8. Elektr energiyasini asosiy ishlab chiqaruvchilari
Elektr energiyasi sanoati elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni isteʻmolchilarga uzatish tarmoqlaridan iborat. Ushbu tarmoq mamlakat yoki iqtisodiy rayon miqyosida sanoatni joylashtirishga muhim taʻsir koʻrsatadi. Bu taʻsir ikki yoʻnalishda sodir boʻladi. Birinchi yoʻnalish elektr energiyani katta masofaga uzatishdan iborat.
Bu esa mamlakatning barcha xududlarida sanoatni rivojlantirishga imkon beradi. Ikkinchi yoʻnalish moʻl-koʻl va arzon elektr energiyasi ishlab chiqaradigan xududlarda energiyani koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlarini joylashtirishdan iborat. Elektr energiyasini koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlariga titan, alyuminiy, magniy, sintetik tola, sintetik kauchuk, sintetik ammiak ishlab chiqarish kiradi. Bir tonna titan ishlab chiqarish uchun 60 ming kVt/soat, magniy uchun 26 ming kVt/soat, alyuminiy ishlab chiqarish uchun esa 20 ming kVt/soat elektr energiyasi sarf boʻladi. Demak, ishlab chiqarilgan maxsulot tan narxining asosiy qismini energetika harajatlari tashkil qilsa, bunday ishlab chiqarish koʻp energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi.
Elektr energiyasini kamroq talab qiladigan tarmoqlarga qora metallurgiya (elektrometallurgiyadan tashqari), soda va qogʻoz ishlab chiqarish, mashinasozlik, mebel, fanera va toʻqimachilik sanoati kiradi. Elektr energiyasi sanoatini joylashtirishda quyidagi omillar hisobga olinadi:
a) yoqilgʻi va gidroenergetika resurslari;
b) ishlab chiqarishdagi va elektr energiyani uzatishdagi texnika taraqqiyoti;
v) isteʻmolchining joylashishi.
Ushbu tarmoqning asosiy hususiyati shundan iboratki, elektr energiya ishlab chiqarish uni isteʻmol qilish bilan bir vaqtga toʻgri keladi. Mamlakat xalq xoʻjaligi yoki iqtisodiy rayon xoʻjaligi uchun ishlab chiqarilgan energiya tannarxining past boʻlishi katta ahamiyatga ega. Elektr energiyaning tannarxi elektr stantsiyalarda ishlatiladigan yoqilgʻini qazib olish va tashib kelishga ketadigan harajatga bogʻliq.
9. Yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika kompleksining asosiy turlarini tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg‘ini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, Neft maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Mustaqillik yillarida ko‘rilgan keskin tadbirlar natijasida neft qazib olish xajmi yuqori sur’atlarda o‘sdi. Respublikaning neft mustaqilligi ta’minlandi.Agregat holiga ko‘ra yoqilg‘i qattiq, suyuq va gaz yoqilg‘isiga, kelib chiqishiga yoki olinish usuliga ko‘ra tabiiy va sun’iy yoqilg‘iga bo‘linadi. (1-jadval).
Organik yoqilg‘ilarning tasnifi.
1-jadval
Yoqilg‘i
|
Agregat xolati
|
Qattiq
|
Suyuq
|
Gaz
|
Tabiiy
|
Yog‘och,torf, qo‘ng‘ir va toshko‘mirlar, antratsit, slanetslar
|
Neft’
|
Tabiiy gaz
|
Sun’iy
|
Koks,
briketlar,
yog‘och ko‘miri,
|
Mazut,
kerosin,
benzin,
solyar moyi, gazoil
|
Koks gazi, domna gazi,
generator gazi, Neft gazi, propan, atsetilen
|
Organik yoqilg‘i energiya manbai bo‘lishi bilan bir qatorda, u kimyo sanoati uchun muhim xom-ashyo hisoblanadi. Organik yoqilg‘ilarni qayta ishlash natijasida ko‘plab muhim kimyoviy maxsulotlar olinadi. Qazib olingan joyi va ishlatilishiga ko‘ra maxalliy yoqilg‘i (torf va slanets) va tashib keltiriladigan yoqilg‘ilar bo‘ladi. Yoqilg‘i tarkibi organik va mineral moddalardan iborat bo‘ladi. Organik moddalarga uglerod (C), vodorod (H2), kislorod (O2), azot (N2) va oltingugurt (S) kiradi. Bu kimyoviy elementlar va ular birikmalarining miqdori turli xil yoqilg‘ida turlicha bo‘ladi. Masalan, neft’ va uning maxsulotlari tarkibi asosan uglerod va vodoroddan tashkil topgan. Yoqilg‘i tarkibiga yonuvchan elementlar, namlik va yoqilganda kulga o‘tadigan minerallar kiradi. Yoqilg‘ining tarkibi kimyoviy elementlarning massaviy foiz miqdori, namligi va kul miqdori bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |