqt
yurak normal ishlab turganda qilib bo‘lmaydi.
Bunday yurak muolijasini bajarishdan oldin bemorni tekis va qattiq pol
ustiga (Za-rasm) yotqiziladi va uni beligacha qisib turgan kiyimlardan ozod
etiladi. Xaloskor bemorning chaptomoni-da turib yuqorida aytilganndek
muolija qiladi. Agar muolijani bir odam qilayotgan bo‘lsa, u 14-15 marta yurak
muolijasini bajarib, keyin 2-3 marta og‘izdan-og‘izga usuli bilan sun’iy nafas
yuborishi kerak. Agar xaloskorlar ikki kishi bo‘lsa, biri 4 - 6 marta yurakka
muolija qilsa, ikkinchisi 4 sekund ichida 2 marta og‘zi bilan bemor o‘pkasiga
havo yuboradi va shu xilda to bemor hushiga kelguncha muolija takrorlana
beradi.
Agar bemorni ko‘z qorachig‘lari kichraygan bo‘lib, nafas olayotgan
bo‘lsayu, tomirlarida puls bo‘lmasa bu yurakni fibrillyatsiya holatida ekanidan
dalolat beradi.
3 - rasm. Yurakni sun’iy muolaja qilish:
Izoh: a) ko‘krak bilan umurtqa siquv orkapi muolaja qilish;
b) ko‘krakdagi siquv uchun tayaich nukta.
Bunday holatda bemorni malakali tabib kelgunga qadar uzluksiz muolija qilib
turish kerak. Hatto 0,5 minutgacha to‘xtatib qo‘yish og‘ir oqibatga sabab
bo‘lishi mumkin.
Qon aylana boshlaganligini arterial tomirlarda puls paydo bo‘lishi va uni
muolija to‘xtatilganda ham 2-3 sekund davomida saqlanishidan bilinadi. Pulsni
har 1,5-2 minutda tekshirib turiladi.
To‘g‘ri yordam ko‘rsatilganda bemorning rangi ro‘yi ko‘kimtir kulrang
ko‘rinishdan gulob - och qizil rang tusini oladi, tomirlarida sekin bo‘lsa ham
uzluksiz puls paydo bo‘ladi, nafas olishi ta’minlana boshlaganidan dalolatdir.
Ana shu belgilardan birortasi dastlab paydo bo‘lganidan keyin ham yana 5-10
min yurakka tashqi muolija va sun’iy nafas oldirish bo‘yicha qilinayotgan
xarakatlarni davom ettirib turish zarur bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |