Kalsinatsiyalangan soda va natriy fosfat — oq kristalli moddalar, suvda yaxshi eriydilar.
Suv eritmalari ishqor reaksiyasiga ega. Kristallik holatida odam organizmiga o‘ziga xos
ta’sirga ega emas. Chang holatida soda va natriy fosfati, nafas olish yo‘llariga va ko‘zlarga
tushsa shilliq pardalarini buzadi.
Issiq konsentratsiyalangan eritmalari xavfli bo‘lishi mumkin, ayniqsa tomchilari
ko‘zlarga tushganda. Changlanish bilan kuzatiladigan ishlar bajarilayotganda changga
qarshi respirator, himoyalash ko‘zoynaklarini kiyish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: