Elektr tokidan talofat korganda birinchi yordam. Reja: Elektrdan jarohatlanganda dastlabki tez yordam



Download 173,41 Kb.
bet1/2
Sana13.12.2019
Hajmi173,41 Kb.
#29848
  1   2
Bog'liq
12Elektr tokidan talofat korganda birinchi yordam

Elektr tokidan talofat korganda birinchi yordam.

Reja:

1.Elektrdan jarohatlanganda dastlabki tez yordam

2.Elektrdan jarohatlanganda dastlabki tez tibbiy yordam

Elektr jarohatidan ximoyalanishni tashkil etishda uning ruxsat etilgan

zararsiz miqdoridan (REZM - PDZ) xisob yuritish qabul qilingan. Zararsiz

chegara miqdori deb, odam o‘zini - o‘zi elektr zanjiridan xalos etaolishigi imkon

beradigan miqdoriga aytiladi.

Elektr qurilmalarining vazifasi, ish tartibi, tokning davriyligi, odamga ta’sir

muddati bo‘yicha toklarning zararsiz chegara miqdorlari 9 - jadvalda berilgan.

Ammo hamma vaqt qo‘yib yuboruvchi tok asosida xisob yuritib ximoyani

to‘la ta’minlash oson bo‘lmaydi.

Shuning uchun ba’zi himoya moslamalarini (yerga ulanish va b.) o‘lim

xavfini solmaydigan ruxsat etilgan zararsiz tok miqdoriga asoslanib hisoblash

tavsiya qilinadi.

I rux q

bunda, I 1 sek. - tokning ta’sir muddati, sek.

Tajribada o‘zgaruvchan tokning 42 V gacha, o‘zgarmas tokning esa 110 V

gacha bo‘lgan miqdori muayyan sharoitda xavfsizligi aniqlangan: amalda

ehtiyotkorlik nuqtai nazaridan xavfsiz tok miqdorini bu miqdorlardan ancha

pasaytirilgan holda qabul qilishini ruxsat etiladi(GOST 12.2.07 - 75). Ammo

bu yerda «xavfsiz» deb aytilgan ibora nisbiy xisoblanadi, chunki yuqorida

aytganimizdek ma’lum sharoitda bu ko‘rsatkichlardan ancha kam miqdordagi

elektr toki ham jarohatlanishga sabab bo‘laoladi.

Elektrdan jarohatlanganda dastlabki tez yordam

Elektrdan jaroqatlangan kishini darhol tokning ta’siridan xalos etib toza

havoga, quruq yerga yoki taxta ustiga yotqizish lozim bo‘ladi. Agar

jaroxatlanuvchining nafas olishi va tomir urishi sezilib tursa, uni orqasiga

qulayroq yotkizib, ko‘krak tugmalarini va kamarini yechib toza havodan nafas

olishiga va tinchligiga xalaqit bermaslik kerak. Doim axvolidan, yurak urishi va

nafas olishidan xabardor bo‘lib turmoq talab qilinadi. Nashatir bo‘lsa hidlatish

mumkin. Agar jarohatlanuvchi nafas olmasa yoki o‘qtin-o‘qtin xirillashi sezilsa,

darhol uni og‘zini ochib, tilini tekshirish zarur, agar til tanglayga tiqilib, nafas

yo‘lini to‘sayotgan bo‘lsa darhol tilini oldiga tortib, kekirdak yo‘lini ochish

kerak. Shu tariqa havo yo‘li ochiqligi aniqlangandan keyin sun’iy nafas oldirish

bilan birga yurakni «massaj» qilish kerak bo‘ladi.



Tokdan ajratib olish

Elektr tarmog‘iga ulanib, hush - behush holatda turgan odamni qanday qilib

xalos etish mumkin? Bunday hollarda 1-rasmda ko‘rsatilganidek, o‘chirgich,

ajratgich (rubilnik) yoki probkani chiqarib olish yo‘li bilan tokni tez o‘chirish

kerak bo‘ladi (1-rasmda1,2,3). Agar buni imkoniyati bo‘lmasa, biror bir quruq

tok o‘tkazmaydigan vosita, yog‘och yoki plastmass tayoq yordamida elektr

simini ajratish, yoki bolta bilan kesib jaroxatlanuvchini elektr zanjiridan ozod

qilish kerak bo‘ladi (1-rasmda 4,5,6). Agar bordi-yu jarohatlunuvchi elektr

zanjiriga o‘tkazgichni kafti bilan ushlagan holda ulanib qolgan bo‘lsa, uni zinhor

musht holatida simni siqib turgan panjalarini qo‘lingiz bilan ochishga urinmang!

Bu o‘zingiz uchun ham xavflidir, siz ham zanjirga ulanib qolishingiz muqarrar!

Asab va pay tolalari qisqarib panjalarni bukib qo‘yganda ularni qayta tiklash

oson bo‘lmaydi.

Shuning uchun bunday hollarda oyoqqa rezina etik, yo kalish kiygan xolda

yoki rezina gilamchani tokli sim ustidan to‘shab, uning ustiga oyoq bilan chiqib,

jarohatlanuvchining quruq yengidan yoki rezina qo‘lqop kiygan bo‘lsangiz uni

bilagidan yuqoriroq joyidan ikki qo‘llab kuch bilan ajratib olishingiz mumkin.

Bu tadbirlarni 1000 voltdan kam bo‘lgan kuchlanishli tarmoqlarda ishlovchi

uskunalarda qo‘llash ko‘zda tutilgan. 1000 voltdan yuqori kuchlanishli

tarmoqlardan jarohat- lanuvchilarni ajratish uchun albatta xaloskor qo‘liga

dielektrik qo‘lqop (tok o‘tkazmaydigan qo‘lkop) va oyog‘iga bo‘ti kiygan holda

dielektrik shtanga yoki maxsus ombir yordamida kiyimning mustahkam joyidan



ushlab tortib ajratish zarur.

1-rasm. Elektr tarmog‘iga ulanib qolgan odamni zanjirdan ajratib olish



Izoh: 1,2,3, -zanjirni elektr tarmogidan uzib qoyish; 4.5.6-

zanjir tasiridan odamni ajratib olish.

Bu ishlarni bajarishdan oldin tok o‘tkazuvchi hamma faza simlarini

oldindan maxsus tayyorlangan (bu moslama elektr xavfi yuqori bo‘lgan har bir

ish joyida tayyor turishi kerak) o‘tkazgich yordamida birlashtirgan qolda

jaroqatlanuvchi yotgan joydan eng kamida 10 m nariroqdan yerga ulab qo‘yish

kerak bo‘ladi. Bu tadbir odamni tokdan ajratib olish vaqti cho‘zilib qolgan

taqdirda unga ta’sir etayotgan tokning kuchini qirqadi. Natijada jarohatlanish

darajasini yengillatadi. Yerdan qo‘l yetmaydigan darajada balandrok joyda

elektr tarmog‘iga ulanib qolgan odamni, yuqorida qayd qilingan

tartiblardan birini qo‘llagan qolda jaroqatlanuvchi ostiga yerdan 0,5 - 1,0 m

balandlikda pishiqroq matodan yoki kengroq tikilgan ustki kiyimdan

foydalanib 2 yoki undan ortiq odam yordamida chodir tutmoq lozim. Buning

oqibatida tokdan ajratilgan qushsiz odamni yerga qattiq tushib jaroqatlanishidan

asrab qolinadi.



Suniy nafas oldirish

Sun’iy nafas oldirish, bu jaroqatlanuvchi o‘pkasiga xaloskorning

o‘pkasidan havo yuborib uning vaqtincha to‘xtab qolgan o‘pkasini ishga

tushirish demakdir. Buning uchun xaloskor eng avval jarohatlanuvchining

og‘zini ochishi, jag‘ini komidan ajratish zarur, bu osonlikcha bo‘lmaydi, chunki

jang‘ni qarakatlantiruvchi pay va nerv tolalari tok ta’sirida o‘ta qisqarganligi

sababli jag‘lar bir-biriga qattiq jipslashib qotib turgan bo‘ladi. Ularni bir-biridan

ajratish uchun biror bir yapaski buyum-iskana, boltani dami, dastarrani yoki

pichoqni orqasi kabilar bilan jag‘lar orasiga kirg‘izib ayirmoq kerak va jag‘lar

oxirgacha ochilgandan keyin, tilni oldinroq tortib tomoq havo yo‘lini ochish

kerak. Agar buni qo‘l barmoqlari yordamida bajarish mushkul bo‘lsa, ombir

uchlariga toza latta yoki doka o‘rab uning yordamida tilini uchidan qisib turib

oldingi tishlar orqa chizig‘igacha tortish zarur. Shunda tanglay havo yo‘li

ochilib, sun’iy nafas oldirish uchun imkon yaratiladi. Undan keyin og‘iz

bo‘shlig‘ida yig‘ilib qolgan so‘laklardan tozalanadi va maboda jag‘-tishlari

sun’iy - qoplama bo‘lsa, ularni chiqarib olinadi. So‘ngra jabrlanuvchini yotgan

joyida, yelkasi ostiga kichkiroq lo‘la - bolish qo‘yib, bir qo‘l bilan uning bo‘yni

ostidan oxista ko‘tarib, ikkinchi qo‘l bilan esa peshonasidan bosilib qo‘yiladi.

Shunda 2 b rasmda ko‘rsatilganidek tomoq yo‘li ochiladi va quyidagi tartibda

sun’iy nafas berishga kirishiladi.

Yuqoridagi holatni saqlagan holda peshonada turgan qo‘l bilan bemorning

burnini qisib xavo chiqmasligini ta’minlagandan keyin, xaloskor chuqur nafas



olib uning ochiq turgan og‘ziga yopilgan toza va yupqa mato ustidan «og‘izdan -

og‘izga» usuli bilan havo yuboradi.

2-rasm. Boshni qaysi holatida nafas yo‘li ochilgan bo‘ladi:

a) havo utmaydi

b) havo utadi

Ba’zan og‘izdan qavo yuborish mushkul bo‘lganda burun teshiklari orqali

yuborilishi qam mumkin. Hargal havo yuborilgandan keyin bemor yuzi va

ko‘krak qafasiga e’tibor berish kerak. Uning ko‘kragi ko‘tarilishi va

tushayopanda o‘z vazni bilan ortiqcha xavoni chiqarib yuborishi kuzatiladi. Bu

qol bir minutda 10-12 marta qaytarilib turiladi. Shunda bemor lablari yo

kipriklari o‘zidan-o‘zi qimirlab, yutinish kabi belpshar paydo bo‘lsa, bemorning

ikki qo‘lini bogai uzra yarim doira shaklida 2 sekundda bir marta harakatlantirib

urish kerak. Agar o‘zi mustaqil nafas olishga o‘tsa sun’iy nafas oldirishni

to‘xtatish mumkin. Aks holda sun’iy nafas oldirishni lavom ettirish zarur

bo‘ladi. Shu kabi yo‘llar bilan bemor o‘pkasiga yuborilayotgan havo tarkibida

uni qayotga qaytshpi uchun yetarli kislorod bo‘ladi. Bundan tashqari

bemorning og‘ziga yo‘naltirilayotgan havo ma’lum bosimga ega bo‘lganligi

sababli, o‘z navbatida bemornyng vaqtincha qisqarib qolgan o‘pkasini mushak

tolalarini asli holatiga qaytaradi va bir maromda davriy harakatni tiklashga

undaydi.


Download 173,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish