6. Oʻzbekiston energetikasi rivoji.
Oʻzbekistonda 20-asr boshlarida Toshkentda ikkita elektr stansiya qurildi: biri (besh dizelli, kuvvati 1450 kVt) tramvayni elektr energiya bilan taʼminlash uchun, ikkinchisi oʻzgarmas tokli Pavlov elektr stansiyasi (quvvati 125 kVt), shaharni yoritish uchun ishlatilgan. 1913-yil Oʻzbekiston xududida umumiy kuvvati 3 MVt chamasida boʻlgan 6 ta kichik elektr stansiya boʻlgan, yillik elektr energiya ishlab chiqarish 3,3 mln. kVt/soatni tashkil qilgan. 1923-yil Toshkent sh. yaqinidagi Boʻzsuv kanalida GES qurilishi boshlandi, uning birinchi navbati (har birining kuvvati 1 MVt dan boʻlgan 2 ta gidroagregat) 1926-yil may oyida ishga tushirildi. Ayni paytda bu GES Toshkent shahridagi tramvay dizel elektr stansiyasi bilan bogʻlangan, 30 transformator punktiga ega boʻlgan, 6 kV kuchlanishli, oʻzgaruvchan tokli kabel tarmogʻi qurildi. Mana bu birlashish Oʻzbekiston energetika tizimi rivojlanishiga asos boʻldi.
Oʻzbekistonda issiqlik energetikasi 20-asr 20-y. larida dizel va mayda bugʻ turbinali elektr stansiyalar qurish yoʻnalishida rivojlandi. Dizel elektr stansiyalari umumiy maqsadlarda ham, paxta zavodlari, nasos stansiyalari, kanallar va issiqlik energiyasiga ehtiyoji boʻlgan boshqa korxonalar qoshida ham qurildi. Toshkent dizel elektr stansiyasi, Samarkanq, Andijon, Qoʻqon va respublikaning boshqa shaharlaridagi dizel elektr stansiyalari kengaytirildi; Buxoro, Samarkand sh.larida 5000 ot kuchi, Nukus, Urgench, Namanganda 1600 ot kuchi kuvvatiga ega boʻlgan yirik dizel elektr stansiyalari kurildi. Respublikadagi dastlabki bugʻ turbinali elektr stansiyalar Fargʻona va Kattaqoʻrgʻondagi yogʻ zavodlarida ishga tushirildi. Fargʻona yogʻ zavodining "Sharq tongi" issiqlik elektr markazi (IEM) umumiy maqsadlardagi elektr stansiyasi boʻlgan birinchi IEMdir.
30-y.larda Toshkent toʻqimachilik kombinati qoshida quvvati 12 MVt boʻlgan IEM kurildi. 30-y. larning ikkinchi yarmida Qizilqiya koʻmir koni negizida kuvvati 48 MVt boʻlgan Kuvasoy davlat issiklik elektr stsiyasi (DIES) kurilishi boshlandi, uning birinchi agregati 1939-yil oxirida ishga tushirildi. 1936-yil da Toshkent IEM qurilishi boshlanib, birinchi bloki 1939-yil da ishga tushirildi. 50-y. lar boshlarida Angren koʻmir koni negizida Olmaliq sh.dagi Oltintopgan kombinatida quvvati 24 MVt boʻlgan IEMni, Angren sh.da quvvati 200 MVt boʻlgan DIES ni loyihalashtirish va qurish boshlandi.
Angren DIES katta (50 MVt) quvvatli turbinalar oʻrnatilgan yuqori bosimli bugʻ koʻrsatkichlariga moʻljallab qurilgan birinchi elektr stansiya boʻldi. Ayni paytda koʻmirda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalar ham (Quvasoy DIES, Toshkent va Fargʻona IEM) qurildi.
Hozirgi paytda Oʻzbekiston energetika tizimi, shu jumladan, issikdik energiyasi respublikasining sanoat, qishloq xoʻjaligi, kommunal xoʻjalik korxonalarini va aholisini energiya bilan taʼminlamoqda. Respublika hukumati tomonidan 1996-yil da Yevropa energetika hartiyasining Shartnomasi imzolanib, mamlakatimizning undagi ishtiroki tasdiqlangan, Oʻzbekiston energetikasi uchun jahon iqtisodiyo-tiga yoʻl ochildi.
Oʻzbekistonning yirik issiqlik stansiyalari ulushi umumiy elektr energiyani ishlab chiqarishda 85 foizni tashkil qiladi. OʻzR Vazirlar mahkamasi 2000 yil 27 dek. da tasdiklagan "2001 -—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi energetikasida ishlab chiqaruvchi quvvatlarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dasturi"ga muvofiq Oʻrta Osiyodagi eng yirik Talimarjon DIES ining qurilishi tugatilishi hamda respublikaning boshqa issiqlik elektr stansiyalarida qayta texnik tiklash va qoʻshimcha quvvatlarni ishga kiritish koʻzda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |