Bog'liq Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa
Issiqlik almashuvi apparatlari va quvurlarga xizmat ko‘rsatishda texnik talablar 1. Issiqlik almashuvi apparatlarini (quvurni) ikki ketma-ket o‘rnatilgan surilma
qopqoqlar bilan tarmoqdan uzish zarur. Ularning orasida atmosfera bilan bevosita
(to‘g‘ri) biriktirilgan drenaj qurilmasi bo‘lishi kerak.
Ayrim vaziyatlarda flanetssiz armaturali sxemalarda, issiqlik almashuvi apparatini
(quvurni) ta’mirlash uchun ikkita ketma-ket surilma qopqoqlar bilan tarmoqdan uzish
imkoni bo‘lmasa, shuningdek 6 MRa (60 kgf/cm2)gacha bo‘lgan bosimli sxemalarida
ta’mirlanayotgan uchastkani bitta surilma qopqoq bilan tarmoqdan uzishga ruxsat
egiladi. Bunda ta’mirlash vaqtiga tarmoqdan uzilgan uchastkada atmosferaga ochilgan
drenaj orqali bug‘lanish (oqib chiqish) bo‘lmasligi kerak.